24 – mavzu: koreya shaharlari seul
Download 33.5 Kb.
|
24 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tegu
24 – MAVZU: KOREYA SHAHARLARI Seul Seul Janubiy Koreya respublikasining poytahti va eng katta shaxri hisoblanadi. Shahar aholisi 10 milliondan ortiq. Seulni hitoylar Hanchen koreyscha Hanson yani mardona shaxar deb atashadi. Millodan avvalgi 18 asrgacha Vireson deb atalgan shaxar Pekchi davlatining poytahti edi. Ko'riya davlat tepasiga kelganida Hanson nomi amalda bo'lgan.1394 yildan boshlangan Cho Son sulolasi ham ushbu shaxarni o'z poytahtiga aylantirib uning nomini Han Yan deyishgan. Yaponlar okupatsiyasi davrida Kyon Son deb atalgan poytaht 1945 yil urushdan so'ng Seul deya boshlandi. Mintaqaviy urushlar davomida Seul ikki bor 1950 yil iyun sentabr 1951 yanvar mart oylarida juda katta talofat kurdi. Urush natijasida 191 ming imorat jumladan 55 ming yashash joyi va mingdan oshiq tashkilot binolari butunlay harobaga aylandi. Urushdan so'ng tezda o'zini o'nglab olgan Seul mamlakatning siyosiy iqtisodiy va madaniy markaziga aylandi. Bugungi kunda shaxar aholisi mamlakatning to'rtdan birini tashkil etsa, dunyo shaxarlari ichida Pusan Pusan Janubiy Koreyadigi eng katta port va kattaligi bo'yicha Seuldan keyin ikkinchi o'rinda turuvchi shahar hisoblanadi. Pusan respublikaga bo'ysunuvchi alohida ma'muriy birlik bo'lib,2005 14 noyabrda bo'lib o'tgan olimpiay yig'ilishida 2020 yildagi olipiyada o'yinlariga mezbonlik qiluvchi shaxarlar ro'yhatidan o'rin olgan. Shahar har yili Osiyodagi nufuzli xalqaro kinofestivaliga mezbonlik qiladi. Pusan o'zining yahta, yo'lovchi tashiydigan suv "tramvaylar"I bilan sayohlarni o'ziga tortsa, shahar transportining metro , avtobus kabi odatiy vositalar to'ldiradi. Tegu Kyonsan-Puktu provensiyasining markazi Tegu shahri hududi bo'yicha Koreyada to'rtinchi o'rinda turadi. Tegu unchalik katta bo'lmagan tog'lar bilan o'ralgan vodiyda joylashgan. Uning shimoli-sharqida oqib o'tuvchi Kimxo daryosi shahar g'arbidagi Nakton daryosiga bo'rib quyiladi. Shahar daryolar kesishgan joyida joylashganligi sababli azaldan yirik transport tugunni vazifasini bajarib kelgan. Choson hukumronligi davrida shahar Kiyonsan mintaqasining ma'muriy markazi sifatida gavdalangan. Tegu iqlimi boshqa koreis shaharlarga nisbatan ancha issiq va yoqimli hisoblanadi. Shahrning iqtisodiy tayanchi to'qimachilik sanoatiga asoslanadi. Shuningdek, metallurgiya va mashinasozlik sohalari ham shahar rivojida etakchi o'ein tutadi. Ulsan Ulsan Janubiy Koreyaning janubi-sharqiy qismida , Yapon dengizi qirg'og'ida joylashgan. 1962- yilgacha Ulsan shaharning aholisi baliqchilik va dehqonchilik bilan shug'ulanar edi. Keyinchalik bu yerda zavod-fabrikalar qurilish natijasida mashinasozlik, avtomobilsozlik, kemasozlik, neftni qayta ishlash kabi sohalar rivojlanib janubiy koreyaning yirik sanoat shaharlardan biriga aylandi. Bugungi kunda bu yerda dunyoga mashhur "Hyunday " korporatsiyasining shtab kvartirasi joylashgan. Download 33.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling