24-mavzu. Yubkalar(to‘g‘ri bichimli) uchun andoza tayyorlash, gazlamaga joylashtirish va bichish reja


Yubka yuqori cheti ulama belbog’li bo’lsa


Download 0.64 Mb.
bet8/9
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#248793
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yubka yuqori cheti ulama belbog’li bo’lsa, belbog’ning o’ngi yubka teskarisiga qaratib qo’yiladi. Pastki taqilmasi ziyidan boshlab ustki taqilma ziyigacha 0,7 sm chok bilan tikib ulanadi. Shu bilan bir vaqtda ikkala ilgak ham tikib ketiladi. Belbog’ o’ngi tomonga, uning qirqimi ulangan chokidan 1 sm oshirib buklanadi va belbog’ uchlari 0,5 sm kenglikdagi ag’darma chok bilan tikiladi. Burchaklarida 0,2-0,3 sm chok haqi qoldirib, undan ortiqchasi qirqib tashlanadi. Belbog’ burchaklari o’ngiga ag’darib to’g’rilanadi. Belbog’ ikkinchi qirqimi 0,7 sm buklanadi va belbog’ ulangan chokdan 0,2 sm pastroq tushirilib, shu buklangan ziyidan 0,2 sm masofada bostirib tikiladi. Ayni vaqtda belbog’, uning yuqori va yon ziylari bo’ylab ulardan 0,2 sm masofada bostirib tikiladi.

Ustki taqilmaga andaza qo’yib, temir ilgaklar joyi belgilanadi. Temir ilgaklar taqilma bukish haqi bilan astari orasiga kiritilib, ularning bukilgan uchi taqilma buklangan ziyida hosil qilingan teshiklardan tashqariga chiqarilib, qulog’i va uchining bukilgan joyi 9-10 tadan qaviq solib qo’lda chatiladi.



Petlya joylari temir ilgaklar joyiga moslab belgilanadi. Taqilmaning ostki qismida petlyalar ipdan qilinadi. Korsaj tasmaga esa ikkita temir petlya chatiladi – temir petlyaning qulog’ini korsaj tasma qatlamlari orasiga kiritiladi va shu quloq, shuningdek, temir petlyaning ikki yoni 12-14 tadan qaviq solib chatiladi. Taqilma ostki qismining temir petlyalar yaqinidagi cheti tasmaga 5-6 qaviq solib chatiladi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling