223-guruh talabasi: Abdusalomov Muslumbek
Download 32.88 Kb.
|
Namoyish qilish – o‘quvchilar tomonidan materialni qabul qilishga sharoit yaratishi zarur: birinchidan, bolalarda kuzatiladigan predmetga qiziqishni shakllantirishi; ikkinchi-dan, ularning diqqati taolimning aniq vazifalariga xal qiladigan yetakchi elementlarga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Tushuntirish va namoyish qilish vaqti va xajmini taolimning vazifasiga bo‘ysundirish kerak bo‘ladi. Xar qanday xolda xam ko‘rgazmali xis qilish o‘qituvchi savollari va o‘quvchining javoblarini natijalarni aniqlash uchun axamiyati kattadir.
Plakatlarni namoyish qilish texnikasining barcha uchun bir xil talablari mavjud emas. Ular darsdan, mashulotdan oldin ilib qo‘yiladi yoki dars davomida xarakat faoliyatining zarur bo‘lgan fazalari, elementlarini o‘quvchilar diqqatining aniq vazifalarni xal qilishga yo‘naltirib namoyish qilish uchun amaliyotda qo‘llanadi. O‘quvchilarni chalitmaslik uchun namoyishdan so‘ng ular tezlik bilan yiishtirib olinishi yoki joiz bo‘lsa, qoldirilishi xam mumkin. Doskaga bo‘r bilan chizmalar chizish o‘qituvchi yetarli darajada chiroyli chiza olish qobiliyatiga ega bo‘lsagina ruxsat etiladi. Bu plakatlardan bir oz afzallikga ega bo‘lishi mumkin, lekin ularning o‘rnini to‘la bosa olmaydi. Birinchi-dan, xarakat faoliyatini asta-sekinlik bilan chizayotib, xarakat fazalarini navbat bilan almashinishi, mashq texnikasining asosi, uning detallari xaqida esda qolarli tasavvurni xosil qilish oson bo‘ladi. Ikkinchidan, rasm juda xam sodda, mayda chuydalardan xoli bo‘lishi mumkin, u o‘z navbatida, o‘quvchilarni chalitmaydi. Uchinchidan, doskadagi rasm – namoyish qilish-ning eng operativ metodi, darsning xar qanday daqiqasida qo‘-shimcha vaqt sarflamay, o‘qituvchi undan foydalanishi mumkin. O‘quvchilarning o‘zlarini xarakat faoliyati xaqidagi chizmalari, o‘z fikrlarini grafik tarzda ifodalash, bajara olishni obrazli qilishni o‘ylashga o‘rgatadi. Download 32.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling