3-Joriy nazorat uchun topshiriqlar. O`zbekistonda quroqchilik san’ati qachondan rivojlangan?
Download 1.57 Mb.
|
t.Intizor 6 топширик XH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Quroq tikishda gazlamalar xususiyatlari
- 4.Chust do`ppisi haqida ma’lumot bering
- 6.Do`ppi qismlari 6 .
- 7. Ganch o`ymakorligida ishlatiladigan o`yma turlari nimalardan iborat
- 8 . Kompozitsiya nima
- 12. Kandakorlikda asosiy xomashyo nima hisoblanadi
- 14. O`zbekistonda misgarlik san’taning rivojlanishi qanday bo`lgan
- 15. K andakorlik buyumlarining turlari nimalardan iborat
- 16. Mis idishlarga qanda y usullar bilan ishlovlar beriladi
- 17. Kandakorlikdagi badiiy bezak turlari nimalardan iborat
- 18. O’zbek kelinlarining zamonaviy do’ppisini va yosh qizaloqlar do’ppisini tiking.
- 19 . Hoxlagan 2 tur quroqni tiking.
3-Joriy nazorat uchun topshiriqlar. 1.O`zbekistonda quroqchilik san’ati qachondan rivojlangan? 9-10- asrlarda O`rta Osiyoda Urganch, Shosh, Marvda yirik Hunarmandchilik markazlari paydo bo’ldi. Ip, mato, gilamchilik, shuningdek quroqchilik ham rivojlangan davr hisoblanadi. 2.Quroq tikishda gazlamalar xususiyatlari Quroq texnologiyasida istalgan gazlamadan ham yangi, ham awal ishlatilgan gazlamalardan foydalanish mumkin. Yangi gazlamani ishlatishlan awal dekatirovka (ipak va jun gazlamalami kirishmaydigan qilish uchun bug’ yoki qaynoq suv bilan ishlov berish usuli) bug’lash lozim chunki bitta buyumga ikki xil gazlama ishlatish natijasida buyum yuvilgandan so’ng o’z ko’rinishini o’zgartirishi mumkin. Avval ishlatilgan gazlama bo’laklarini esa kraxmallash va dazmollash kerak bo’ladi. Paxta tolali gazlamalar ishlatish uchun qulay hisoblanadi. 3.Quroq turlari YULDUZCHA QUR0Q “Yulduzcha” quroqda tuma qator “tinna”dan foydalaniladi.Bitta qora va ikkita oq matodan “tinna”tikib chiqiladi. 4 ta ana shunday bo’lak tikib chetiga “suv” tikiladi.Tinnani uch tomoni o’rtaga qaratib to’rt burchak (baxmal?villyur) matoga ulanadi.Bunda quroq shakli sakkiz burchakli yulduz shaklida ko’rinadi. Qo’sh tinna quroq Bunda tuma qator, kaklik qosh, kelin qosh tinnalardan foydalanish mumkin. Quroq o’rtasiga boshqa (baxmal,vilyur)matolardan kichkina ko’z tikiladi. Chetiga to’rtta uzun “tinna”tikiladi.”Qo’sh tinna”dan yostiq jildlari uchun, chimildiq uchun,palaklar uchun foydalaniladi. Oq va qora mato hamma tomoni teng uchburchak shaklida qirqiladi O’rtasiga qora mato va ikki chetiga oq mate parchasi bir tekis qilib tikiladi. «Tinna»lar tikib tayyor qilingach chetiga qora9qizil, sariq rangli matolardan «suv» tikiladi. Buquroqda qora mato uchburchak shaklda ko’rinadi. «Tina» quroqning bitta bo’lagi hisoblanadi. KAKLIK QOSH QUROQ Bu quroqda oq va qora mato qiya xolatda tikiladi. Bn quroqda oq va qora mato xam qiya xolatda ko’rinadLXuddi kaklikni qoshini eslatadi.Bu quroqni xam bir-biriga ulashda “suv” tikiladi. “Olma quroq”da o’rtasiga gazlama parchasi qo’yib chetiga to’rttadan qora mato parchasi aylantirib qo’yiladi Uning ustidan oq mato parchasi aylantirib qo’yiladi. Quroq dumaloq olma shaklini eslatadi. Bu quroqda bir xil rangli surp, lafsan matoga qirqish sxemasi chiziladi.Chizilgan chiziqlar qirqib ichiga bukib tikiladi.Qirqilgan mato ostiga umumiy holda chiroyli, bir xil rangli, ko’zga tashlanadigan mato qo’yiladi Qirqim chetini bezashuchun boshqa matodan uchburchak yoki burab yaproqcha shaklida bezak tikish mumkin. 4.Chust do`ppisi haqida ma’lumot bering Chust duppisining andozasi xam Toshkent duppisi andozasidek tayyorlanadi, shakli xam buklanadigan Toshkent duppisiga yakin Chust do`ppisi ko`ra, yashil, jagarrang va satindan tayyorlanadi. Uchburchaksimon silliq taxlanishi karchlarga-kismlarga ajratiladigan chiziqlarning bo`rtib turishi, kashta tikib bezatilishi farqlanadi. 5.Do`ppi turlari Do`pilarning keng tarqalgan turlari bu Toshkent, Marg`ilon, Buxoro, chust do’ppilari hisoblanadi. Do’ppilarning shakl jihatidan esa dumaloq, to’rtburchak, uchburchaksimon turlari mavjud. 6.Do`ppi qismlari 6. Agar 54-razmerli duppi tikiladigan bulsa, doiraning diametri 20,5 sm. bulishi, demak doiraning markazidan chetgacha 10 sm. 3 mm. Kilib pargorni mustaxkamlab olish kerak. Duppining xar bir razmeri ortgan sari pargor 2 mm. kengaytirilib boriladi.Keyin doira tugri chizik bilan teng 4 ga bulinadi.Bu chiziklar doira chetida tugri chizik bilan tutashtirilib, kvadrat xosil kilinadi.Kvadratdan tashkarida kolgan yoysimon kism 3 ga bulinadi. Eng chetda kolgan 2 kism kirkib tashlanadi. Tepa andozasi avra va astar uchun muljallangan matolar ustiga kuyib bur yoki kalam bilan chiziladi. Astar avraga nisbatan sal kengrok kilib kirkiladi. Kizak eni 4 sm. uzunligi56 sm. li lenta tarzda bichiladi 7.Ganch o`ymakorligida ishlatiladigan o`yma turlari nimalardan iborat? Ganch o`ymakorligida ishlatiladigan o`yma turlari: Tuzilishi jihatidan geometrik , o`simliksimon va boshqa turlarga bo`linadi. Panjaralarning yasalishi jihatidan oson va murakkabligi jihatidan oddiy, murakkab panjaralarga bo`linadi. 8.Kompozitsiya nima? Kompozitsiya – lotincha so`zdan olingan bo`lib, to`qish ,bir-biriga ma’lum tartibda joylashtirish. Kompozitsiya ishlashda simmetriya, asimmetriya, kompanovka, davriy takrorlanish, markaz topish, bezakning dinamikligi, tabiiyligi, chiroyliligi, pardozlarning va ranglarning uyg`unligi kabi kopanentalarni o`z ichiga oladi. 9. Kulolchilik san’ati nomayondalaridan kimlarni bilasiz? Kulolchilik sir-asrorlarini mashhur kulollar yoshlar-ga sitqidildan o`rgatdilar. Bular rishtonlik Uzoq Shermatov, Xolmat Yunusov, g`ijduvonlik Muhammad Siddiq, Usmon Umarov, Toshkentlik Turob Miraliev, shahrisabzlik Rustam Egamberdiev, Karim Hazratqulov va boshqalar edi. Ayniqsa kulolchilikni tatbiq etishda O`zbekiston xalq rassomi, san’atshunoslik nom-zodi Muhiddin Rahimov samarali mehnat qildi. U o`ziga xos kulolchilik maktabini yaratib, xalq san’atiga oid bir qancha asarlar va ajoyib shogirdlar qoldirdi. 10.Kulolchilik dastgoxining tuzilishi va ishlash printsipi qanday? Kulolchilik dastgohining tuzilishi: 1-ustki g`ildirak, 2-pastki g`ildirak, 3-o`q, 4-kulo o`tiradigan kursi, 5-kulol oyoq qo`yadigan joy, 6-loy qo`yiladigan joy, 7-tayyor idish qo`yadigan joy. Kulolchilik charxida idishlar tayyorlanadi. Charx asosiy qurol bo`lib, u katta va kichik yog`och g`ildirakdan iborat bo`ladi. Yog`och o`q bilan birlashtiriladi Kulol charxining pastdagi katta g`ildiragini oyog` bilan aylantirib turadi. Yuqoridagi g`ildirakka loy quyib undan idish tayyorlaydi. Tayyorlangan idishlar yaxshilab quritiladi. 11.Loy turlari nimalardan iborat? Loyi guldon — sershirali loy, bu loydan juda nozik guldonlar yasaladi. U elastik xusu-siyatga ega bo`lib, jusha loyi qo`shilgan bo`ladi. Chinni loy yoki oq loy — yarimfoyans bo`lib, qoramtir loy oqtosh va ishqor qo`shilib tayyor-lanadi. Bu loydan kosa, piyola, lagan boshqalar tayyorlanadi. Kesma koshin loy — o`tga chidamli qoramtir loydan, ya’ni gilvataga oq tosh yoki oq qum qo`shib tayyorlanadi. Undan har xil mozaikali koshinlar tayyorlanadi. Koshin loy — shirachli loyga kvars qumi qo`shib undan har xil koshinlar tayyorlanadi. Kosagar loy — patloy yoki tovoq loy deb ham yuritiladi. gzu loi sog` tuproqqa qamish qozg`og`ini aralashtirib tayyorlanadi. Undan yassi yuzali idishlar tayyorlanadi. 12. Kandakorlikda asosiy xomashyo nima hisoblanadi? Oltin, kumush, bronza va mis kandakorlikdagi asosiy hom ashyolar hisoblanadi. 13.Kandakorlik sana’ti qanday amaliy bezak san’at turi xisoblanadi? O`zbek xalq amaliy bezak san`atining eng keng tarqalgan turlaridan biri kandakorlikdir. Kandakorlik deganda metalldan yasalgan badiiy buyularga o’yib yoki bo’rtik qilib naqsh ishlash tushuniladi. 14. O`zbekistonda misgarlik san’taning rivojlanishi qanday bo`lgan? O’zbekiston territoriyasida joylashgan O’rta Osiyo shahrlarida metalldan yasalgan badiiy buyumlar ishlab chiqarish qadimdan rivojlanib kelayotgan san’at bo’lib, bu san’at o’zining qadimiyligi bilan kulolchilikdan keying ikkinchi o’rinda turadi. Savdo sotiqda qadimdan kandakorlik buyumlariga talab katta bo’lgan. Bu asarlar ramziy ifodalarning yangi uslublari hamda g’oyalarni tarqatish manbazi bo’lib xizmat qilgan. Mahalliy san’at asarlari qoşhni mamlakatlar san’atining eng yaxshi yutuqlari bilan boyib borgan. 15. Kandakorlik buyumlarining turlari nimalardan iborat? Qadimda buzum yasash urf bo’lib qolgan. Mahally ustalar oltin, kumush, jez, mis, va boshqa metallardan har xil buyumlar yasaganlar. Qadimgi ilk o’rta asr kandakorligi asosan hallanan kumush buyumlarda o’y ifodasini topdi. 16. Mis idishlarga qanday usullar bilan ishlovlar beriladi? Mis idishlar ikki yo`l bilan birinchisi misni eritib quyib, ikkinchisi bolg`alab yasalgan. Bolg`alab yasashda sandondan foydalanilgan. Buyumni yasashda metall tez-tez qizdirib turiladi. Agar murakkab idishlar yasaladigan bo`lsa, mis bir qancha bo`laklari quyilib keyin qalaylangan. Qolipdan chiqarilgan mis idish yaxshilab tozalanadi. Idish bitgandan so`ng naqsh o`yuvchi kandakorga beriladi. Mis buyumlari uch xil mutaxassisning qo`lidan o`tgan. Sariq, qizil mis idishlarning ichki va tashqi sirlarini qalaylash ishlarini misgar ayrim detallarini masalan, dastasi, qopqog`i, qubbasining uchi (sonulasini), tumshug`i va boshqa qismlarini rixtagar, chiroyli nafis naqshlar bilan bezash ishlarini kandakor bajargan. Hayotda ishlanadigan buyumlar „ikki yo`l bilan, ya’ni qolipi va kandakori hamda simkori kabi murakkab usulda naqshlanadi. 17. Kandakorlikdagi badiiy bezak turlari nimalardan iborat? Mis choydish, oftoba, qumg`on va boshqalarga zarb bilan bezak beriladi. Idishlarning orqa va old tomonlari o`ziga xos bezaladi. Masalan, zarb qilingan naqshlarni chetidan hoshiya bilan o`ralmaydi, ko`rkam naqsh motivlari bilan beza-ladi, juda murakkab nafis naqshlar bilan to`ldirib ishlanadi. Mis laganlarga zarb qilinadigan naqsh kompozitsiyalari o`ziga xos turlarga ega. Gardish, turunj, mehrob, sitora, ishkalak naqshlari ishlanadi. 18. O’zbek kelinlarining zamonaviy do’ppisini va yosh qizaloqlar do’ppisini tiking. 19. Hoxlagan 2 tur quroqni tiking. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling