22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari
- rasm. «Inkoterms-2010» atamalarining amal qilish sohalari
Download 130.61 Kb.
|
22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari-fayllar.org
8.4- rasm. «Inkoterms-2010» atamalarining amal qilish sohalari.
DAT va DAP shartlari sotuvchidan agar tovarni olib chiqish qo‘llanilsa – bojxona rasmiyatchiliklarini bajarishni talab qiladi. Sotuvchiga olib kirish bojxona rasmiyatchiliklarini bajarish, har qanday import bojlarini to‘lash va olib kirish uchun boshqa bojxona rasmiyatchiliklarini bajarishni yuklash ko‘zda tutilgan taqdirda DDP shartidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. «Inkoterms- 2010» ning 11 ta atamasidan 7 tasini asosiy tashishning har qanday transport turiga nisbatan qo‘llasa bo‘ladi (EXW, FCA, CPT, CIP, DAT, DAP, DDP), 4 tasini esa faqatgina dengiz transporti va territorial suvlarning transporti uchun qo‘llash mumkin (FOB, FAS, CFR, CIF). Xalqaro logistika sferasini reglamentlaydigan muhim aspekt sifatida xalqaro tovar-transport hujjatlariga qo‘yiladigan amaldagi talablar chiqadi. Uning tarkibiga xalqaro tovar-transport nakladnoyi (SMR) va barcha ilova qilinadigan hujjatlar – jo‘natish spetsifikatsiyasi, yukning shartnoma qiymatining hisob-fakturasi (invoice), sifat va kelib chiqish setrifikatlari, karantin va veterinariya sertifikatlari, avtomobilni yuklash dalolatnomasi kiradi. Ko‘rsatilgan hujjatlar jo‘natuvchi mamlakatning tilida tuziladi. Ularning blankalari tipografiyada tayyorlangan bo‘lishi va to‘ldirilgan holatda yukni tashuvchiga berilishi lozim. Tovar-transport nakladnoyi (CMR) – bu avtomobillar bilan xalqaro tashishlarni rasmiylashtirish uchun yukni jo‘natuvchi, tashuvchi va qabul qilib oluvchi o‘rtasida shartnoma bitimining borligini tasdiqlaydigan hujjatdir. CMR-nakladnoyi tashish shartnomasi tuzilganligi, bu shartnomaning shartlari, yukning tashuvchi tomonidan qabul qilib olinganligining isboti bo‘lib hisoblanadi va tashish paytida transport vositasining bortida bo‘lishi lozim bo‘lgan nazorat hujjati bo‘lib xizmat qiladi. CMR nakladnoyi eng kamida etti nusxada rasmiylashtiriladi. Bunda nakladnoyning birinchi to‘rtta nusxasi raqamlanadi va tashish shartnomasining ishtirokchilariga beriladi: birinchi nusxa – yukni jo‘natuvchiga; ikkinchi nusxa – yukni qabul qilib oluvchiga; uchinchi nusxa – tashuvchiga; to‘rtinchi nusxa – hisob kitoblar uchun. Qolgan nusxalar – bojxonadan o‘tish, chegarani kesib o‘tish uchun va hokazolarga beriladi. Jo‘natish spetsifikatsiyasi tovarning turi, miqdori, nomi, xarakteridan qat’iy nazar, hamma eksport tovarlarga tuziladi va boshqa hujjat bilan almashtirilishi mumkin emas. U namunaviy shaklda yoki buyurtmachi tomonidan o‘rnatilgan boshqa shaklda tuziladi. Hisob-faktura (invoice) yuk bir korxonadan boshqasiga jo‘natiladigan barcha hollarda tuziladigan ish hujjati bo‘lib hisoblanadi. Ushbu hujjatda bitimda ishtirok etadigan har bir tomonning rekvizitlari, bitim tuzilgan sana, yukning miqdori, yuk birligining narxi va umumiy narx, shuningdek ba’zi bir boshqa rekvizitlar keltiriladi. Sifat (muvofiqlik) sertifikati eksport qilinadigan tovarning bitta tashish hujjati (nakladnoy) bo‘yicha jo‘natiladigan har bir partiyasiga beriladi va boshqa hech qanday hujjat bilan almashtirilishi mumkin emas. O‘rnatilgan shakl bo‘yicha faqatgina sanoat tovarlariga beriladi. Hayvonlar, oziq-ovqat mahsulotlari va hayvon kelib chiqishli xomashyoni xalqaro tashishlarda ularni olib kirish va olib chiqish faqatgina davlat xizmatida ishlaydigan veterinariya shifokorlari tomonidan beriladigan veterinariya sertifikatlari bor bo‘lganda amalga oshiriladi. Ba’zi bir mamlakatlarning bojxona organlari bojxona bojlarini belgilash uchun tovarning kelib chiqish sertifikatini talab qiladi. Bu tovarning kelib chiqish mamlakatini e’lon qiladigan imzolangan deklaratsiyadir. Ba’zi bir hollarda bu sertifikat tijorat hisob-fakturasiga kiritilishi mumkin. Qoidaga ko‘ra, u savdo palatasi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Tovarlarni transport vositasiga (konteynerga) mansabdor shaxslarning ishtirokisiz yuklash holatida eksport qilinadigan mahsulotni ishlab chiqaruvchilar tovarlarni yuklash dalolatnomasini tuzishlari lozim. U uch nusxada tuziladi va mahsulotni ishlab chiqaruvchi uning faoliyat zonasida ro‘yxatdan o‘tgan bojxona organiga taqdim qilinadi. Xalqaro logistikani huquqiy tartibga solish masalalarini ko‘rib chiqish doirasida xalqaro tashishlarni amalga oshirishda tarifikatsiyalash va soliqqa tortishning qonunchilik asoslarini aniqlash ham muhim bo‘ladi. Masalan, yuklarni avtomobillar bilan xalqaro tashishlarni amalga oshirishda narxlarni erkin shakllantirish amal qiladi. Tashish haqi va tashish uchun hisob-kitob qilish shartlari buyurtmachi bilan tashuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatiladi. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra shartnoma shartlari tashuvchi konkret xalqaro yuklarni tashishni amalga oshirganligi bilan bog‘lanadigan qo‘shimcha xarajatlarni buyurtmachi qoplashi zarurligi majburiyatini o‘z ichiga olishi mumkin. Xarajatlar qonunchilikka muvofiq, mahsulotning (ishlar, xizmatlar) tannarxini o‘z ichiga oladigan, xarajatlarning tarkibini belgilaydigan rejalashtirilgan tannarxga kiritiladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati tomonidan qabul qilingan hisobni yuritish siyosatini hisobga olish bilan mahsulotning (ishlar, xizmatlar) tannarxini rejalashtirish, hisobga olish va kalkulyasiyalash bo‘yicha tarmoq tavsiyalaridan foydalanilishi mumkin. Tannarxga kiritiladigan xarajatlar agar qonunchilikda boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, tadbirkorlik faoliyati sub’ekti tomonidan tasdiqlanadigan me’yorlar (normativlar) bo‘yicha hisoblanadi [19, 89-bet]. Download 130.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling