Biznes huquqi tushunchasi va manbalari
Download 208.76 Kb.
|
2 5228829345203626904
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquq manbalari
- Huquqiy munosabatlar
Biznes huquqi tushunchasi va manbalari.Alamxo’jayev sarvarxo’ja mi-62Biznes huquqi tushunchasi va huquqiy munosabatlar.Biznes huquqi - tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasidagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog’lik munosabatlarni tartibga soluvchi va u bilan bog’lik munosabatlarda davlatning iqtisodiyotga rahbarlik qilish chora-tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yig’indisidan iboratdir. Biznes huquqiy munоsabatlar deganda, biznes (biznes) faоliyatini amalga оshirish jarayonida vujudga keladigan, tijоrat hamda nоtijоrat tusdagi xoʻjalik faоliyatini davlat tоmоnidan tartibga sоlish bоrasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar ishtirоkida yuzaga keladigan va xoʻjalik huquqiy nоrmalari bilan tartibga sоlib turiladigan munоsabatlar tushuniladi.Huquq manbalariHuquq manbalari — huquqiy nor-malarning ifoda etilish shakllari. Huquqning birlamchi manbai xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari va qoidalari hisoblanadi. Bularga BMT Ustavi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948) va boshqa kiradi.Normativ-huquqiy hujjatlar huquqning asosiy manbalari qatoriga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasida nor-mativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlarini koʻrsatish mumkin: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsi-yasi; Oʻzbekiston Respublikasining kon-stitutsiyaviy qonunlari; Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlari; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning huquqiy hujjatlari; mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.Huquqiy munosabatlarHuquqiy pretsedent ham huquq manbai hisoblanadi. Huquqiy pretsedent sud yoki maʼmuriy organning yozma yoxud ogʻzaki qarori boʻlib, bu qaror kelgusida barcha shunga oʻxshash ishlarni qoʻrib chiqish va hal qilish uchun asos boʻladigan namuna normadir. Huquqiy pretsedentning sud va maʼmuriy pre-sedent shakllari mavjud. Sud pretsedenti AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada va Yangi Zelandiya kabi umumiy huquq amalda boʻlgan davlatlarda huquqning manbai sifatida keng qoʻllanadi. Normativ shartnomalar ham huquq manbai hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil huquq subʼyektlari oʻrtasida tuziladigan hamda ularning huquq va majburiyatlarini oʻrnatadigan, oʻzgartiradigan yoki bekor qiladigan bitimlarga normativ shartno-malar deyiladi. Normativ shartnomalar ayniqsa xalqaro huquqda katta ahamiyatga ega. Normativ shartnomalar qatoriga kiruvchi xalqaro shartnomalar subʼyektlariga koʻra — ikki tomonlama va koʻp tomonlama, xususiyatiga koʻra — norma oʻrnatuvchi va taʼsis etuvchi shartnomalarga boʻlinadi. Huquqning tarixiy rivojlanish davrida huquqiy aqida va gʻoyalar huquqning manbai hisoblangan. Qurʼon, sunna, ijmo va qiyos Musulmon huquqlarning asosiy manbaini tashkil etadi.Download 208.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling