24-mavzu: Rasmiy idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari. Hujjatchilik va adabiy til me’yorlari


-mashq. Ariza namunasini o‘qing. Siz ham o‘zingizga moslab shu asosda ariza yozishga odatlaning


Download 59 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2023
Hajmi59 Kb.
#1144567
1   2   3   4   5
Bog'liq
24-AMALIY MASHG\'ULOT (2)

2-mashq. Ariza namunasini o‘qing. Siz ham o‘zingizga moslab shu asosda ariza yozishga odatlaning.

N a m u n a:


Asaka akademik litseyi direktori D. Mo‘minovga 2-bosqich tala-


basi M. Abdullayevdan

A r i z a


2009-yilning 4—6-aprel kunlari Chirchiq shahrida respublika birinchiligi uchun boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalarda ishtirok etishim uchun ruxsat berishingizni hamda ko‘rsatilgan kunlarda darslardan ozod qilishingizni so‘rayman.


(imzo) M. Abdullayev




2009-yil 2-aprel
3-mashq. Elektr quvvatini hisob-kitob qilish bo‘yicha abonent daftarchasining qanday to‘ldirilishiga diqqat qiling. Xonadoningizdagi telefon, gaz bilan bog‘liq daftarchalarni to‘ldirishga urinib ko‘ring.

Abonent manzili: Buxoro shahri, Fitrat ko‘chasi, 3-uy.


Abonent № 3095276, I. Vohidov.


208-mashq. Bildirishnoma, tilxat, ishonch qog‘ozi, majlis bayoni, dalolatnoma kabi ish qog‘ozlarini yozing. So‘ng ularni birgalikda tahlil qiling.

N a m u n a:




ishonch QOG‘ozi

Men, Urganch akademik litseyining 2-bosqich talabasi O. Ollo­berganov, menga litsey tomonidan ajratilgan mukofot pulini sinf­doshim A. Do‘simovning olishi uchun ishonch bildiraman.


A. Do‘simovning tug‘ilganligi haqidagi guvohnomasi № ТN 5891346.

(imzo) O. Olloberganov




2009-yil 8-fevral
4-mashq. Quyidagi reklama matnini o‘qing. Uning tili va uslubi ustida ishlang.

AZIZ HAMYURТLAR!


Agar Andijonning eng xushhavo va xushmanzara go‘shasi bo‘lmish Bog‘ishamolga Sizning yo‘lingiz tushsa, albatta, «Bir zumda» oshxo­nasiga kirib o‘ting. Bu yerda tayyorlanayotgan turli-tuman shirin milliy taomlar, qulay shart-sharoitlar va yuqori darajada ko‘rsatilayotgan xizmatimiz sizga, so‘zsiz, manzur bo‘ladi. Qolaversa, go‘zal O‘zbekis­tonimizning mashhur kishilari bilan bir piyola choy ustida suhbatda bo‘lishingiz mumkin. Ko‘nglingiz ko‘tarilib, kayfiyatingiz a’lo bo‘lishiga shak-shubha yo‘qdir.


Shu bilan birga, «Bir zumda» oshxonasida tavallud kunlaringizni, nikoh kechalarini va boshqa turli tantanalarni o‘tkazishingiz mumkin.
Biz Sizni kutamiz, Sizga xizmat qilganimizdan mamnunmiz.
Manzilimiz: Bog‘ishamol dahasi, «Bir zumda» oshxonasi.
Тelefonlarimiz: 24-88-09, 93-34-77.
Aziz mehmonimiz bo‘ling!



Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling