22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari
rasm. SCM konsepsiyasining sxematik tasviri
Download 0.5 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro yetkazib berishlar zanjirini
8.2 rasm. SCM konsepsiyasining sxematik tasviri.
Ko‘rsatilgan biznes-jarayonlarni boshqarish o‘zida yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning asosiy funksiyalarining mazmunini taqdim qiladi. Shunday qilib, SCM – bu ko‘pgina almashinish harakatlarini bir paytda ko‘rib chiqish va hisobga olishni talab qiladigan majmuaviy va tizimli yondashuvlardir. Ko‘rib chiqilayotgan konsepsiya tashkilotning chegaralaridan tashqariga chiqadi, chunki uning ichida ham, uning tashqarisida ham sodir bo‘ladigan almashinish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Har bir holatda bu almashinishlarning tarkibi zahiralar qaerda saqlanishi va u yoki bu faoliyat turi qaerda bajarilishiga bog‘liq bo‘ladi. Xalqaro yetkazib berishlar zanjirini shakllantirishning asosida eksport va import bo‘yicha kelishuvlar yotadi, ular logistik boshqarishning operatsion, marketing va moliyaviy funksiyalarining samaradorligini shartlaydi. Xalqaro yetkazib berishlar zanjirlarini shakllantirishga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: – katta geografik masofalar va vaqtdagi farqlar; – bir nechta milliy bozorlarning qamrab olinishi; – operatsiyalarning turli mamlakatlarning hududlariga joylashtirilishi; – talab va taklif shartlarining turli-tumanligi bilan shartlanadigan katta potensial. Xalqaro yetkazib berishlar zanjirlari uchun ularni yaratishning zaruriy sharti xalqaro iqtisodiy integratsiyadan korxonalarni baynalminallashtirish orqali umumiy logistik tizimga o‘tish bo‘lib hisoblanadi. bu jarayonning grafik tasviri 2.3 rasmda keltirilgan [5, 82-bet]. Xalqaro yetkazib berishlar zanjirini shakllantirishga to‘rtta asosiy kenglik omillari ta’sir ko‘rsatadi: globallashish, texnologiya, talab, makroiqtisodiyot. SHunday qilib, xalqaro logistik zanjirni yaratishda globallashish jarayonlari bilan bir qatorda makroiqtisodiyotning keng kontekstida texnologiyalarning rivojlanishi ham katta rol o‘ynaydi. SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, global zanjirlarni shakllantirishda muhim salbiy aspekt sifatida ularda ko‘p sonli manbalar bilan bog‘lanadigan qo‘shimcha xarajatlarning vujudga kelishi chiqadi: – ishlab chiqarish xarajatlari – materiallarni xarid qilish, mehnat xarajatlari, asbob-uskunalarni xarid qilish va ekspluatatsiya qilish xarajatlari; – ko‘chirish xarajatlari – transport xarajatlari, bojlar, yo‘lda tovarlar va rezerv zahiralarni saqlash xarajatlari; – rag‘batlantirish va subsidiya xarajatlari – ustamalar va subsidiyalar; – moddiy bo‘lmagan xarakterdagi xarajatlar – sifatni ta’minlash, mahsulotni moslashtirish yoki takomillashtirish, muvofiqlashtirishga ketadigan xarajatlar; nakladnoy xarajatlari – jamlanma joriy doimiy xarajatlar; omillar bo‘yicha uzoq muddatli xarajatlar – unumdorlik, ish haqi, valyuta kurslari, mahsulotning dizayni va bazaviy vakolatning o‘zgarishi bilan bog‘lanadigan xarajatlar [5, 73-bet]. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling