22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari
Download 0.5 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nointruziv nazorat qilish
Oldindan xabardor qilish yo‘nalishini alohida qayd qilish lozim bo‘ladi. Ushbu texnologiya rivojlanish uchun ko‘proq istiqbolli bo‘lib hisoblanadi. yaqin yillarda uni amalga oshirish chegarani kesib o‘tishni tezlashtirish bilan faqatgina tranzitda emas, balki tovarlarni har qanday bojxona protsedurasiga muvofiq olib chiqishda ham samaradorlikni pasaytirmasdan turib bojxona nazoratini o‘tkazish, bojxona rasmiyatchiliklarini bajarishni anchagina tartibga solish imkonini beradi. Bunda oldindan xabardor qilishni to‘liq hajmda joriy qilish xavf-xatarlarning oldini olish tizimidan tegishlicha foydalanishni ta’minlash va shu tariqa xalqaro yetkazib berishlar zanjirini terrorizm, narkotik savdosi, qurol-yarog‘ va o‘q-dori kontrabandasi, shuningdek tijoratdagi firibgarliklardan himoyalash imkonini beradi.
Tovarlarni eksport qilishda foydalaniladigan elektron deklaratsiyalash texnologiyasini alohida qayd qilish lozim bo‘ladi. U xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda bir necha yildan buyon qo‘llanilish natijasida o‘zining samaradorligini isbotladi, chunki u bojxona bilan deklarantning Internet tarmog‘i orqali muloqot qilishiga asoslanadi va tovarlarni bojxona organiga jo‘natish joyida taqdim qilishni ko‘zda tutmaydi. Ushbu texnologiyadan foydalanishda bojxonachi va tashuvchi chegarani kesib o‘tish paytida birinchi marta uchrashadi. Nointruziv nazorat qilish texnologiyasini joriy qilish doirasida o‘tkazish punktlarida sanoqli minutlarda yuk bo‘lmasini ochmasdan turib uning ichidagi narsalarni tekshirish va bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan tovarlarni aniqlash imkonini beradigan skanerlash qurilmalaridan foydalanish kengayadi. Bunday yondashuv tovar oqimining harakatini tezlashtiradi, bu xalqaro tashishlarga ayniqsa ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tranzit uchun vakil qilingan iqtisodiy operator maqomini qo‘llashning dolzarbligini alohida ta’kidlash zarur bo‘ladi. Ularning doirasida tovarlarni bojxona tranziti protsedurasi bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan yaratilgan bojxona nazorati zonalariga yetkazib berish, tovarlarni bojxona tranzitining bojxona protsedurasiga bevosita harakat kanallarida joylashgan o‘tkazish punktlarida taqdim qilish, tovarlarni tranzit qilishda yuk operatsiyalarini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan yaratilgan bojxona nazorati zonalarida amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha bir qator eksperimentlar o‘tkazilmoqda. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling