24-mavzu: Gazlama qoldiqlari bilan ishlash.“Bezak” namunasini tayyorlash
Ko’p asrlik rivojlanish yo’lini bosib o’tgan o’zbek xalqining turli-tuman hunarlari o’ziga xos
qadimiy an’analarga ega bo’lib, Markaziy Osiyoda xususan
hunarmandchilik rivojlangan
o’lkalaridan biri hisoblangan
Boysunda ham avloddan-avlodga, ustozdan
shogirdga meros tarzida
o’tib hozirgi kungacha saqlanib kelinmoqda.
O’zbekistonda o’tkazilgan arxeologik tadqiqotlar Boysunda
uch ming yillar ilgari keng
rivojlangan, hunarmandchilik mavjud bo’lgan. Bu davrda sinfiy qatlamlar paydo bo’lib,
yirik
mehnat taqsimoti negizida hunarmandchilik mustaqil soha bo’lib ajralib chiqdi. Oqibatda
Boysun
shahrida savdo-sotiqning rivojlanishi ro’y berdi. Butun yirik shaharlar nafaqat iqtisodiy va ijtimoiy,
balki siyosiy va madaniy markazlarga aylangan.
Boysunda hunarmandchilikning eng qadimiy va noyob buyumlar topilgan. 1897-yili birinchi
aholi ro’yxati vaqtida O’zbekiston hududidagi katta shaharlarda aholining ko’pchilik
qismi
hunarmandlar hisoblangan.