22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari
Xalqaro logistikani tartibga solishning huquqiy asoslari
Download 130.61 Kb.
|
22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari-fayllar.org
8.4.Xalqaro logistikani tartibga solishning huquqiy asoslariBugungi kunda xalqaro tashishlarni rivojlantirish, transport vositalarini takomillashtirish, yuklar va yo‘lovchilarni harakatlantirishdagi to‘siqlarni bartaraf qilish masalalari bilan milliy tashkilotlar ham, xalqaro tashkilotlar ham shug‘ullanmoqda. O‘z navbatida ular hukumat tashkilotlari va nohukumat tashkilotlariga bo‘linadi. Xalqaro transport tashkilotlariga quyidagilar kiradi: – BMT Evropa iqtisodiy komissiyasining ichki transport Qo‘mitasi; – Evropa hamjamiyatining transport komissiyasi; – Ekspeditorlik assotsiatsiyalarining xalqaro federatsiyasi (FIATA); – Xalqaro avtomobil transporti uyushmasi (IRU). Ozbekiston Respublikasida quyidagi nohukumat tashkilotlari tuzilgan: Ozbekiston avtomobillar bilan xalqaro tashuvchilar assotsiatsiyasi va Ozbekiston xalqaro ekspeditorlar assotsiiatsiyasi, ular mos ravishda IRU va FIATA tarkibiga kiradi. Davlatlararo aloqalarning faol rivojlanishi jarayonida, jumladan xalqaro tashkilotlarning sa’y-harakatlari tufayli rivojlanishi jarayonida XX asrning oxiri va XXI asrning boshida xalqaro logistikaning masalalarini bevosita yoki bilvosita tarzda tartibga soladigan ko‘p sonli xalqaro shartnomalar va konvensiyalar paydo bo‘lgan: – 1922 yilda Bryusselda tuzilgan dengiz huquqi bo‘yicha xalqaro konvensiya; – konosament to‘g‘risidagi ba’zi bir qoidalarni unifikatsiyalash to‘g‘risida Bryussel konvensiyasi (Gaaga qoidalari); – yuklarni dengiz orqali tashish to‘g‘risida 1978 yildagi BMT konqensiyasi va Gamburg qoidalari; – temir yo‘llar orqali xalqaro tashishlar to‘g‘risida 1980 yildagi konvensiya; – xalqaro yuk bog‘lanishlari to‘g‘risidagi kelishuv; – yuklarni yo‘llar orqali tashash to‘g‘risida 1956 yildagi konvensiya; – yo‘lovchilar va bagajni avtomobillar bilan tashish to‘g‘risida 1973 yildagi konvensiya; – xalqaro avtomagistrallar to‘g‘risida 1975 yildagi Evropa kelishuvi; – yuklarni xalqaro tashishlar uchun foydalaniladigan yo‘l-transport vositalarini soliqqa tortish to‘g‘risida 1950 yildagi konvensiya; – xavfli yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risida 1957 yildagi Evropa kelishuvi; – yo‘llar orqali xalqaro tashish daftarchasini qo‘llash bilan yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risida 1975 yildagi bojxona konvensiyasi (TIR konvensiyasi) va boshqalar. Shuningdek xalqaro huquqning global logistikaning masalalarini tartibga soladigan manbalariga xalqaro tashkilotlarning logistika, mamlakatlarning milliy qonunchiligi, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama xukumat kelishuvlari bilan bog‘lanadigan masalalar bo‘yicha rezolyusiyalari kiradi [17, 77-bet]. Korxonalar bilan logistik provayderlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning asosiy tamoyillarini o‘rnatgan muhim xalqaro hujjat xalqaro aralash tashishlar to‘g‘risida 1980 yildagi BMT konvensiyasi bo‘lib hisoblanadi, u: – logistik provayderlarning o‘sha payt uchun ko‘proq ilg‘or bo‘lgan ish amaliyotini birlashtirgan va keyingi yillarda, jumladan XXI asrning boshini ham o‘z ichiga olgan holda, ularning ishlashining asosini tashkil qiladigan asosiy tamoyillarni shakllantirgan; – logistik provayderlarning huquqiy maqomini belgilab bergan (konvensiyada ular aralash tashish operatorlari deb ataladi, bu o‘sha paytlardagi terminologiyaning aks etishi bo‘lib hisoblanadi). ular mijoz-yukning egasi bilan tuzilgan shartnomada belgilangan shartlarda yukni yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlarni zimmasiga oladigan har qanday yuridik shaxs bo‘lishi mumkin; –operator yukning egasi bilan yukni yetkazib berish bo‘yicha maxsus kelishuv bilan rasmiylashtiriladigan shartnoma tuzadi va uni amalga oshirishdagi barcha xavf-xatarlarni zimmasiga oladi. Agar yuk bilan biror narsa sodir bo‘lsa, aybdor tomon – operator har doim ko‘rilgan zararni qoplaydi; – operator uchun boshdan oyoq tarif stavkasining kotirovkasi zarur bo‘lishini belgilab bergan (boshdan-oyoq stavka tovarni yetkazib berish bo‘yicha barcha xarajatlarni o‘z ichiga oladi); – tovarni yetkazib berish shartnomasi sifatida chiqadigan hujjatning asosiy mazmunini belgilab bergan. Konvensiyaning qoidalarining oldingi amaliyotdan prinsipial farqlari operator – logistika provayderining subpudratchining oldida tovarni yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bo‘yicha barcha choralarni ko‘radigan yuridik shaxs sifatidagi maqomining mustahkamlanganligidan iborat. 1984 yilda xalqaro savdo-sanoat palatasi tomonidan xalqaro tashishlarda yetkazib berish shartnomasi funksiyasini bajaradigan hujjat ishlab chiqilgan. Ushbu hujjat «Aralash tashish shartnomasi» (Combined Transport Document) deb nomlangan. Garchi hujjatning nomida “tashish” so‘zi bor bo‘lsada, u tovarni yetkazib berish shartnomasi sifatida talqin qilinadi. Ko‘rsatilgan hujjatdan xalqaro savdoda boshqa bir hujjat – 1980 yilgacha kompaniyalar-logistik provayderlar tomonidan tovarni yetkazib berish (tashish) hujjati sifatida qo‘llanilgan boshdan-oyoq konosamentga (Through Bill of Lading) qo‘shimcha sifatida foydalaniladi. Logistik provayderlar faoliyatining yuridik asoslarining rivojlanishiga YUNKTAD (BMT savdo va rivojlanish konferensiyasi) va MTP (Xalqaro savdo palatasi) tomonidan “Aralash tashishlarga transport hujjatlari uchun qoidalar” ning qabul qilinishi muhim hissa qo‘shgan, bu qoidalar 1994 yil 1 yanvardan kuchga kirgan. Ushbu hujjat operatorlarning (logistik provayderlarning) yuklarni aralash tashishni tashkil qilish va ta’minlash bo‘yicha asosiy majburiyatlarini belgilab bergan. Operator yuk egasi bilan tashish shartnomasini tuzadi va unga aralash tashish hujjati – boshdan-oyoq konosamentni beradi – va shu asosda o‘zining harakatlari va jalb qilinadigan agentlar va subpudratchilarning harakatlari uchun to‘liq javobgarlikni zimmasiga oladi. Shuningdek tashish operatorlarining (logistik provayderlarning) yuridik maqomini belgilash va unifikatsiyalashga “Xalqaro savdo palatasining aralash tashishlarning hujjatlariga tegishli bo‘lgan unifikatsiyalangan qoidalari” (№ 298 nashr), BMT ning dengiz orqali tashishlar to‘g‘risida 1978 yildagi konvensiyasi (Gamburg qoidalari), Xalqaro savdo palatasining hujjatli akkreditivlar uchun unifikatsiyalangan qoidalari (№ 500 nashr), Konosamentni qo‘llash to‘g‘risidagi ba’zi bir qoidalarni unifikatsiyalash to‘g‘risidagi Gaaga va Gaaga-Visbiy qoidalari (1971 yil) katta hissa qo‘shgan [18, 98–103 betlar]. Shunday qilib, keyingi o‘n yilliklarda xalqaro logistika sferasida ishlaydigan kompaniyalarning faoliyatini reglamentlaydigan huquqiy baza shakllangan. Ko‘pgina davlatlar o‘zlarining ichki qonunchiligini o‘zgartirgan, uni xalqaro talablarga moslab transformatsiyalagan. Shuni qayd qilish lozimki, korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda shartnomaviy o‘zaro munosabatlarning asosi yuklarni xalqaro tashish shartnomasi va xalqaro oldi-sotdi shartnomasi bo‘lib hisoblanadi. Keyingisi asosida, xususan, korxonaning boshqa davlatlardagi kontragentlar bilan tashqi savdo tovar almashinishi amalga oshiriladi. Download 130.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling