25-mashg’ulot. 25-mavzu. Irodaviy jarayonlar haqidagi umumiy tasavvurlar reja


SHUNING UCHUN INSONNI IDROK QILISH FAOLIYATIDA ONGLI BOSHQARIL-UV IMKONIYATI MAVJUD BOIIB, ANALITIK-SINTETIK HARAKATLAR NEGIZIDA VERBAL ORQALI AMALGA OSHIRILADI


Download 24.28 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi24.28 Kb.
#1833207
1   2
Bog'liq
25- mashg’ulot. (25-mavzu)

SHUNING UCHUN INSONNI IDROK QILISH FAOLIYATIDA ONGLI BOSHQARIL-UV IMKONIYATI MAVJUD BOIIB, ANALITIK-SINTETIK HARAKATLAR NEGIZIDA VERBAL ORQALI AMALGA OSHIRILADI.
IDROKNING BOSHQA BILISH JARAYONLARIDAN, JUMLADAN, SEZGIDAN FARQLI TOMONI SHUKI, U NARSA VA HODISALARNI YAXLIT HOLDA AKS ETTIRADI.
SHU YAXLITLIK BELGISI ALOHIDA NAMOYON BO'LUVCHI AYRIM ALOMATLARDA IFODALANUVCHI NARSALARNI BUYUM YOKI JISM SIFATIDA IN'IKOS QILISH QOBILIYATIGA EGA.
CHUNKI JISMLARNING ANIQLIGI, RAVONLIGI BUYUM YOKI JISM SIFATIDA KO'ZGA TASHLANISHIDA O'Z IFODASINI TOPIB, MUAYYAN TUZILISHNI VUJUDGA KELTIRADI.
Idrok mazmuniga, tarkibiga kiruvchi har qanday hodisa, xoh verbal, xoh noverbal tarzda ifodalanishidan qat'i nazar u buyum yoki jism sifatida gavdalanadi va unga nisbatan berilgan yaxlitligini namoyish etadi.
Psixologiya fanida idrok etilayotgan narsalarning fizik holati o'zgarsa ham, lekin uning ko'z to'r pardasidagi obrazining o'zgarmasligi, nisbiy turg'unlik ko'rsatuvchi qonun, ya'ni eng muhim xususiyati konstantlik deyiladi. Doimiylik, o'zgarmaslik uning asosiy belgilari hisoblanadi.
Narsa va hodisalar idrok obyektiga tushishi bilan ular ketma-ket aks ettiriladi, degan xulosa g'ayritabiiy holatdir.
Chunki idrok maydoniga kirib kelayotgan va idrok qilinadigan narsalar qo'zg'atuvchisining ildamligi, kuchli ehtiyojlarga mos tushadigani qabul qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, qo'zg'atuvchining kuchi, yangiligi, qandaydir ahamiyat kasb etishi, yo'nalishi harakatchanligi analitik-sintetik harakatlar majmuasida saralanadi.
Shu bois har qanday narsa va hodisalar inson tomonidan idrok qilinmaydi. Chunki u tabiiy va sun'iy shart-sharoitlar, obyektiv va subyektiv omillar tekshiriluvidan o'tkaziladi, ya'ni saralov jarayoni amalga oshiriladi, natijada nomutanosibi yoki me'yoridan ortig'i aks ettirish doirasidan chetda qolaveradi.
Idrok qilinishi zarur boigan narsa va hodisalar muayyan tuzilishga ega bo'lgandagina ularning tarkibiy qismlari, alomatlari to'g'risida mulohaza yuritish mumkin bo'ladi.
Shu sababdan ularning hajmi, fazoda egallagan o'rni, rangi, ichki mohiyati, ko'rinishi, vazni to'g'risida muayyan tushunchaga ega boiishi uchun idrok qilinadigan narsa aniq tuzilishga, ya'ni strukturaga ega bo'lish lozim.
Bilish jarayonini taqozo etuvchi idrokning muhim xususiyatlaridan yana biri, uning tuzilishga ega ekanligi, ya'ni strukturaviyligidir.
Ushbu xususiyatsiz idrokning mag'zi hisoblanmish yaxlitlik haqida jonli mushohada boiishi mumkin emas, chunki struktura qismlardan vujudga kelsa, alohidaliklar birikmadan yaxlit tuzilmaga keladi.
Yuqoridagi xususiyatlarning barchasi insonning yosh xususiyatlariga, aqliy kamolotiga, tajribasiga, bilim saviyasiga bogiiq.
Lekin to'g'ri idrok qilish uchun quyidagi shart-sharoitlar:
1) subyektning aks ettirishi zarur boigan narsalar haqida oldingi uquvi, tasawurlarining koiami, ularning kengligi, chuqurligi;
2) mazkur jism, fan, voqelik, muammo o'rganilishi bilan bogiiq boigan maqsad, maqsad qo'ya olish;
3) perseptiv faoliyatning faolligi, izchilligi va tanqidiy xususiyati;
4) idrok qilish faoliyati tarkibiga kiruvchi faol xatti-harakatlarning saqlanishi, ularning o'zaro uyg'unligi muhayyo boimog'i lozim.
Idrok qo'zg'atuvchilarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib, narsani butunligicha, uning hamma xususiyatlari bilan yaxlitligicha aks ettiradi. Shuning uchun idrok ayrim sezgilarning oddiy yig'indisidan iborat, degan xulosa chiqarib bo'lmaydi. Idrok o'ziga xos tuzilishga ega boigan hissiy bilishning sifat jihatdan yangi, yuksak bosqichidir.
Muayyan sharoitda shaxs idrok qiladigan narsa yoki jism idrokning obyekti deb ataladi. Idrok qilinadigan narsa uni o'rab turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan obyekt hisoblanib, obyektning atrofidagilar esa fon deyiladi. Idrokning sifati obyektni fondan tez, to'liq va aniq ajratib olish bilan belgilanadi.
Idrokning predmetliligi, yaxlitligi, ma'lum tartibda tuzilishi, konstantligi, anglanganligi, tanlovchanligi uning eng muhim xususiyatlaridandir.
X

Nazorat savollari

  • 1.Iroda nima?
  • 2. Irodaning vazifasi nima?

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 24.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling