23–seminar mashg`ulot Mavzu. Nemis tarixiy maktabini paydo bo’lishi va uni rivojlantirish bosqichlari


Yangi tarixiy maktab va «ijtimoiy yo‘naIish»


Download 18 Kb.
bet3/3
Sana01.04.2023
Hajmi18 Kb.
#1317870
1   2   3
Bog'liq
23-mavzu

Yangi tarixiy maktab va «ijtimoiy yo‘naIish»

XlX-asming ikkinchi yarmida ham Germaniyada iqtisodiyot fani tarixiy usul asosida rivojlanmoqda edi. Nemis iqtisodchilari bundan awalgi davrda iqtisodiy adabiyotda vujudga kelgan an’analami davom ettirib, kuchaytirdilar. Ular Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti­ning o‘ziga xosligini aks ettirib, feodalizm sarqitlarining uzoq vaqtdan beri saqlanib kelayotganligini keskin tanqid qildilar. Shu davr Germaniya iqtisodiy tadqiqotlarida Yangi tarixiy maktab yetakchi o'rinlardan birini egallar edi. Ushbu maktabning yetakchi olimlari, Gustav Shmoller (1838-1917) bo'lsa, Lun Brentano (1844-1931), Vemer Zombart (1863-1941), Maks Yeber (1864-1921) o‘zlarining ijtimoiy yo‘nali- shlari bilan «Yangi tarixiy maktab»ning ilmiy ishlarini davom ettirdilar.

  1. Shmoller tomonidan tuzilgan «Ijtimoiy siyosat uyushmasi»nng faoliyati shu maqsadga xizmat qilar edi. Uning yetakchi nazariyotchilari universitet professorlari bo'lib, ulaming dasturlari «kafedr-sotsializm» (kafedradagi sotsializm) deb atalar edi. Ushbu dasturdagi boshlang'ich ta’limni majburiy kiritish, bolalar, o'smirlar va ayollar mehnatini davlat tomonidan tartibga solish, ishchilami kasallik va baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish, qarilik va mehnat layoqatlarini yo'qotgan chog'ida nafaqa to'lash kabi islohotchilik g'oyalari sotsial-demokratlar orasida ham keng yoyildi.

Germaniyada Luno Brentano ham asosiy nazariyotchilardan hisoblanib, «Yangi tarixiy maktab»ning liberal qanotiga boshchilik qildi. O'zining «Klassik siyosiy iqtisod» (1888), «Tarixda axloq-odob va xalq xo'jaligi»(1894) nomli asosiy asarlari bilan iqtisodiy fan taraqqiyotiga katta hissa qo'shdi. L.Brentano G.Shmoller kabi iqtisodiyotda axloq va huquq omillari belgilovchi rol o'ynaydi deb hisoblab, ishlab chiqarish va uning tabiiy va ijtimoiy jihatlariga e’tibor bermaydi. U ayirboshlash konsepsiyasining tarafdori bo'lib, realizatsiya va ayirboshlash sharo- itlarining o'zgarishi xo'jalik turmushida va ishlab chiqarish shakllarida belgilovchi ahamiyatga ega bo'ladi deb hisoblaydi. U o'zining liberal «ijtimoiy inoqlik» deb nomlangan islohotlar dasturida ingliz tred- yunionlari (kasaba uyushmalari) tajribalaridan keng foydalanishni taklif qiladi. Jumladan, kasaba uyushmalari fabrika qonunlari yordamida ishchilar o'rtaga tashlagan talablami qondirishda foydalanish bilan biiga uy-joy qurilishi va matlubot kooperatsiyalarida ham turli masa­lalami hal etishda keng foydalanishlari zarur deb hisoblaydi.
Yangi tarixiy maktab Brentano timsolida o'zining yuksak cho'qqilariga yetgani yo'q edi. Uning ijtimoiy to'qnashuvlaming oldini olishga qaratilgan «sinfiy inoqlik» nazariyasi islohotchilik oqimidagi ijtimoiy maktablar, institutsionalizm yo'nalishi uchun asosiy manba rolini o'ynadi, xolos.
Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling