23 variant institutsional siyosatning asosiy tamoyili


Pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimi


Download 75.11 Kb.
bet3/3
Sana19.04.2023
Hajmi75.11 Kb.
#1365981
1   2   3
Bog'liq
Institutsional siyosatning asosiy tamoyili1

Pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimi

Markaziy bank 2020 yildan boshlab pul-kredit siyosatini inflyasion targetlash rejimida amalga oshirib bormoqda va o'rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosati mexanizmlarini mazkur rejim standartlariga muvofiqlashtirish ishlarini izchil davom ettiradi. Inflyasion targetlash rejimiga o'tish doirasida pul-kredit siyosatining maqsadli ko'rsatkichlari sifatida inflyasiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish va 2023 yilgacha 5 foizlik doimiy darajasiga erishish belgilangan. 10-rasm. Inflyasion target va oraliq maqsadli ko'rsatkichlar traektoriyasi 2023 yildan keyingi davrda ham pul-kredit siyosati inflyasiyaning 5 foizlik doimiy maqsadli ko'rsatkichi atrofida shakllanishi uchun zaruriy sharoitlarni ta'minlab borishga qaratiladi. Shu bilan birgalikda, Markaziy bank tomonidan har yili kelgusi yil uchun inflyasiya darajasining prognoz ko'rsatkichlari ishlab chiqiladi. Inflyasiyaning yillik prognoz ko'rsatkichlari shakllangan ichki va tashqi sharoitlar, mamlakatning umumiy makroiqtisodiy holati va inflyasion omillarning shakllanishidan kelib chiqib yil davomida ham o'zgartirilishi mumkin. Xususan, 2019 yilning oxirida amalga oshirilgan prognozda 2020 yil yakuni bo'yicha inflyasiya darajasi 12-13,5 foiz atrofida bo'lishi kutilgan edi. Biroq, yuzaga kelgan ichki va tashqi sharoitlar, xususan, pandemiyaning O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining 2021 yil va 2022-2023 yillar 52 davriga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari yalpi talabga ta'siri, inflyasion omillarning pasayishi ko'rsatgan ta'sirlarini inobatga olgan holda 2020 yil aprel oyiga kelib yil yakuni bo'yicha inflyasiya prognozi 11-12,5 foizgacha pasaytirildi. Ta'kidlash joizki, qisqa muddatli davrda turli xil omillar ta'sirida inflyasiya darajasi o'zining prognoz traektoriyasidan yuqoriga yoki pastga og'ishi mumkin. Bunday holatda Markaziy bank tomonidan ushbu og'ishga sabab bo'lgan omillarning xususiyatlariga e'tibor qaratiladi. Agar ushbu omillar fundamental asoslar ta'sirida yuzaga kelib, uzoq muddatli xususiyat kasb etsa, pul-kredit sohasida qarorlar qabul qilinishida ushbu omil inobatga olinadi. Agar inflyasiyani yuzaga keltiruvchi omillar qisqa muddatli tebranishlar, ma'lum bir muddat davom etadigan o'zgarishlar (mavsumiylik, tartibga solinadigan narxlarning oshirilishi, qisqa muddatli mahsulot taqchilligi yoki alohida tovarlar narxlari oshishi) natijasida yuzaga kelgan bo'lsa, pul-kredit sohasida qarorlar qabul qilishda Markaziy bank tomonidan inflyasiyaning uzoq muddatli trendi va prognozlari doirasida ish yuritiladi. Bunday holatlarda, odatda, Markaziy bank tomonidan mo'ljalli ko'rsatkich sifatida bazaviy inflyasiya darajasi inobatga olinadi hamda prognoz ko'rsatkichlarni ishlab chiqish, monetar omillar ta'sirini baholash va tendentsiyalarni tahlil qilishda bazaviy inflyasiya ko'rsatkichlaridan foydalaniladi. Ushbu sharoitda, pul-kredit siyosati kommunikasion kanali orqali keng jamoatchilikka inflyasiyani yuzaga keltiruvchi omillar xususiyatlari, ularning davomiyligi va qarorlarning mohiyati tushuntirib boriladi. Markaziy bank inflyasion targetlash rejimi doirasida pul massasi, kredit qo'yilmalari yoki pul bazasi o'sish ko'rsatkichlari bo'yicha hech qanday maqsadli ko'rsatkich o'rnatmaydi. Faqatgina, ularning inflyasiyaga bosim yaratmaydigan darajada shakllanishi uchun zarur bo'lgan pul-kredit sharoitlarini ta'minlab boradi. Operasion target sifatida banklararo pul bozoridagi muddati ikki haftagacha bo'lgan depozitlar bo'yicha foiz stavkalarini asosiy stavkaga yaqinlashtirish Markaziy bankning asosiy vazifasi sifatida qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining 2021 yil va 2022-2023 yillar 53 davriga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari Markaziy bank qisqa muddatli pul-kredit siyosati instrumentlarini faol qo'llash orqali pul bozoridagi foiz stavkalarini asosiy stavkaga yaqin va foiz koridori doirasida shakllanishi uchun sharoit yaratadi. Bunda iqtisodiyotdagi foiz stavkalar dinamikasiga ta'sir ko'rsatish imkoniyati yuzaga keladi. Iqtisodiyotdagi foiz stavkalar darajasi esa, o'z navbatida, aholi va tadbirkorlik sub'ektlarining iqtisodiy qarorlarida o'z aksini topadi hamda yalpi talabning shakllanishi orqali inflyasiya darajasiga ta'sir ko'rsatadi.
Download 75.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling