23 сентябрь — буюк фақИХ, имом бурҳониддин марғиноний куни шарқ мусулмон оламида «Ислом дарахти Арабистонда кўкариб гуллаган бўлса меваси Мовароуннаҳрда етилган»
Download 297.92 Kb.
|
23-SENTABR MARG\'INONIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- BURHONIDDIN MARG’INONIY ASARLARIDAN PARCHALAR “HIDOYA” ASARIDAN
BURHONIDDIN MARG’INONIY HAQIDA
Turkistondagi ilk Uyg’onish davri shunday qomusiy olimlarni dunyoga keltirdiki, ularning jahon madaniyati va ilmu faniga qo’shgan hissasi hanuzgacha hayrat bilan e’tirof etiladi. 2000 yilda tavalludiga hijriy sana bo’yicha 910 yil to’lishi munosabati bilan keng nishonlangan Burhoniddin Marg’inoniy ham ana shunday buyuk siymolardan biridir. To’liq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Farg’o-niy al-Rishtoniy al-Marg’inoniy (1123 yil 23 sentyabr, Rishton tumani, Dahbet qishlog’i — 1197 yil 29oktyabr, Samarqand)— buyuk faqih, imom. Dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, so’ng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbi-jobiy qo’lida tahsil ko’rdi. Rishton, Marg’ilon, Buxoro, Samarqand va Movoraunnahrning boshqa shaharlarida islomiy ta’lim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shayxulislom bo’lib yetishdi. 1149 yili haj safariga bordi. Burhoniddin Marg’inoniy Samarqand shahridagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan. Allomaning tavallud sanalari xususida ixtiloflar bor. Ko’pgina manbalarda ul Zotning tug’ilgan kunlari umuman qayd etilmaydi. Abu Tohirxo’ja Samarqandiyning «Samariya» nomli kitobida mavlono Burhoniddin Marg’inoniy hijriy 515 yilning 12-rajab oyida shanba kuni (milodiy 1123 yil 23 sentyabrda) tavallud topgan deb ma’lumot beriladi. Vaholanki, «Hidoya»ning qadimiy qo’lyozma nusxalaridan birida allomaning tug’ilgan kunlari 511 hijriy deb ko’rsatilgan. Shunga asosan 2000 yili tavalludlarining hijriy 910 yilligi nishonlandi. Bu hisobga ko’ra, Burhoniddin Marginoniy tavalludlari 511 hijriy yilga to’g’ri keladi. Burhoniddin Marg’inoniy fiqh bo’yicha asosiy asari «Bidoyat ul-mubtadi’» («Boshlovchilar uchun qo’llanma»)ni hanafiya nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al-Quduriy va Muhammad ash-Shayboniy asarlariga tayanib yozgan. Burhoniddin Marg’inoniyning ushbu kitobi nazariy asar edi, undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin bo’lgan. Shu sababli Burhoniddin Marg’inoniy ning o’zi 8 jildli sharh — «Kifoyat ul-Muntahiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta’limot»)ni yozishga qaror qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida «Kitob al-Hidoya» (qisqacha nomi «Hidoya» — «To’g’ri yo’l»)ni yaratadi (1178). Burhoniddin Marg’inoniy bu kitobda o’sha zamonlarda mo’min-musulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va mas’uliyatlariga taalluqli juda ko’p murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib berdi. Mazkur kitob nafaqat Movoraunnahrda, balki butun islom sharqida bir necha tillarga tarjima etilib ma’lum va mashhur bo’lib ketdi. Bu kitob fiqh ilmi bo’yicha eng aniq, izchil, mukammal asar bo’lgan. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi bo’yicha nufuzli huquqiy manba — asosiy qo’llanma sifatida foydalanilgan . Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham «hidoyat yo’lining sarboni» deya katta hurmat-e’tibor topdi. Burhoniddin val-milla (islom dinining dalili, isboti) degan sharafli nomga sazovor bo’ldi. Alloma yana bir qancha asarlar yozgan: «Nashr al-mazhab» («Mazhabning tarqalishi»), «Kitob at-tajnis val-maziyd» («Fuqarolik huquqini taqvim etish»), «Kitob ul-faroiz» majburiyatlar haqida kitob»), “Ziyd fi furu ul-hanafiy”( «Hanafiya mazhabiga qo’shimchalar») shular jumlasidandir. U o’z asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va siyosiy mulkchilik), jinoyat va jazoning huquqiy jihatlarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, jinoiy ishni ko’rish masalalarini batafsil yoritib berdi. Bu asarlarda adolat tuyg’usi, o’z davrining huquqiy mezonlari asosida yashash, eganing mol-mulkiga ko’z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehr-oqibat kabi tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Burhoniddin Marg’inoniyning o’zi hayoti davomida ana shunday insoniy fazilatlarga amal qilib yashadi. Ilmu urfon yo’lidagi fidoyiligi, kamtarinligi, o’z asarlarida biron marta ham «men» degan so’zni ishlatmay, hokisorlik bilan izoh berishida ko’rinib turadi. Burhoniddin Marg’inoniyning bizgacha yetib kelgan asosiy fiqhiy asarlari jumlasiga quyidagilar kiradi: 1. «Nashrul mazhab» (Mazhabning tarqalishi); 2. «Kitob al-manosakul-haj» (Haj marosimlari haqida kitob); 3. “Kitobun-filfaroiz» (Meros huquqi bo’yicha kitob); 4. «Kitob-attajniysu val-maziyd» (Ilmni ziyoda qiluvchi kitob); 5. «Muxtorotun navozil» (Majmu’-unnavozil) (Nozil bo’lgan narsalar majmuasi); 6. «Kitob ul-mashoyix» (Shayxlar haqidagi kitob); 7. «Maziydun fi furu’il-hanafiya» (Xanafiy mazhabiga qo’shimchalar); 8. «Sharh al-Jomiy-al-Kabir Muhammad ash-Shayboniy» (ash-Shayboniyning «Jomi’u-kabiyr» asariga sharh); 9. «Bidoyat ul-mubtadi’» (Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim); 10. «Kifoyatul-muntahiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim»). «Bidoyatul-mubtadi’» asari uchun yozilgan 8 jildlik sharh: 11. «Hidoya» («Kifoyatul — muntahiy» asari uchun yozilgan 4-jildlik sharh). Afsuski, sanab o’tilgan asarlar haqida to’liq bir tasavvur yo’qdir. Chunki o’rta asr faqihlarining ko’pgina asarlari kabi, Burhoniddin Marg’inoniyning ham asarlarining hammasi bizgacha yetib kelmagan. O’zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti Qo’lyozmalar xazinasida allomaning bir qator asarlari qo’lyozma nusxalari bor. Allomaning eng mashhur va eng yirik asari «Hidoya» to’rt jilddan iborat bo’lib, uning har bir jildi turli muammolarni huquqiy yechimiga bag’ishlangan. Birinchi jild 5 kitobdan iborat bo’lib, tahorat va amaliy ibodatlar (namoz, ro’za, zakot va haj)ga bag’ishlangan. Bu jild 47 bob va 37 fasldan iborat. Ikkinchi jildiga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo’qolganlar, sherikchilik va vaqf huquqi kabi masalalar kiritilgan. Bu jild 60 bob, 36 fasldan tashkil topgan. Uchinchi jildida (14 kitob) oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o’tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da’vo, iqror bo’lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo’lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg’a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo’lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o’rin olgan. Bu jildda 36 bob, 37 fasl bor. To’rtinchi jildida (76 kitob) esa shafoat, merosni taqsimlash, dehqonchilik hamda bog’dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka so’yishadigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni o’zlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to’lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan. Bu jild 23 bob, 38 fasldan iborat. BURHONIDDIN MARG’INONIY ASARLARIDAN PARCHALAR “HIDOYA” ASARIDAN Quyosh nurlarini berkitib bo’lmaganidek, haqiqatning chirog’ini ham so’ndirib bo’lmas. * * * Sahbon o’g’li Ajlonning og’zidan chiqqan fasohatli so’zlarining o’zi bir xulqu tabiatdirki, u bularni otasi (Sahbon)dan olgan. * * * Senga ezgulik ko’rsatgan kimsaga ezgulik qilgin, chunonchi Javzo yulduzi botgandan keyin Shixara yulduzining porlashi go’zaldir. * * * Payg’ambar alayhissalomdan: «La’na ollohu ar-roshiy va-l-murtashiy», ya’ni «rishvat (pora) oluvchiga ham, beruvchiga ham, Alloh taoloning la’nati bo’lsin», degan hadisi sharif sodir bo’lgandur». * * * Qimorbozlar oy nurini g’animat bilib qimor o’ynasalar, tunlari qissayu hikoyatlar tinglovchilar esa bedorlikka parvo qilmaydilar. * * * Yozilgan kitob nusxasining to’g’riligi ko’z qorachig’ining boqqaniga bog’liqdir, rivoyatning inobatlisi (ishonchlisi) esa serob suvdan ham ortiqroq qondirar. * * * Baland tog’larga ko’tarilib va pastliklarga tushib safar qilish uyda, devorlar ichida, mashaqqatlar orasida och o’tirishdan avlodir (xayrlidir). * * * O’z vaqtidan kechikib berilgan in»m-ehson mahkam tortilgan zanjir misoli qattiq bug’uvchidir. * * * Hunarmandu kosiblar qo’pdir, biroq mohiru qobiliyatlari ozdir (ya’ni, usta ko’pu ustasi ozdir). * * * Ikki narsa bir daraxtning butog’idir, ya’ni, ikkalasi ham bir xildir: biror narsa so’raganga (tilanganga) bersa-yu ammo keyin uni minnat qilsa, ikkinchisi, o’zining in’om — ehsonini ayab, xassislik qilsa, chunonchi Alloh taolo nazdida minnat bilan bir narsa berish va xassislik qilib bermaslik qabohatda barobar hisoblanadi. * * * Zimmangda farz bo’lgan narsani qarz va burch o’rniga qo’y. Bu hol qalbingu dilingga rohat baxsh etib, sharafing va obro’yingii saqlash uchun eng to’g’ri yo’ldir. * * * Olam uzra shunday yurginki, to butun olamning yelkasiga oyoq qo’ygandek bo’l, shunda jami maxluqotdan (borliqdan) ustun bo’lursan. * * * Alloh taolo ato qilgan turli ne’matlarning lazzati qudrat holvasidan totliroqdir. Ammo minnat bo’lgan holatda esa zaqum (jahannam daraxti) mevasining achchig’iga qaraganda ham achchiqdir. * * * O’zi sazovor bo’lmagan hamdu sanoyu maqtovlarni talab qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir. * * * Tavba qilgan kishi umrining nihoyasi (xotimasi) umrining boshi , degandek (ya’ni, onadan tug’ilgan kuni kabi gunohsizdir), uning ishlari Alloh taolo nazdida aybli bo’lmaydi. * * * Misvoklar (tish tozalagichlar) bilan og’zingni tozalading, koshki endi bundan keyin sen og’zingni (tilingni) bo’hton, yolg’on, g’iybat so’zlarni aytish bilan bulg’amasang. * * * Senga malomat bilan ko’p hollarda mudom vaz’ qildilar (senga ko’p malomat qildilar ma’nosida), bularning o’rniga seni g’aflatning davomli uyqusidan uyg’otganlarida ma’qul bo’lardi. * * * Ilmli bo’lish bir baland toqqa chiqish kabi ko’p mashaqqatlidir, lekin undan tushish osondir, johilligu nodonlik bulog’i chuqur chashma misoli bo’lsa-da, biroq u ko’p qiyinchiligu azoblarga giriftor qiladi». * * * Yomon narsayu e’tiqod bilan qilingan ezgu ish sarob va kul kabi hech qanaqa foyda bermaydi. * * * Ilmli bo’lish o’qish, o’qitish, yozish bilan hosilu mukammal bo’ladigan bir saboqdir. Agar olim kishi chiroyli, xushxat yozuvga ega bo’lsa, bu uning kamolotga yetganidan dalolatdir. * * * Seni kasodu inkisorga uchrashdan ogoh qiluvchi kishiga lutf bilan muomalada bo’l, qo’rqma, zarari yo’q, ziyoni yo’q, deb yuklatuvchilardan uzoqroqda bo’l. * * * Ezgulik, xayrli ishlarga astoydil kirish, ularni paysalga solib, keyin qilarman degan o’ylardan voz kech, shayton yo’ldan uradigan shoshma-shosharlik bilan emas, tafakkur va idrok bilan ish tut. * * * Riyo bor har qanday ishda ravoligu ziyo yo’qdir. * * * Yolg’onchining qasami bor (haqiqiy) ilmining ham soxtaligini oshiradi. Din xususida bo’ladigan musobaqa (munozara)larda komil e’timod bilan e’tiqod qil, shunda har qaysi maydonlarda oldinda bo’lasan. * * * Mening ko’zim faqat sizning yaqin bo’lishingizdan qaror va tinchlik topadir, chunki oshiq va muhib o’z ma’shuqasiga yaqin bo’lmasa rohat olib shod bo’lmaydi. * * * Sotib olgan narsangda aldanib, moliyaviy ziyon-zarar ko’ruving sen bundan kelgusida ko’radigan ziyonlaringdan, ancha yengilroq va osonroqdir». * * * Sening qilayotgan ishlaringda dushmaning ogoh bo’lib, ulardan ko’z yumishi senga ilon chaqqandan ko’ra ham zararli va mashaqqatli bo’ladi. * * * Urug’likni ham, po’choqni ham, niyatu orzularni ham, muhabbatu firoqni ham yaratuvchi Alloh taolodir. * * * Ot uchun har doim qamchi lozimdir. U garchand yelib-yugaradigan tulpor bo’lsa ham. * * * Dehqonchilik qilib ziroat ekish foydayu xayr baraka birla mushtarakdir, o’z xalqini behad ko’p xayr-barakaga burkaydir. * * * Zaminda o’zini inson (odam) hisoblab yurgan odamlaru (nos) odam sifatli olchoqlar (nuvays) bordir. Shu odamlar jumlasidan hazrat Tovus — (Muhammad payg’ambar alayhissalomning mashhur izdoshlaridan Abu Abdurahmon ibn Kisoning laqabi shunday bo’lib, u o’z fazli-kamoloti va muruvvati bilan mashhur zot edi) va Tuvays (Madinai munavvarida yashagan, yaramas odatlari va shumligi bilan mashhur bo’lgan bir kimsa) ham bordir. * * * Yaramas va xasis kishining eshigini taqqillatishda saxiy va mo»tabar kishining oziq tishini sug’urish bilan barobar ranju izza bordir. Ya’ni, saxiy kishi ishi tushib zaruratdan xasis odamning eshigini qoqsa, u buni o’zining oziq tishini sug’urtirgandek ozoru aziyat chekkan holda qiladi» * * * Bu dunyo mol-mulkini o’z zimmangga va bo’yninga olishlikda og’ir va ma’suliyatli burchlar bor (ya’ni, o’zgalarning shon-sharaflari bilan bog’liq ishlarni gardaningga olishda o’ylab ish tut ma’nosida). * * * Alloh taolodan astoydil istisno bilan o’tinib so’ragan kimsaning nidosi sira noumid qolmaydi. * * * Aql-idrok va shariatga amal qilib ish tutgan banda asl va ikkinchi darajali maqsadu matlablarini jam qilishi muqarrardir. * * * Goh vaqtda johil kishi akd-idrokli kishining suhbatida (yo’ldosh) bo’lur, undan boshqalarga zarar kelmas, Faroqid yulduzi bilan Suhayl yulduzi ham yonma-yon bo’lgani kabi (ya’ni, Suhayl yulduzining kuchi oz bo’lsa-da, shimol tarafidan Faproqid yulduzlarining yaqinlashuvchi bilan ularning nurlari zaiflashmaydi ham, kamaymaydi ham). * * * Ko’pincha yoki ba’zan Hasan al-Basriyga o’xshash buyuklarni Hajjoj Zolimga o’xshashlar tug’adilar, go’yo sho’r dengiz suvidan dur-marjonlar chiqqani kabi. * * * Ba’zida ikki yaramasdan Hasan misoli go’zal bir o’g’lon dunyoga keladi, chunonchi qon bilan etning orasidan sut chiqadi. * * * Ilmiy-urfon va aql-farosati bilan mashhur bo’lgan Abdumalik ibn Qariyb Horun ur-Rashidga o’z zakovatli qalbi va keng fikr mulohazasi bilan yaqinlashadi. Bu yaqinlashuv uning Asmam qabilasidanligi va sharif nasabli ekanligidan bo’lmay, ilmi tufaylidir, aks holda Horun ur-Rashid unga barmog’i bilan-da ishora qilmasdi. * * * Shod-xurramlik va yaramaslik ezgulik va yovuzlikka muqorana qilindi, ya’ni shod-xurramlik ezgulikka, yaramaslik yovuzligu qayg’u hasratga muqorin bo’ldi. * * * Rivoyatlarga ko’ra, Ziyod o’g’illarini komil insonlar deydilar. Uning yetti farzandining har biri shoirlarning eng peshvosi bo’lib, balog’at va fasohatda yetuk edilar. Biroq ulardan ko’ra ham ilmu sharifni yuqori martabaga ko’taruvchi shunday olimlar borki, ular ilmlariga amal qilib, shariat ahkomlarini — qonun qoidalarini yuqori ko’taruvchilardir. Download 297.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling