242-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sana. 4-band
Download 90.49 Kb.
|
1 (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 242-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sana
- 242-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sana.
- 462-modda. Aylanmadan olinadigan soliqni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari
- 462-modda. Aylanmadan olinadigan soliqni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari
- 241-modda. Xizmatlarni realizatsiya qilish joyi
1.Realizatsiya qilish sanasi 31-oktabr. 242-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sana. 4-band: Xizmatlar ko‘rsatilganligi faktini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura yoki boshqa hujjat rasmiylashtirilgan (imzolangan) sana xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sanadir. 2. Realizatsiya qilish sanasi 30-sentabr. 242-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sana 8-band: Mol-mulk moliyaviy ijaraga (lizingga) berilganda, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi taraflari tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga ko‘ra mol-mulk ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining) tasarrufiga berilgan sana aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi. 3. Realizatsiya qilish sanasi 18-aprel. 242-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sana 9-band: Soliq to‘lovchining o‘z ehtiyojlari uchun tovarlarni berishda (xizmatlar ko‘rsatishda) aylanma amalga oshirilgan sana deb soliq to‘lovchining tegishli ichki hujjati bilan rasmiylashtirilgan, ushbu tovarni berish (xizmatlar ko‘rsatish) amalga oshirilgan kun e’tirof etiladi 4. Realizatsiya qilish sanasi 2-iyul. 242-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sana. 10-band: Tovarlar eksport bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilgan taqdirda, quyidagi sanalar tovarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi: 1) bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojxona chegarasi haqiqatda kesib o‘tilgan sana; 2) bojxonaga oid deklaratsiyalashni amalga oshirgan bojxona organining belgilari qo‘yilgan holda tovarlarga taalluqli bojxona yuk deklaratsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana – davriy va (yoki) vaqtinchalik bojxonaga oid deklaratsiyalashdan foydalanilgan hollarda. 5.QQS to’lashga o’tshi shart. 462-modda. Aylanmadan olinadigan soliqni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari 17-band: Qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarda yigirma besh gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlari mavjud bo‘lgan taqdirda, ular ko‘rsatilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni yoki ushbu yer uchastkasining maydoni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi. 6. QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi. 462-modda. Aylanmadan olinadigan soliqni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari 14-band: Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobidan obyektlar qurilishini (bundan joriy va kapital ta’mirlash mustasno) bajaruvchi yuridik shaxslar bunday qurilishga doir shartnoma tuzilgan sanadan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi. 7.Realizatsiya qilish joyi O’zbekiston. 241-modda. Xizmatlarni realizatsiya qilish joyi 4-band: 4) tashish va (yoki) transportda tashish bo‘yicha xizmatlar yoxud bevosita tashish va (yoki) transportda tashish bilan bog‘liq xizmatlar quyidagilar tomonidan ko‘rsatiladigan bo‘lsa: 2-qismi (b): b) chet ellik shaxslar tomonidan, agar jo‘natish punkti va belgilangan punkt O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bo‘lsa (bundan chet el yuridik shaxslari tomonidan yo‘lovchilarni, pochtani va yukni ushbu yuridik shaxsning doimiy bo‘lmagan muassasasi orqali tashishga doir xizmatlar mustasno). Ushbu kichik bandning qoidalari tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyigacha transportda tashish chog‘ida bojxona tranzitining bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni bevosita tashish va (yoki) transportda tashish bilan bog‘liq xizmatlarga hamda ushbu qismning 5-bandida ko‘rsatilgan xizmatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi; 9. Download 90.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling