24-variant 1-Mavzu: O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining fan sifatida tutgan o‘rni. Uning o‘rganish ob’yekti va predmeti Reja


Download 0.59 Mb.
bet19/21
Sana04.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1424633
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
2. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, m

Nafas harakatlari
Nafas harakatiari nafas olish va nafas chiqarishdan iborat. Nafas olish harakati qovurg'alarning ko'tarilishi va diafragmaning pastga tushishi orqali ta'minlanadi. Qovurg'aiarning ko'tarilishi bo'yin va tashqi qovurg'alararo muskullaming qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Diafragmaning pastga tushishi esa uning muskullari qisqa¬rishi natijasida sodir bo'ladi. Bu harakatlar natijasida ko'krak qafasining hajmi kattalashadi, o'pka kengayadi va tashqi muhitdan o'pkaga havo so'rib olinadi. Qovurg'alararo muskullarning faol ishtirok etishi bilan nafas olish ko'krak bilan nafas oUsh deb ataladi. Diafragmaning ko'proq harakatianishi orqali nafas olish qorin bilan nafas oUsh deb ataladi. Erkaklarda asosan qorin bilan nafas olish, ayollarda esa asosan ko'krak bilan nafas olish harakatiari rivojlangan. Nafas olish hara¬katiarining ko'krak yoki qorin orqali bajarilishi odamning holatiga, bajarayotgan ishiga ham bog'liq. Masalan, odam og'ir yuk ko'targan vaqtda ko'krak qafasi va umurtqa pog'onasi yuk uchun tayanch vazifasini o'taganligi sababli ko'krak qafasining harakati qiyinlashadi. Shuning uchun nafas olish harakatida asosan diafragma ishtirok etadi. Homilador ayollarda esa diafragmaning pastga tushish harakati qiyinlashadi. Shu sababli nafas olish harakatiari qovurg'alararo muskullarning qisqarishi orqali ta'min¬lanadi. Nafas chiqarish harakati ichki qovurg'alararo va qorin muskullarining qisqarishi orqali ta'minlanadi. Ichki qovurg'alararo muskullar qisqarganda qovurg'alar pastga tushadi, qorin muskullari qisqarganda diafragma yuqoriga ko'tariladi. Natijada ko'krak qafasining hajmi kichrayib, o'pkalarning torayishiga va ulardagi havoning tashqi muhitga siqib chiqarilishiga sabab bo'ladi.Nafas olish va nafas chiqarish harakatlarida, ya'ni nafas olganda o'pkalar hajmining kengayib-torayishida ko'krak qafasi va plevra bo'shlig'idagi bosimning manfiy bo'lishi (atmosfera bosimiga nisbatan 6 mm simob ustuni chamasida past bo'lishi) muhim rol o'ynaydi. Bu manfiy bosim nafas olish harakati vaqtida tashqi muhitdan o'pkaga havo so'rilishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, ko'krak qafasidagi manfiy bosim vena tomirlaridagi qonning ko'krak qafasidagi pastki va yuqorigi kovak venalariga so'rib olinishiga va yurakning o'ng bo'lmasiga quyilishiga qulaylik yaratadi.Nafas olish va nafas chiqarish harakatlarida, ya'ni nafas olganda o'pkalar hajmining kengayib-torayishida ko'krak qafasi va plevra bo'shlig'idagi bosimning manfiy bo'lishi (atmosfera bosimiga nisbatan 6 mm simob ustuni chamasida past bo'lishi) muhim rol o'ynaydi. Bu manfiy bosim nafas olish harakati vaqtida tashqi muhitdan o'pkaga havo so'rilishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, ko'krak qafasidagi manfiy bosim vena tomirlaridagi qonning ko'krak qafasidagi pastki va yuqorigi kovak venalariga so'rib olinishiga va yurakning o'ng bo'lmasiga quyilishiga qulaylik yaratadi.
O'pkaning tiriklik sig'imi. Nafas olish va nafas chiqarish harakatlari natijasida o'pkalarga, ya'ni ularning alveolalariga uzluksiz ravishda tashqi muhitdan havo kirib va chiqib turadi.
Odam tinch turganda o'rtacha 500 ml havo oladi va shuncha havoni chiqaradi. Bunga nafas havosi deyiladi. Odam chuqur nafas olsa, tinch nafas olgandagi 500 ml nafas hav'osining ustiga o'pkaga yana 1500 ml havo kirishi mumkin (qo'shimcha havo). Odam tinch nafas chiqarishdan so'ng (nafas havosi 500 ml) chuqur nafas chiqarsa, o'pkadan yana 1500 ml havo chiqaradi (rezerv havo). Shunday qilib, nafas havosi 500 m1+ qo'shimcha havo 1500 ml + rezerv havo 1500 ml=3500 ml o'pkaning tiriklik sig'imini tashkil etadi. Erkaklarda o'pkaning tiriklik sig'imi 3500-4500 ml gacha, ayollarda - 3000-3500 ml gacha bo'ladi. Jismoniy chiniqqan odamlarda bu ko'rsatkich ko'proq bo'ladi. Qoldiq havo. Chuqur nafas chiqarilgandan keyin o'pka alveo¬lalarida 1000-1500 ml havo qoladi, bu qoldiq havodir.
O'pkaning tiriklik sig'imi spirometr asbobida aniqlanadi. Spirometr ikki xii bo'ladi: suvli spirometr va havoli spirometr (36-rasm). O'pkalarning tiriklik sig'imini aniqlash uchun odam chuqur nafas olib, so'ngra spirometr asbobining naychasiga bor kuchi bilan chuqur puflaydi. Suvli spirometr ichki silindrining yuqoriga ko'tarilishiga, havoli spirometrning esa strelkasi siljib ko'rsatgan raqamiga qarab,



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling