22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari


Bojxona ishini logistikalashtirishning


Download 0.5 Mb.
bet18/24
Sana20.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1038412
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bojxona ishini logistikalashtirishning keng instrumentariysi mavjud. Yo‘nalishlarning bir qismi tarif orqali tartibga solish protseduralarini optimallashtirish – iqtisodiy bojxona rejimlari (qayta ishlash, vaqtinchalik olib kirish (vaqtinchalik olib kirishga ruxsat berish), erkin bojxona zonasi), imtiyozlar, preferensiyalar va hokazolardan foydalanishga asoslanadi. Kvotalar, litsenziyalar, ruxsatnomalardan samarali foydalanish – notarif tartibga solish choralarini optimallashtirish yo‘li bo‘lib hisoblanadi, bojxona rasmiylashtirish punkti va vaqtinchalik saqlash omborining joyini tanlash esa (yuklarga ishlov berishning optimal shart-sharoitlari borligini va narxlarni hisobga olish bilan) xalqaro logistika zanjirining ombor tarkib toptiruvchisini ham, transport tarkib toptiruvchisini ham optimallashtirish imkonini beradi. Xalqaro bog‘lanishlarda kombinatsiyalangan tashishlarni optimallashtirish bo‘yicha sxemalarni amalga oshirish ham bojxona rasmiyatchiliklarini bajarish bilan bog‘lanadi.
Odam faoliyatining har qanday sohasidagi kabi, XXI asrning boshlarida eng yangi axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi logistikada ham oldingi planga chiqqan. Logistikada bu - tashuvchilarning vaqt sarflari va moliyaviy xarajatlarini qisqartirish imkonini beradigan oldindan xabardor qilish protseduralaridan foydalanish, shuningdek bojxona va biznesning o‘zaro harakatlarida elektron hujjat aylanmasini qo‘llashdir.
Bojxona logistikasidan moddiy oqim bojxona chegarasini kesib o‘tadigan quyidagi hollarda foydalaniladi:
– xorijiy ishlab chiqaruvchilarning tayyor mahsuloti yoki xomashyosidan foydalanishga zarurat bo‘lganda;
– agar biznesning vazifalaridan biri – xorijiy ishlab chiqaruvchining distribyutori bo‘lish bo‘lsa;
– tovarni jahon bozoriga olib chiqish imkoniyati bor bo‘lganda.
Logistikada bojxona tarkib toptiruvchisi xalqaro logistikada moddiy, moliyaviy va axborot oqimlarini boshqarishga bo‘lgan majmuaviy yondashuvning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi va undan O’zbekiston Respublikasida samarali foydalanilishi mumkin. Mamlakatda bojxona logistikasining rivojlanishi bilan bog‘lanadigan tashkiliy masalalarni hal qilish maqsadida zamonaviy ilg‘or bojxona texnologiyalaridan foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda, ularga quyidagilar kiradi:
– oldindan xabardor qilish;
elektron deklaratsiyalash;
– nointruziv nazorat;
– vakil qilingan iqtisodiy operator institutini rivojlantirish;
– “yagona bekat” va “yagona darcha” tamoyillarini joriy qilish [20, 172-bet].

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling