I. Kirish:
Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarda davlat ramzlariga bo‘lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
O‘qituvchi: O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi – davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.
Davlat madhiyasi musiqasini kompozitor Mutavakkil Burhonov, so‘zini shoir Abdulla Oripov yozgan.
Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
O‘zbekiston Qahramoni O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov vatanimiz, O‘zbekistonimiz haqida ko‘plab she’rlar yozgan shoir o‘z she’rlarida Vatanni ko‘z qorachig‘iday asrashini boyliklari uchun sevgan insonni hech qachon kechirma deb yozadi .
Vatan timsollari sendek yoshlarni mard va vatanparvar, el-u yurt ishiga sadoqatli qilib tarbiyalashda ma’rifiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Madhiya madh etish degan ma’noni anglatar ekan. Har bir inson o‘z xalqini, yurtini, Vatanini, ajdodlarini, buyuk allomalarini madh etib kelgan. Biz sizning e’tiboringizga Vatanimiz, xalqimiz, allomarimizni madh etgan shoirlar ijodidan bahramand etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |