24-mavzu. Yubkalar(to‘g‘ri bichimli) uchun andoza tayyorlash, gazlamaga joylashtirish va bichish reja


Download 0.64 Mb.
bet9/9
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#248793
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yubka etagiga ishlov berish. 
Yubka etagini bo’rlash uchun, uni old va ort bo’laklari o’rtasidan bukib, yon choklari simmetrik vitachka va boshqa choklari bir-biri bilan ustma-ust keltirilib, stolga yoyiladi , bunda yubkaning o’ngi tashqarida, teskarisi esa ichkarida bo’lishi kerak. 

 

40 – rasm. Yubka etagini tikish 
Andaza qo’yilib, yuqoriga qaratib qo’yilgan tomonida qirqish va bukish chiziqlari belgilanadi. Pastga qarab turgan tomoni yuqoriga aylantirilib, unda faqat bukish chizig’i belgilanadi. Yubkaning taxlamalari bo’lsa, ularni ko’klab qo’yilgan iplar so’kib tashlanadi. Yubka choklari bukib dazmollangan bo’lsa, ular etak qirqimidan 8-10 sm masofada kertilib, shu oraliqdagi qismi yorib dazmollanadi.

Yubkaning etagi (40-a rasm) belgilangan chiziq bo’ylab buklanib, hosil bo’lgan ziydan 2 sm narida maxsus mashinada ko’klanadi. Klyosh yubkalar etagi ikki qator ko’klanadi. Bunda birinchi qator, press yostig’I ustiga qo’yiladi:



3. Old bo’lak ustiga bort qotirmasi yelim plyonkali tomonini pastga qaratib, ko’krak atrofi qabariqlari old bo’lak qabariqlariga buklangan ziydan 1 m narida, ikkinchi qator esa qirqimdan 1 sm narida o’tadi. Yubka etagi buklab, ko’klab olingandan keyin (ba’zan ko’klamasa ham bo’ladi) uning qirqim tomoni yana ichkari tomon buklanib, yashirin baxyali maxsus mashinada tikib qo’yiladi

Yubka tez titiladigan jun gazlamadan tikilayotgan bo’lsa, etak qirqimiga astarlik gazlamadan mag’iz qo’yiladi yoki tasma tikiladi, shuningdek, uni universal mashinada bukib tikiladi yoki maxsus mashinada yo’rmaladi (40-rasm, b,v,g). Yubka zich to’qilgan jun gazlamadan tikilayotgan bo’lsa, etagining bukish haqi yelimlab yopishtirib qo’yilsa ham bo’ladi (40-rasm, d), buning uchun uning chetiga yo’rmalgan qirqimidan 0,1 sm narida yelim plyonka qo’yiladi. Etak bukib ko’klanadi va presslab yopishtiriladi. Yubka ip gazlamadan tikilayotgan bo’lsa, uning etak qirqimi yashirin baxyali maxsus mashinada yoki universal mashinada tikib qo’yiladi. Bunda bukish haqi ko’klanmaydi. Yubkaning etagi dazmolda yoki pressda dazmollanadi.
Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling