Tashqi savdo asoslari. O’zbekiston tashqi savdo hajmi,tarkibi va dinamikasi


Download 46.02 Kb.
bet1/2
Sana10.12.2021
Hajmi46.02 Kb.
#179799
  1   2
Bog'liq
#60

KURS ISHI

Mavzu: “Tashqi savdo asoslari. O’zbekiston tashqi savdo hajmi,tarkibi va dinamikasi”

Reja:
KIRISH……………………………………………………………3


Asosiy qism
I. Tashqi savdo nazariyasining asosiy tamoyillari (Iqtisodiy maktab ta’limotchilari qarashlari). …………………………………...5

    1. A. Smit va D. Rikardo qarashlari,18-asr tashqi savdo nazariyasi. …………………………………………………….8

    2. Heksher-Olin, D.S.Mill va V. Leontev tashqi savdo nazariyalari. .……………………………………….................9

II. O’zbekiston Tashqi Savdo Faoliyati. . .………………………..11

2.1 O’zbekiston tashqi savdo hajmi, tarkibi va dinamikasi (1991-2010 yillar).…………………………………………………..14




  1. Xulosa… …..…………………………………………………….32




  1. Foydalanilgan adabiyot.…………………………………………33

Kirish.
XXI asrning dastlabki yillaridanoq insoniyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida ulkan ijobiy o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Ushbu o’zgarishlar mustaqil respublikamiz hayotining turli jabhalarida, jumladan fan va ilmiy tadqiqotlarni, texnikani rivojlantirish, yangi texnologiyalar yaratish, ishlab chiqarishni tashkil qilish va uni boshharishda yaqqol namoyon bo’lmoqda.

Mustaqilligimizning yigirma yilligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy sohalar bilan birgalikda tashqi savdo sohalarida ham olamshumul yutuqlarga erishildi. Iqtisodiy islohotlarning natijalariga ko’ra, barcha asosiy tashqi iqtisodiy ko’rsatkichlar o’sib va Respublikamizning tashqi iqtisodiy aloqalari kun sayin rivojlanib, kengayib bormoqda.

O’tgan 20 yil mobaynida tashqi savdo aylanmasi 27,1 barobar o’sdi, shu jumladan, eksport hajmi – 29,5 barobar, import – 24,2 barobar oshdi. Bu jarayonda tashqi savdoning ijobiy saldosi 53 barobar ortib , oltin-valyuta zaxiralarining yuqori darajada o’sishi va milliy valyuta barqarorligini ta’minlandi. Eksport va import tarkibi tubdan o’zgardi. O’zbekiston mustaqillikkacha bo’lgan davrdagi chetga xomashyo chiqaradigan va tayyor maxsulotlar, asosan iste’mol tovarlarni olib kiradigan mamlakatdan bugungi kunda tobora qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan tayyor maxsulotlarni eksport qiladigan va ko’proq ishlab chiqarishni texnik hamda texnologik modernizatsiya qilish uchun mo’ljallangan yuqori texnologiyalar asosidagi uskunalarni import qiladigan mamlakatga aylanib bormoqda. Eksportning tovar tarkibini diversifikatsiya qilish natijasida mamlakatimiz paxta yakkahokimligi oqibati bo’lgan paxta tolasi eksportiga qaramlikdan xalos bo’ldi.Uning eksportdagi ulushi kamayib, 1990 yildagi 59,7 foizdan 2010 yilda 11,3 foizga tushdi. 1990 yilda eksportning umumiy hajmida xomashyo hisoblanmaydigan tovarlar ulushi 30 foizdan kamroq bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda bu ko’rsatkich 70 foizdan ziyoddir.

So’nggi 10 yil mobaynida yurtimizda avtomabillar eksporti 7,6 barobar, paxta kalavasi – 4.7 barobar, trikotaj matolar – 156 barobar, mieral o’g’itlar – 11,7 barobar, neft maxsulotlari – 6,5 barobar, sement – 6,3 barobar, sabzavot va meva lar eksporti 14,1 barobar o’sdi. Kichik biznes korxonalarining eksport hajmi 10 barobardan ko’proq oshdi.

Mamlakatimiz iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarning tezkor rivojlanishi natijasida import tarkibida oziq-ovqat maxsulotlari ulushi 4,5 barobar qisqardi. Masalan, oxirgi 15 yil ichida bug’doy importi nafaqat to’xtatildi, balki O’zbekiston o’z bug’doy va g’allasidan tayyorlangan unni eksport qila boshladi. Go’sht mahsulotlarini import qilish 5 barobar, sut mahsulotlari 2,6 barobar, qayta ishlangan qishloq xo’jaligi mahsulotlari 3,5 marta, alkogolli va alkoglsiz ichimliklar 16 va boshqa oziq-ovqat maxsulotlari 7 barobardan ko’proq, gilam va yerga to’shaladigan qoplamalar 10 marta,to’qimachilik – trikotaj liboslari 11 marta, poyafzallar importi 11 barobar kamaydi1.

Ushbu kurs ishini yozishdan ko’zlangan asosiy maqsad O’zbekiston Respublikasi Tashqi savdosini o’rganish va tahlil qilish, shuningdek O’zbekiston iqtisodiyotida tashqi savdo ahamiyatini baholashdan iboratdir.Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi ishlar qilinishi zarur:


  • Iqtisodiy maktab ta’limotchilari qarashlarini o’rganish,

  • O’zbekiston Tashqi Savdo Faoliyatini o’rganib chiqish,

  • O’zbekiston tashqi savdo hajmi va tarkibi tahlilini o’rganish,

Va shu bilan birgalikda umumiy Respublikamizda mavjud imkoniyatlardan samarali va oqilona foydalanish, respublikamizning kuch-qudratini, iqtisodiy salohiyatini oshirish, xalqaro mehnat taqsimotida o’z o’rnini egallashi uchun iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlarini, import o’rnini bosadigan va eksportga mo’ljallangan mahsulotlar hajmini kengaytirishdek bo’lgan bugungi kunning dolzarb vazifalarini o’rganish.


I. Tashqi savdo nazariyasining asosiy tamoyillari (Iqtisodiy maktab ta’limotchilari qarashlari).

Hozirgi kunda iqtisodiyotda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning an’anaviy va eng rivojlangan ko’rinishi tashqi savdo hisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar umumiy hajmining 80%i tashqi savdoning ulushiga to’g’ri keladi.

Har qanday mamlakat uchun tashqi savdoning roli kattadir. J.Saksning fikricha "dunyodagi har qanday davlatning iqtisodiy muvaffaqiyati tashqi savdoda tug’iladi. Hozirgi davrgacha xech bir mamlakat jahon tashqi iqtisodiy tizimidan ajragan holda sog’lom iqtisodiyot yarata olgani yo’q".

Tashqi savdo Xalqaro savdoda Xalqaro Mehnat Taqsimoti asosida paydo bo’ladigan turli davlatlar tovar ishlab chiqaruvchilari o’rtasidagi aloqalarning bir shakli bo’lib, ular o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy bog’liqlikni namoyon qiladi.

Mamlakatlar iqtisodiyotidagi ITI ta’siri ostida ro’y berayotgan strukturaviy o’zgarishlar, sanoat ishlab chikarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi milliy xo’jaliklarning o’zaro hamkorligini kuchaytirmoqda. Bu esa xalqaro va tashqi savdo faollashuviga imkon yaratmoqda. Xalqaro va tashqi savdo ishlab chiqarishga nisbatan tezroq o’smoqda. Tashqi savdo aylanmasini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, jahonda ishlab chiqarish 10% ga ko’payganda jahon savdosi 16% ga o’smoqda.

“Tashqi savdo” deganda bir mamlakatning boshqa mamlakat bilan haq to’lanadigan olib kirish ya’ni , import va haq to’lanadigan olib chiqish, yani eksportdan iborat savdosi nazarda tutiladi.

Tashqi savdo faoliyati tovar ixtisoslashuviga ko’ra tayyor mahsulotlar savdosi, mashina va uskunalar savdosi, hom-ashyo savdosi va xizmatlar savdosiga bo’linadi.Dunyodagi barcha mamlakatlarning tashqi savdoda haq to’lanadigan tovar aylanmasi yigindisi xalqaro savdo deb ataladi.

Xalqaro savdo tushunchasi torroq ma’noda xam ishlatiladi. Masalan, sanoati rivojlangan davlatlar tovar aylanmasi yigindisi, rivojlanayotgan davlatlar tovar aylanmasining yigindisi va h.k.



Xalqaro savdo(ХS) – bu ham tovar va xizmalar orqali amalga oshiriladigan xalqaro iqtisodiy munosabatlar shaklidir.

-milliy resurs negizi chegaralarini bartaraf etish;

-ichki bozor hajmini kengaytirish va milliy bozorning jahon bozori bilan aloqasini o’rnatish;


-ishlab chiqarishning milliy va xalqaro xarajatlari farqi hisobigaqo’shimcha daromadni ta’minlash;
-xorijiy resurslarni jalb qilish hisobiga ishlab chiqarish miqyosini kengaytirish.




Download 46.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling