23-мавзу: Orzu, maqsad va muvafaqqiyatni anglatish mexanizmlari. Reja


Tarixiy, ma’naviy-madaniy meros. Madaniy merosga qiziqish. Tarixiy obidalar haqida bilimlar


Download 95.97 Kb.
bet18/21
Sana19.06.2023
Hajmi95.97 Kb.
#1601081
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
6-дарс

26.1. Tarixiy, ma’naviy-madaniy meros. Madaniy merosga qiziqish. Tarixiy obidalar haqida bilimlar.
Meros- ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va huquqiy jihatdan xilma-xil mazmunga ega bo‘lgan serma’no tushuncha. Ijtimoiy ma’noda ajdodlardan avlodlarga vorisiylik asosida o‘tib kelayotgan, insoniyat tomonidan o‘tmishda yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalaydi. Ular og‘zaki va yozma shakllarda hamda o‘tmishda yaratilgan va bugungi kunda ham o‘z mavqeini, qadrini saqlab qolgan hamda saqlanib kelayotgan osori-atiqalar, barcha moddiy va ma’naviy hayotda erishilgan yutuqlar, bilim va ko‘nikmalar, tajribalarni bildiradi25.
Insoniy fazilatlar shaxsda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Bu fazilatlar oilada, ta’lim muasassalarida yoshlarni tarbiyalash, ularga ma’naviy merosimizni tushuntirish, ko‘rsatish va o‘rgatish orqali singdiriladi. “Ma’naviyat mezonlariga, odob-axloq qoidalariga amal qilib, komillikka intilib yashagan ajdodlarimiz hayoti biz uchun ibratdir”26.
Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotinig muhim sharti hamda kafolatidir. Biror bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay va mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi. Shuning uchun ham jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish O‘zbekiston taraqqiyotining ustivor yo‘nalishi deb belgilandi. Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo‘lgan. Ayniqsa, Chor Rossiyasi mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Xalqimiz ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan asarlar, yozma manbalardan mahrum qilindi. Milliy davlatchiligimiz tarixidan dalolat beruvchi tarixiy yodgorliklar, ma’naviy meros ob’ektlari vayron etildi yoki qarovsiz holatga keltirildi. Milliy ma’rifatparvarlar, mustamlakachilik zulmiga qarshi bo‘lgan millat fidoiylari, din tarafdorlari “vatan xoini”, “xalq dushmani” tamg‘asi bilan yo‘q qilindi, zindonga tashlandi, dorga osildi, jazolandi, mamlakatdan badarg‘a etildi.
O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan keyin mamlakatimizda boy ma’naviy, tarixiy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi. Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimizni tiklash tadbirlari amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.”27
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilish, milliy axloqiy qadriyat hamda an’analar va muqaddas dinimizning o‘rni hamda ahamiyati katta. Har qanday xalq, millat o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay tutub o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu bois mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o‘quv maskanlarida Vatan tarixini o‘qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o‘rganish masalalari partiyaviylik, sinfiylik yondashuvlardan, mustaqillikgacha hukmron bo‘lgan kommunistik mafkura ta’siridan xalos etildi. Mustamlakachilik davri davomida buzib ko‘rsatilgan yoki so‘z yuritilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritilgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o‘quv adabiyotlari yaratildi.
Mamlakatimizda 1996-yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi. Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlar O‘zbekistonda, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida o‘tkazildi. YUNESKO qarori bilan Sohibqiron yubileyi jahon miqyosida nishonlandi. Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan madaniyat haftaligi, «Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi» mavzuida xalqaro konferensiya hamda ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal qo‘yildi, “Temuriylar tarixi” davlat muzeyi tashkil etildi, uning nomi bilan bog‘liq tarixiy yodgorliklar ta’mirlandi.
1999-yil vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, xalq dahosi yaratgan Alpomish dostonining 1000 yilligining nishonlanishi, Urganch va Termizda ular xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmuasi jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g‘ururni ko‘tarishga xizmat qilmoqda.
Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir kabi milliy ma’rifatparvarlarning nomi, izzat-ikromi, hurmati o‘z joyiga qo‘yildi, asarlari chop etildi. Toshkentda mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2000 yil 12-mayda «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui, 2002 yil 27-avgustda Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi, fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida 1999 yil 9-mayda «Xotira maydoni» majmuasi barpo etildi. Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotirani tiklanishiga, yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar, diniy e’tiqod qayta tiklandi. Ramаzon hayiti, Qurbon hayiti, qadimiy xalq bayrami Navro‘z qayta tiklandi, bu kunlar Prezident Farmoni bilan dam olish, bayram kuni bo‘lib qoldi. Musulmonlar
O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar. Prezident Farmoni bilan tuzilgan «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy ravnaqi yo‘lida xizmat qilmoqda.
Respublikada 16 ta diniy konfessiya ro‘yxatga olingan va rasman faoliyat ko‘rstamoqda. 1999-yilda Toshkentda Islom universiteti ochildi.
O‘zbekiston hududida xalqning ulug‘vor va shonli tarixiga oid 2000 dan ortiq yodgorliklar ta’mirlandi. O‘zbek xalqining ming yillar davomida shakllangan, mustamlakachilik davrida oyoq-osti qilingan insonparvar urf-odatlari va an’analari, madaniy qadriyatlari tiklanib, yangi ma’no-mazmun bilan boyitildi.
Maqomchilar, to‘y-marosim qo‘shiqlari, shoir-baxshilar va folklor-etnografik dastalarning o‘nlab ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilmoqda.
Mamlakatimizda o‘zbek tilining xalq va davlat turmushidagi o‘rni hamda ahamiyati qayta tiklandi. Davlat tili haqidagi qonunda o‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‘llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo‘yildi. Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ish yuritish asosan o‘zbek tilida olib borilmoqda. Respublikamizning ma’muriy-hududiy birliklari, ko‘chalari, geografik o‘rinlarning nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‘zbek tilida yozib qo‘yildi. Natijada o‘zbek xalqining milliy qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning tillari, qadr-qimmati ham o‘z o‘rniga qo‘yilgan.

Download 95.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling