23-guruh Muminov Otamurod Mavzu: Tanlov tajribalari Atrof-muhitning bosh tadqiqot obyekti ekologik tizim Antropogen omillar


Download 1.03 Mb.
bet1/3
Sana12.09.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1676276
  1   2   3
Bog'liq
Otamurod atrof muhit


Atrov muhit va tabiiy resurslar Iqtisodiyoti fanidan
Mushtaqil ish
23-guruh
Muminov Otamurod
Mavzu: Tanlov tajribalari
1. Atrof-muhitning bosh tadqiqot obyekti ekologik tizim
2. Antropogen omillar
3. Barcha hayvonlar va insonda kecha-kunduzning almashishi
4. Biotik omillar
5. XX asr oxirlarida insoniyat biosferaning tuzilishiga tasiri
Atrof-muhitning bosh tadqiqot obyekti ekologik tizim yoki
ekotizimdir. U ma’lum maydondan iborat bo‘lib, unda tirik
organizmlar va ularni yashash muhitlari majmuasi moddiyenergetik va axborotlarning o‘zaro ta’siri bilan birlashgan.
“Ekotizim” atamasi ilk bor ingliz botanigi L.Tensli (1935)
tomonidan taklif qilingan. Ekotizim biror kattalikdagi yoki
o‘lchamdagi hudud bilan chegaralanmaydi
.1. Atrof-muhitning bosh tadqiqot obyekti ekologik tizim.
Shuning uchun ham uni organizmlarning xohlagan (masalan,
sun’iy akvarium, issiqxona, bug‘doy maydoni va h.k.) va
murakkab yashash tabiiy muhiti (ko‘l, o‘rmon, okean)ga nisbatan
qo‘llash mumkinOdatda quruqlik va suvli (akvatoriyali)
ekotizimlar farq qiladi. Ekotizimlarni misollar yordamida
tushuntiramiz: qora saksovulzorlar taqirli delta tekisliklarida keng
tarqalgan, daryo sohillarida daraxt-butali to‘qayzorlar qamishli
qayir ko‘llari rivojlangan.
Odatda quruqlik va suvli (akvatoriyali)
ekotizimlar farq qiladi. Ekotizimlarni misollar yordamida tushuntiramiz: qora saksovulzorlar taqirli delta tekisliklarida keng tarqalgan, daryo sohillarida daraxt-butali to‘qayzorlar qamishli qayir ko‘llari rivojlangan. Tirik organizmlarni o‘rab turgan fizik qurshov yoki tevarakatrofdagi o‘zaro bog‘lanishlardagi shart-sharoitlar va ta’sirlar majmuyi muhit deb ataladi. Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi, ularning o‘zaro bog‘liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi.
Organizmlarning yashashi uchun bir yoki bir nechta muhitlar zarurdir. Hayot muhitlari alohida yashash muhitlariga bo‘linadi. Yashash muhiti hayot muhitining geografik va ekologik xususiyatlari bilan ajraluvchi qismidir.
Masalan, suv hayot muhitida chuchuk va sho‘rsuvli yashash muhitlari, oqar va oqmas
yashash suv muhitlariga ajratiladi. Yashashmuhiti, yashash joyi va geotoplarga bo‘linadi. Ekotizimning barcha elementlari ham biotik, ham abiotik omillar ta’siridandir. Bu jarayonlar muayyan muhit sharoitlarida
ro‘y beradiEkologik nuqtayi nazardan muhit shunday tabiiy jismlar va hodisalarki, organizm ular bilan bevosita yoki bilvosita munosabatda bo‘ladi. Organizmning atrof-muhiti nihoyatda xilmaxil bo‘ladi.
Suv va havo o‘lik, tuproq oraliq, organizm tirik muhitlardir. Muhitning
tirik organizmlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etuvchi tarkibiy
qismlari ekologik omillardeb ataladi. Hozirda ushbuomillarning kelib chiqish vaqti bo‘yichamuhitga, xarakteriga,ta’siretish xususiyatlariga qarab abiotik (o‘liktabiatning ta’siri), biotik (tirik organizmlar bilan bog‘liq ta’sir) va antropogen (inson faoliyati
natijasida ta’sir) omillarga bo‘linadi
U vaqt va makonda ko‘pdan-ko‘p harakatdagi
elementlar, hodisalar, shart-sharoitlardan tashkiltopib, ular omillar
sifatida ko‘zdankechiriladi. Tirik organizmlar asosan to‘rtta muhitda: suv, havo,tuproq,
organizm (muhit sifatida)larda yashashga moslashgan
Abiotik omillar organizmlarga muhitning fizik va kimyoviy jihatlari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi
 iqlim, yorug‘lik, harorat, havo, namlik va shamol, bosim;
 edafik: tuproqning mexanik va fizik-kimyoviy tarkibi,
xossalari va h.k.;
Biotik omillar organizmlarning turli shakllaridagi o‘zaro
munosabatlari natijasidagi ta’siridir. Ular quyidagicha ro‘y beradi:
 fitogen – birgalikda yashayotgan o‘simliklarning bevosita
va bilvosita ta’sirlari;
 zoogen – hayvonlarning oziqlanishi, payhon qilinishi,
changlatishi, meva va urug‘larini tarqatishi, muhitga ta’sir etish kabi ta’sirlari;
2. Antropogen omillar
Antropogen omillar insonning faoliyati natijasida kelib
chiqadigan ta’sirdir. Bu omil yashash muhitining o‘zgarishi,
ekotizimlarning tarkibiy qismlaridagi bog‘lanishlarning buzilishi,
inqirozi, hatto biotsenozlarning butunlay yo‘qolishiga sababchi
bo‘lishi mumkin.
Qulay sharoitda yashash, rivojlanish, ko‘payish uchun
organizmlar yetarli miqdorda zarur omillar majmuasiga ega
bo‘lishi kerakAtrof-muhitning abiotik omillari iqlimiy va tuproq-zamin
omillaridan iboratdir. Bu omillar bir-biriga va tirik organizmlarga
Asosiy iqlimiy omillar quyidagilar:
a) Quyoshning bo‘shliqqa elektromagnit to‘lqinlari ko‘rinishida
tarqaluvchi nurli energiyasi Quyosh radiatsiyasi energiyasining 99
%ga yaqini, 0,7-4,0 mkm uzunlikka ega bo‘lgan to‘lqinli nurlar
tashkil etadi.
Shundan 48 %i to‘lqin uzunligi 0,4-0,76 mkm
bo‘lgan spektrning ko‘rinadigan qismiga, 45 %i infraqizil (to‘lqin
uzunligi 0,75 mkm dan 10-3 metrgacha) va 7 %ga yaqini
ultrabinafsha (to‘lqin uzunligi 0,4 mkm) nurlarga to‘g‘ri keladi
Hayot uchun infraqizil nurlar muhim ahamiyatga ega, fotosintez
jarayonida esa to‘q sariq, qizil va ultrabinafsha nurlar eng muhim rol o‘ynaydilar
Quyosh radiatsiyasining atmosfera orqali yer sathiga o‘tadigan energiyasi miqdori amalda doimiy va 21*1023 Dj atrofida bo‘ladi. Bu raqamni “Quyosh doimiysi” deb ataladi. Ammo quyosh energiyasining yer sathi turli nuqtalariga kelishi bir xil emas va u nur tushishi burchagining uzunligi, atmosfera havosining shaffofligi va hokazolarga bog‘liqdirShuning uchun ham doimiy
quyoshlilikning vaqt birligida sathning 1 sm2 gato‘g‘ri keladigan joul miqdorlarida ifodalanadi. Uning o‘rtacha qiymati 1s 0,14 Dj.
sm kv. ga yaqindir
Yer sathi quyosh energiyasini nafaqat yutadi, balki qisman uni
qaytaradi ham. Ma’lumki, oq rangga bo‘yalgan sathlar qoraga
bo‘yalganlarga qaraganda nurni jadalroq qaytaradi. Harorat va
namlikning umumiy holati sathning yutishiga bog‘liq.
Chunonchi,
toza qor quyosh radiatsiyasi energiyasining taxminan 80-95 %ini,
ifloslangan qor esa 40-50 %ini, qora tuproqli yerlar 5 %gacha,
quruq ochiq rang yerlar 35-45 %ini, igna bargli o‘rmonlar 10-15% ini qaytaradi;
Yer sathining nurli energiya va nur oqimining davomiyligi
hamda jadalliligi bilan belgilanuvchi jarayon yoritilganlikdir. Yerning aylanishi natijasida kunduz (yorug‘lik) va kecha (qorong‘ilik) almashib turadi
3. Barcha hayvonlar va insonda kecha-kunduzning
almashishi
Amalda barcha hayvonlar va insonda kecha-kunduzning
almashishi bilan bog‘liq sirkad (kecha-kunduz) maromlari deb ataluvchi faollik mavjuddir. Ko‘pgina o‘simliklar faqatgina kunduzgi vaqtda gullashga qodirdir. Kechasi esa gullar gulkosasini berkitib oladi. Yorug‘likka nisbatan munosabatiga ko‘ra, o‘simliklar yorug‘likni sevuvchilar va soya bardoshlilarga bo‘linadi; atmosfera havosining suv bug‘lariga to‘yinishi bilan bog‘liq namligi. Atmosferaning pastki qatlamlari 1,5-2,0 km balandlikkacha namlikka juda boy bo‘ladi. Bu qatlamda taxminan
50 %gacha namlik to‘planadi
Havodagi suv bug‘i miqdori havo
haroratiga bog‘liqdir. Harorat qancha yuqori bo‘lsa, havoda
shuncha namlik ko‘p bo‘ladi. Ammo u yoki bu aniq haroratda
havoning suv bug‘i bilan to‘yinishida eng ko‘p namlik yoki
maksimal namlik deb ataladigan chegara bor.
Odatda, havoning bug‘ bilan to‘yinishi eng ko‘p darajaga yetib
bormaydi. Eng ko‘p to‘yinish va to‘yinmaslik o‘rtasidagi farq
namlikning tanqisligi va to‘yinishining yetishmasligi deb
yuritiladi. Namlikning yetishmasligi – eng muhim ekologik
ko‘rsatkich, zero u bir yo‘la ikki narsani: ham haroratni, ham
namlikni tavsiflaydi. Namlik yetishmasligi qancha yuqori bo‘lsa,
havo shunchalik quruq va issiqroq yo aksincha bo‘ladi.
Ma’lumki, vegetatsiya (rivojlanish) davrining muayyan bir
davrida namlik tanqisligining oshishi o‘simliklar zo‘r berib hosil
tugishiga ko‘maklashadi, shuningdek, qator jonivorlarda, masalan,
hasharotlarda ko‘payish birdaniga avj oladi.
Shuning uchun ham
tirik organizmlar dunyosida turli hodisalarni oldindan aytishning
ko‘pgina usullari namlik tanqisligi harakatini tahlil qilishga
asoslangan. Atmosfera havosining namligi insonning fiziologik
holatiga, ayniqsa, g‘ayritabiiy jarayonlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi
Azot oqsil tuzilmalari va organizmlarni tashkil topishida
qatnashadigan eng muhim biogen elementdir, asosan, yashil
o‘simliklardan chiqib turadigan kislorod achitish jarayonlarini
ta’minlaydi. Uglerod dioksidi Yerning Quyoshdan va aks etishdan
nurlanishining tabiiy dempferi (nemischa dempfer – pasaytiruvchi)
hisoblanadi, ozon jonli modda uchun halokatli bo‘lgan Quyosh
spektrining ultrabinafsha nurlariga nisbatan parda (ekran) rolini
o‘ynaydi
yer sathi harorati atmosfera harorati shart-sharoitlari bilan
belgilanadi va quyosh nurla nishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ma’lumki, yassi gorizontal sathi tushadigan issiqlik miqdori
Quyoshning ufq (gorizont) ustida turish burchagi sinusiga to‘g‘ri munosibdir. Shuning uchun bir rayonda haroratning kecha-kunduz mavsumiy goh ko‘tarilib, goh pasayib turishi kuzatiladi, buning
ustiga Yer shari sathining hammasi shartli chegaralari bilan bir qator mintaqalarga bo‘linadi.
Eng mayda zarrachalar (o‘simlik gul changlari, tutunlar,
gigroskopik havo namligini o‘ziga tortib oladigan tuzlar, qattiq
hamda suyuq oksidlar va h.k.) yer sathiga quyosh nurlari o‘tishiga
to‘sqinlik qilib, atmosferaning shaffofligiga ta’sir ko‘rsatadi;

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling