23–seminar mashg`ulot Mavzu. Nemis tarixiy maktabini paydo bo’lishi va uni rivojlantirish bosqichlari
Tarixiy maktab (V.Rosher, K.Knis va B.Gildebrand)
Download 18 Kb.
|
23-mavzu
Tarixiy maktab (V.Rosher, K.Knis va B.Gildebrand)
Gettingem va Leypsig universitetlarining professori Vilgehn Georg Fridrix Rosher (1817-1894) Germaniyadagi tarixiy maktabning asoschisi hisoblanadi. 1843-yilda u «Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod kursining qisqa asoslari» kitobini chiqardi. Iqtisodiy qonunlaming obyektivhgini rad qilish bu ta’limotning o'zagidir. Rosher tarixiy flziologik deb ataladigan usulni ishlab chiqdi. Bu usul kapitalizm taraqqiyotining prusscha yo‘lini, unga xos bo‘lgan feodal sarqitlami (dehqonlaming yer egalariga bo‘ysunishi, hunar- mandlarning uyushmalariga va tabaqalariga xos cheklashlarini) tarixan oqlashdan va ko‘klarga ko‘tarib maqtashdan, faktlami to‘plashdan va shu faktlami tarixiy o'xshashliklar asosida izohlashdan iborat. Rosher o'zining nazariy qoidalarida qiymatni iste’mol qiymatidan (foydalilikdan) iborat deb bildi, kapital deganda unumli iste’mol uchun mo‘ljallangan har qanday mehnatni tushundi. Tarixiy maktab g'oyalarini Karl Knis (1821-1892) jon-jahdi bilan o‘rgandi. 1853 yilda uning «Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod» kitobi bosilib chiqdi. Bu kitobda u mazkur maktabning qarashlarini himoya etish va muntazamlashtirishga harakat qildi. K.Knis alohida iqtisodiy qonunlar yo‘q, faqat doimo va hamma joyda amal qiladigan tabiiy qonunlar bor deb da’vo qildi. Uning fikricha, siyosiy iqtisod faqat iqtisodiy hodisalami tasvirlab berishi mumkin, u nazariy umumlashmalami berishga qodir emas. Knis millat turmushining iqtisodiy sharoitlari uchun individ (shaxs), jamiyat va davlatning mas’uliyatini eklektik (qorishma) tarzda birlashtirmoqchi bo'ldi. Download 18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling