22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari
Download 130.61 Kb.
|
22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro oldi-sotdi shartnomasi
Xalqaro tashish deganda ikkita va undan oshiq davlatlar o‘rtasida bu davlatlar o‘rtasidagi xalqaro kelishuvlar bilan o‘rnatilgan shartlar asosida bajariladigan yuklarni tashish tushuniladi. Yuklarni xalqaro tashishlar temir yo‘l, avtomobil, havo va dengiz transporti bilan amalga oshiriladi.
Ushbu sferada huquqiy tartibga solish tashishlarning asosiy masalalarini xalqaro kelishuvlar – transport konvensiyalari vositasida hal qilishni ko‘zda tutadi, ular yuklarni xalqaro tashish shartlarini bir qiymatli tarzda belgilaydigan unifikatsiyalangan me’yorlarni o‘z ichiga oladi: tashish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar; yukni tashishga qabul qilish va belgilangan punktda uni berish tartibi; tashuvchining javobgarligi; tashuvchiga da’volar va arizalarni taqdim qilish protsedurasi. Bir qiymatli moddiy-huquqiy me’yorlar bo‘lmagan taqdirda transport konvensiyalarining me’yorlari va milliy qonunchilik me’yorlari amal qiladi. Yuklarni xalqaro tashish shartnomalarini tuzishning spetsifikasi ko‘rib chiqilayotgan tashishda foydalaniladigan transport vositalarining turlari va ularning kombinatsiyalariga bog‘liq bo‘ladi. Xalqaro oldi-sotdi shartnomasi – bu kelishuvdagi bir tomon (sotuvchi) shartnomada ko‘rsatilgan tovarni (yoki kelishilgan boshqa predmetni) boshqa tomonga (xaridorga) berish majburiyatini zimmasiga olganligini, ikkinchi tomon esa, o‘z navbatida tovarni qabul qilib olish va tovar uchun belgilangan haqni to‘lash majburiyatini zimmasiga olganligini tasdiqlaydigan hujjatdir. Ikkala tomon (eksportyor va importyor) bitimning barcha shartlari bo‘yicha kelishuvga erishganda shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi. Xalqaro oldi-sotdi shartnomalarining quyidagi turlari ajratiladi: – bir martalik yetkazib berish shartnomasi – belgilangan sanaga (muddatga, davrga) kelishilgan miqdordagi tovarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuv; – davriy yetkazib berish shartnomasi, shartnomaning shartlarida ko‘rsatilgan - qisqa muddatli (odatda bir yil) va uzoq muddatli ((5-10 yil, ba’zan undan ham ko‘p) davr mobaynida tovar partiyalarining ma’lum bir miqdorini muntazam (davriy ravishda) yetkazib berishni ko‘zda tutadi; – asbob-uskunalar jamlanmasini yetkazib berish shartnomalari asbob-uskunalarning eksporteri, xaridor-importer va asbob-uskunalarni jamlashda ishtirok etadigan ixtisoslashtirilgan firmalar o‘rtasida bog‘lanishlarning bo‘lishini ko‘zda tutadi; – tovar uchun haq to‘lashga bog‘liq ravishda pul shaklida haq to‘lanadigan shartnomalar va tovar shaklida (to‘liq yoki qisman) haq to‘lanadigan shartnomalar farqlanadi. Ikki yoki undan ko‘p tomonning ularning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati (savdo faoliyatini ham o‘z ichiga olgan holda) jarayonida tuziladigan tashqi savdo bitimlari, qoidaga ko‘ra, yozma ravishda shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Shartnomadan vujudga keladigan munosabatlar shartnoma munosabatlari, tomonlarning shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlari esa – shartnoma bo‘yicha majburiyatlar deb ataladi. Download 130.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling