23-Ma’ruza Yorug’lik dispersiyasi va qutblanish


Download 100.02 Kb.
bet3/4
Sana23.04.2023
Hajmi100.02 Kb.
#1382798
1   2   3   4
Bog'liq
23.Yorug’lik dispersiyasi va qutblanish

Qo‘sh nur sinishi
Yorug‘lik qandaydir kristalldan o‘tganda, yorug‘lik nuri ikkita nurga ajraladi. Qo‘sh nursinishda bitta nur odatdagi sinish qonunini qanoatlantiradi, tushayotgan nur va normal tekisligida yotadi. Bu nur odatdagi nur deb ataladi (5 - rasm).

5 – rasm. Qo‘sh nursinishi
- yo‘nalishdagi ikkinchi nur uchun nisbat tushish burchagi o‘zgarganda doimiy saqlanmaydi. Bu nur odatdan tashqari nur deb ataladi.
Nur normal bo‘lib tushganda ham, odatdan tashqari nur boshlang‘ich yo‘nalishdan og‘ishi mumkin, burchak ostida tushganda esa, tushayotgan nur va sinish sirtiga normal tekisliklarda yotmaydi. Bu esa odatdagi va odatdan tashqari bo‘lgan nurlarning sinish ko‘rsatkichlari xar xil ekanligini bildiradi yoki kristallda har xil tezliklar bilan tarqaladilar.
Qo‘sh nur sinish xodisasi, kubik kristallardan tashqari, barcha tiniq kristallarda kuzatiladi.
Odatdagi va odatdan tashqari nurlarni tekshirish, ular bir-biriga o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishlarda to‘la qutblanganliklarini isbotlaydi. Ikkala nur kristalldan chiqayotganda faqat qutblanish yo‘nalishlari bilan farqlanadilar.
Ayrim kristallarda nurlardan biri boshqasiga nisbatan kuchli yutiladi. Bu xodisa – yorug‘likning dixroizmi deb ataladi.
Qo‘sh nur sinish, kristall ichida xar xil yo‘nalishlarda kristallning tuzilishi va xususiyati xar xilligi bilan tushuntiriladi. Bu holda kristall anizotrop muhit ko‘rinishida bo‘ladi.
Kubik bo‘lmagan kristallarda dielektrik singdiruvchanlik kristall panjara yo‘nalishlariga bog‘liq bo‘ladi. bo‘lgani uchun singdirish ko‘rsatkichi ham kristall panjara yo‘nalishlariga bog‘liq bo‘ladi.
Qo‘sh nur sinishi xodisasi tabiiy yorug‘likdan, qutblangan yorug‘lik olish imkonini beradi. Buning uchun qo‘sh nur sinishni xosil qiladigan kristall yordamida tabiiy nurni odatdagi va odatdan tashqari nurlarga ajratiladi. Undan so‘ng nurlardan birini chetga og‘diriladi yoki yutilishiga majbur qilinadi, ikkinchisi esa qutblangan nur sifatida foydalaniladi. Qo‘sh nur sinishi tiniq izotrop moddalarda, xar xil tashqi ta’sir ostida kuzatilishi mumkin. Bu vaqtda sun’iy anizotrop modda paydo bo‘ladi.


Download 100.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling