23. Didaktik tushunchalar tizimi


Ta`lim mazmunini loyihalash mezonlari


Download 36.13 Kb.
bet3/7
Sana18.12.2022
Hajmi36.13 Kb.
#1031003
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Pedagogika 23-33

27. Ta`lim mazmunini loyihalash mezonlari.
Ta’lim mazmunini loyihalashtirishda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:

  • ta’lim mazmunini mustaqil fikr yuritish va axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish ehtiyojiga muvofiq loyihalashtirish;

  • ta’lim mazmunining aniq ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi;

  • ta’lim mazmunining murakkablik darajasini hisobga olish,

  • o‘quvchilar imkoniyatlarining mavjud о‘quv dasturlariga mosligi;

  • ta’lim hajmining uni o‘rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi;

  • ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasining zamonaviy talablarga javob berishi;

  • ta’lim mazmunini loyihalashda ilg‘or xorijiy tajribalami hisobga olish.


28. Ta`lim mazmunini belgilab beruvchi me`yoriy hujjatlar.
Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi eng asosiy me’yoriy hujjat Davlat ta’lim standartidir. O‘quv reja, o‘quv dasturi, malaka talablari uning tarkibiy qismiga kiradi.
«Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me’yor», «namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, o‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o'quvchilaming bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
Davlat ta’lim standartinmg maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlaming ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Davlat ta’lim standard quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi;
umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi;
umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari;
baholash tizimi.
Tayanch o‘quv reja umumta’iim fanlari bo'yicha belgilangan ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o'quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi. Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlami chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida 15%gacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi..


Download 36.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling