24. Tinish belgilarini yozishga o'rgatish


Download 18.91 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi18.91 Kb.
#1318218
Bog'liq
24. Tinish belgilarini yozishga o\'rgatish


24. Tinish belgilarini yozishga o'rgatish

Tinish belgilarini yozishga o‟rgatish. Tinish belgilari, asosan qo‟shma gap tarkibidagi ayrim sodda gaplarni, gapning ajratilgan ikkinchi darajali bo‟laklari va uyushiq bo‟laklarni, kirish so‟z va gaplarni ajratish uchun ishlatiladi. Bu gaplar esa ayrim gap va gap bo‟laklarini grammatik ifodalanishiga, mazmunga va ohanglariga ko‟ra bir-biridan ajratiladi.Hozirgi o‟zbek yozuvida o‟n xil tinish belgi ishlatiladi:


1. . (nuqta). 2. ? (so‟roq belgisi). 3. ! (undov belgisi). 4. … (ko‟p nuqta). 5. , (vergul). 6. ; (nuqtali vergul). 7. : (ikki nuqta). 8. – (tire). 9. ( ) (qavs). 10. “ ”, « » (qo‟shtirnoq).
Tinish belgilari qoidalari tizimini tilshunoslikning punktuatsiya bo‟limi o‟rgatadi.
Quyida qo‟l yozma ishlarda tinish belgilarining qanday qo‟yilishini ko‟rsatib o‟tamiz.
Nuqta yozma va bosma tekstlarda daftar chizig‟ining ustiga dumaloq shaklda qo‟yiladi.
So‟roq belgisi nuqtadan boshlanib, yarim doira va egri chiziqdan iborat bo‟ladi, egri chiziqning oxirgi qismi ingichkalashib boradi. Egri chiziqchaning ostidagi nuqta daftar chizig‟ining ustiga qo‟yiladi.Undov belgisi yuqori qismi bilan yoziladigan to‟g‟ri tayoqcha va nuqtadan iborat bo‟lib, to‟g‟ri tayoqchaning oxirgi qismi ingichkalashib boradi, to‟g‟ri tayoqcha ostidagi nuqta daftar chizig‟ining ustiga qo‟yiladi.
Ko‟p nuqta (odatda ketma-ket qo‟yiladigan uchta nuqta) daftar chizig‟ining ustiga qo‟yiladi. Agar ko‟p nuqta so‟roq va undov belgisidan keyin qo‟yilishi kerak bo‟lsa, so‟roq yoki undov belgisidan keyin faqat ikkita nuqta qo‟yiladi.
Vergul nuqta bilan boshlanib, uning nuqtasi daftar chizig‟ining ustida, oxirgi qismi esa ingichkalashib, chiziqdan pastga tushadi.
Nuqtali vergulning nuqtasi vergulning ustiga qo‟yiladi.
Ikki nuqtaning ostidagi nuqta daftar chizig‟ining ustiga qo‟yiladi. Tirening uzun-qisqaligi matematikadagi minus (ayiruv) bilan teng bo‟lib, daftar chizig‟idan bir oz yuqoriga qo‟yiladi.
Ayrim o‟quvchilar tire bilan orfografik belgi hisoblanadigan chiziqchani (defisni) farq qilmaydilar, ya‟ni bularning har ikkisini bir xil kattalikda qo‟ya beradilar. Bu kamchilikning oldini olish zarur, chiziqcha (defis) tirening uchdan bir qismi bo‟lishi kerak.
Qavs uch xildir: kichik qavs, o‟rta qavs, katta qavs. Bularning hammasi matematikada qo‟llaniladi. Xatda esa tinish belgi sifatida asosan kichik qavs ishlatiladi.
Ochiladigan va yopiladigan qavslarning o‟rta qismi yarim doira shaklida yoziladi. Kichik qavsning uchdan bir qismi daftar chizig‟ining ostiga tushib turadi.
Qo‟shtirnoq odatda ikki xil (yozma va bosma shakli) qo‟yiladi. Yozma qo‟shtirnoq qo‟shaloq vergulga o‟xshab ochiladi, yopilishida esa teskari qo‟shaloq vergul tarzida qo‟yiladi.
Qo‟shtirnoqning bosma shakli matematikadagi kichik va katta belgilarning qo‟shaloq shakliga o‟xshaydi, u bosma matnlarda qo‟llanadi.
Bolalarning yozma ishlarida qo‟shtirnoqning yozma shakli ishlatilishiga erishish lozim, buning uchun maxsus mashq o‟tkazib, qo‟shtirnoqning yozma va bosma shakllarini eslatib turish kerak.
Har bir tinish belgisi aniq va chiroyli qilib qo‟yilib, harflarning moyilligiga muvofiq, o‟ng tomonga qiya bo‟lib turishi zarur; bo‟yi, katta-kichikligi esa harflarga monand bo‟ladi.
Shunday qilib, husnixat qoidalariga faqat harflarni yozishdagina emas, balki tinish belgilarini qo‟yishda ham rioya qilish zarur.
Tinish belgilari - muayyan tilda yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlari (ran boʻlaklari)ning oʻzaro mantiqiygrammatik munosabatlarini koʻrsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga (harflar va Tinish belgilari) mansub boʻlib, u qoʻshimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) maʼlum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish belgilari ning yozuvda qoʻllanishi oʻziga xos tizimga ega. Bu tizim — Tinish belgilari miqdori, qoʻyilish tartibi va qoʻllanish prinsiplari yigʻindisi — punktuatsiyani vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) xamda til birliklari (soʻzlar, morfemalar) bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish belgilari ning asosiy vazifasi nutqning mazmuniy boʻlinishini koʻrsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir.
Hozirgi oʻzbek yozuvida Tinish belgilari soni 10 ta: nuqta, soʻroq belgisi undov belgisi, vergul, qavs, tire, koʻp nuqta, nuqtali vergul, qoʻshtirnoq. Ularning aksariyati 19-asr 2yarmida ayrim gaz. va toshbosma kitoblarning nashr etilishi bilan paydo boʻlgan.
Tinish belgilari oʻz vazifasiga koʻra, 2 ga boʻlinadi: a) chegaralovchi Tinish belgilari — muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umuman gapning chegarasini bildirish, bironbir gap boʻlagini intonatsionmazmuniy jihatdan ajratib koʻrsatish, nutq qaratilgan shaxs yoki predmet nomi qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi (soʻzlovchi)ning subyektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini koʻrsatish uchun xizmat qiluvchi T.6.: qavs, qoʻshtirnoq, yagona qoʻshaloq belgi sifatida qoʻllanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b) ajratuvchi Tinish belgilari — mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va ergash gaplar, bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarning predikativ qismlari)ni, gapning uyushgan boʻlaklarini, birgalik ergashishli qoʻshma gagsharni, gapning ifoda maqsadiga koʻra turlarini, nutqning boʻlinganligini koʻrsatuvchi T.6.: nuqta, soʻroq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, koʻp nuqta. Baʼzi Tinish belgilari ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta oladi. Tinish belgilari tuzilish jiqatdan ham 2 ga boʻlinadi: a) bir elementli Tinish belgilari — vergul, tire, nuqta; b) koʻp elementli Tinish belgilari Bu guruh, oʻz navbatida, 2 elementli (surok, va undov belgilari, ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs), 3 elementli (koʻp nuqta) va 4 elementli (qoʻshtirnoq) Tinish belgilari ga ajraladi. Qoʻllanish oʻrniga koʻra, Tinish belgilari 3 guruhga boʻlinadi: gap oxirida qoʻllanadigan Tinish belgilari (nuqta, soʻroq va undov belgilari), gap oʻrtasida qoʻlanadigan Tinish belgilari (vergul) va aralash, yaʼni gapning turli oʻrinlarida qoʻllaniladigan Tinish belgilari (tire, ikki nuqta, qoʻshtirnoq, qavs, kup nuqta).
Vergul (fransuzcha: Virgule) — tinish belgisi (,). Eng koʻp qoʻllanadigan tinish belgilar jumlasiga kiradi. Qoʻllanish oʻrni, shakli turli davrlarda va turli tillarga oid yozuvlarda turlicha boʻlgan. Oʻzbek tilida Vergul teskari pesh, pesh, yarim turish, yarim tinish kabi nomlar bilan ham yuritilgan. Vergul dastlab qisqa pauza uchun ishlatilgan, keyinchalik uning qoʻllanish doirasi va vazifasi kengaygan. Oʻzbek tilida Vergul uyushiq (Sen kuychi, paxtakor, olim…) va ajratilgan boʻlaklarni (Azizga, sobiq talabaga, bu soʻz yoqmadi), kirish (Lekin, menimcha haqsiz) va kiritma konstruksiyalarni (Yolgʻiz borishga, ochigʻini aytsam, yuragim dov bermadi), undalma (Azizlar, bir oz sabr qilamiz) va undov soʻzlarni (Hoy, nima qilyapsan?), „ha“, „yoʻq“, „xoʻp“, „qani“… kabi soʻzlarni, nutqda takrorlangan soʻzlarni, bogʻlovchisiz va murakkab qoʻshma ran tarkibidagi gaplarni (Kun botib, osmon qoraygan), muallif gapini koʻchirma nutqdan ajratish (Bugun men kelolmayman, — dedi u) uchun ishlatiladi. Vergul qavs, qoʻshtirnoq bilan qoʻllanganda ulardan keyin, tire bilan qoʻllanganda undan oldin qoʻyiladi, koʻp nuqta bilan kelganda tushib qoladi. inish belgilarining turlari va vazifalari Zamonaviy kirill, lotin, arab, ibroniy, hind yozuvlarida quyidagi funktsiyalarni bajaradigan tinish belgilari ajralib turadi: matnning to'liq semantik segmentlarini - jumlalarni - ularning kommunikativ turini, hissiy ranglanishini, to'liqlik darajasini (nuqta, savol va undov belgilari, ellips) bir vaqtning o'zida ko'rsatish bilan ajratib ko'rsatish; gap qismlari orasidagi munosabatni ko'rsatish (vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire); so'zlarni semantik qismlarga bo'lish (defis); to'g'ridan-to'g'ri nutqni, iqtiboslarni (iqtiboslarni) ta'kidlash; alohida so'zlar va iboralarga hissiy munosabatning belgisi (tirnoq, qavs ichiga olingan savol va undov belgilari); matn qoldiqlarini ko'rsatish (ellips); so'z qisqartmalarining belgilari (nuqta, defis, chiziq). Tinish belgilari yolg'iz va juftlashgan. Juftlashgan tinish belgilariga ikkita vergul va ikkita tire (gap qismlarini bir belgi sifatida ajratishda ishlatiladi), qavs va tirnoq belgilari kiradi.
boshqa lug'atlarda "tinish belgilari" nima ekanligini ko'ring: tinish belgisi- skyrybos ženklas statusas T sritis automatika atitikmenys: engl. tinish belgilari; tinish belgisi vok. Interpunktionszeichen, n; Satzzeichen, n rus. tinish belgisi, m pranc. caractère de ponctuation, m; Signe de ponctuation, m … Automatikos terminų žodynas belgisi- 01.01.11 belgi [ belgi]: Axborotni tashkil qilish, ko'rsatish yoki boshqarish uchun kelishuv bo'yicha foydalaniladigan elementlar to'plamining elementi. Eslatma Belgilarga harflar, raqamlar, tinish belgilari yoki boshqa belgilar kiradi va keng ma'noda ... ... ma'lumotlar belgisi- 01.01.12 ma'lumotlar belgisi [ma'lumotlar belgisi]: Axborotni ifodalovchi bitta raqam, alfanumerik belgi, tinish belgisi yoki boshqaruv belgisi. Manba … Normativ-texnik hujjatlar atamalarining lug'at-ma'lumotnomasi Urg'u tinish belgisi apostrof (') ... Vikipediya Tinish belgilari - matn, jumlalar, iboralar, so'zlar, so'z qismlarining semantik qismlarini ajratish (ta'kidlash) yordamchi funktsiyalarini bajaradigan, so'zlar orasidagi grammatik va mantiqiy munosabatlarni ko'rsatadigan yozuv elementlari, ... ... Vikipediya. tinish belgilari- tinish belgilari, tinish belgilari Yozma va bosma matnni tuzuvchi alifbodan tashqari grafik belgilar. Bo'linuvchi va ajratuvchi, shuningdek, bitta va juftlashgan. Rus tilida separatorlar ...... Shrift terminologiyasi.
Download 18.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling