25-mavzu: Iqtisodiy informatika asoslari Reja


Download 191.91 Kb.
Sana15.09.2020
Hajmi191.91 Kb.
#129749
Bog'liq
10-maruza

25-mavzu: Iqtisodiy informatika asoslari

Reja:

  • Iqtisodiy informatika tushinchasi.
  • Informatsiya turlari va miqdori, uni o’lchash birliklari.
  • Iqtisodiy axborotning tasniflari.

  • Tayanch tushinchalar: Iqtisodiy informatika, informatika turlari, axborotlarni kodlash, axborot o’lchov tushunchalari.

Axborotlarni qayta ishlab chiqish jarayonida ularning qanday turga mansubligini va uning asosiy xususiyatlarini aniqlash lozim bo’ladi. Bu muammoni xal qilish uchun ma’lumot ishlab chiqarish jarayonini, ma’lumotlardan foydalanuvchilar kimlar ekanligini, qayta ishlangan ma’lumotlar nimalar uchun ishlatilishini va bu bilan bog’liq boshqa muammolarni chuqur hamda atroflicha o’rganish lozim bo’ladi. Faraz qiling, Siz biror bir korxonada xisobchi bo’lib ishlaysiz va boshlig’ingiz Sizga ushbu korxonaning buxgalteriya ishini kompyuter yordamida avtomatlashtirish vazifasini qo’ygan.

Fikrlab ko’ringchi, bu masalani xal qilish uchun Sizga nimalar qilish lozim bo’ladi va Siz qanday turlarga mansub ma’lumotlar bilan ishlashingiz kerak bo’ladi? Agarda biz bularni iqtisodiy soxaga mansub ma’lumotlar desak, yana qanday soxalarga mansub ma’lumotlar haqida bilasiz? Xilma-xil sohalarga oid ma’lumotlar bir biridan farqlanadimi yoki yo’qmi? Agar farqlansa qaysi ko’rsatkichlari bilan farqlanadi?

Axborotlardan foydalanish belgisiga qarab ularni bir necha turlarga bo’lish mumkin. Xususan, ulardan biri va muhimi iqtisodiy axborotlardir. Iqtisodiy axborotlarni tasvirlash ob’ekti-ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatlaridir. Axborotlarning ahamiyati esa ana shu ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatini boshqarish chog’ida ular ishini yanada takomillashtirish, texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlar sistemasini yanada yaxshilash maqsadida foydalaniladi. Iqtisodiy axborotlar deb, iqtisodiy sohaning barcha tomonini butunlay tasvirlaydigan har xil ma’lumotlar to’plamiga aytiladi.

Ular yordamida xalq xo’jaligini va uning ayrim olingan tarmoqlarini boshqarish uchun tasvirlash, qayd etish, uzatish, saqlash va boshqa texnik vositalaridan foydalanish zarurdir.

Iqtisodiy axborotlar to’g’risida ikkinchi o’xshash qoidani ham keltirish mumkin: xalq xo’jaligining iqtisodiy sohasini to’la tasvirlaydigan ma’lumotlarni "iqtisodiy axborotlar" deb ataladi.

Umuman, iqtisodiy axborotlar muhim tushuncha hisoblanib, u xo’jalik, ishlab chiqarish, iste’mol va moddiy resurslar, mehnat hamda pul resurslarining tarkibi, ob’ektlar ishining aynan ma’lum vaqtlargacha va ungacha bo’lgan holatlari xaqidagi axborotlar sistemasini o’z ichiga oladi. Korxona, tashkilotlarning, jamoa xo’jaligi faoliyatlarining iqtisodiy axborotlari natural, qiymat va boshqa ko’rsatkichlar orqali aks ettiriladi. Bu axborotlar qator xarakterli xususiyatlarga ega bo’lib, ularning asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin.


  • axborotlar harfli-raqamli belgilar orqali ifodalanadi;
  • berilgan ma’lumotlar va hisoblash natijalari, ayrim hollarda oraliq natijalari ham uzoq vaqt saqlanishi kerak;
  • bir manbadan kelib chiqqan dastlabki axborotlar har xil boshqarish funktsiyalarida o’z aksini topadi;

Har bir ilmiy soha, insoniylik tajribasi o’zining axborotlariga ega. Iqtisodiy soha, jamiyat iqtisodiy faoliyati shunaqa axborotlarga egaki, biz ularni "iqtisodiy axborot" deb ataymiz. Iqtisodiy axborot o’z tushunchasi bo’yicha, bir tomondan "axborot" kategoriyasiga mansub bo’lsa, ikkinchi tomondan, iqtisod va xalq xo’jaligini boshqarish bilan uzviy bog’langan.

Iqtisodiy axborotlar boshqarishning quroli bo’lib xizmat qilib, bir vaqtning o’zida boshqarishning ajralmas elementi bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiy axborotni boshqaruv axborotining rang-barangligi sifatida qarash mumkin, ya’ni, ular xalq xo’jaligini boshqarishning tashkiliy - iqtisodiy masalalarining tashkiliy yechimini ta’minlaydi. Zero, iqtisodiy axborotlar xalq xo’jaligi va uning tarmoqlarining holatini aks ettiradigan ma’lumotlar to’plamidan tashkil topadi.



Axborot turlari va miqdori, uni o’lchash birliklari

Bizning atrofimizdagi muhitda axborotning turli-tuman turlari mavjud bo’lib, biz ularni bir-biridan farqlashni bilishimiz va ularni tasniflay olishimiz kerak. Bu bilimlar bizga axborot texnologiyalarini muvaffaqiyatli ravishda joriy qilishga xamda programmaviy-texnik vositalardan optimal foydalanishda katta yordam beradi. Axborot texnologiyalarini joriy qilash maqsadida informatsiyani tasniflash va guruxlarga ajratish muammosini to’g’ri xal etish uchun kompyuterlashtirilayotgan ob’ektni chuqur o’rganish va uni boshqaruv jarayoni bilan bog’lash lozim bo’ladi. Agar Siz biror bir tashkilot xizmatchisi bo’lsangiz va Sizning zimmangizga undagi barcha axborot turlarini aniqlash topshirilgan bo’lsa, axborotlarni qanday guruxlarga bo’lgan bo’lardingiz, ya’ni uni qanday tasniflardingiz?

Iqtisodiy axborotlar boshqarish funktsiyasiga va bosqichiga ko’ra prognozlashtirish, rejalashtirish, moliyaviy - hisob, xo’jalik faoliyatini tahlil qilish va operativ boshqarish axborotlariga bo’linadi. Shuningdek, bu axborot turlariga normativ axborotlarni ham qo’shish mumkin. Albatta, bu axborotlar turi o’z ma’nosi bilan ko’proq texnik-iqtisodiy axborotlar jumlasiga kiradi, lekin iqtisodiy boshqaruv axborotlari bilan organik jihatdan juda ham bog’lanib ketgan.

Ko’rib o’tilgan axborotlar bajarish funktsiyasiga ko’ra har xil vazifalarni bajaradi. Masalan, prognozda ishlatiladigan axborotlar yordamida yaqin kelajakdagi prognoz ishlari amalga oshirilsa, rejalashtirish axborotlari orqali har xil rejalashtirish

-kelajakdagi texnika - iqtisodiy, operativ-ishlab chiqarish ishlari rejalashtiriladi va hokazo.

Iqtisodiy axborotlarni voqea va hodisalar holatini to’g’ri aks ettirishga mos keladigan mezon bo’yicha ishonchli va ishonchsizroq axborotlarga bo’lish mumkin.

Shuningdek, iqtisodiy axborotlar kelib chiqish bosqichlariga ko’ra birlamchi va ikkilamchi ma’lumotlarga bo’linadi:

-Birlamchi axborotlar ishlab chiqarish va xo’jaliklarning moliyaviy va boshqa boshqaruv organlari va korxonalar faoliyatining natijasida kelib chiqadi.

-Ikkilamchi axborotlar asosan birlamchi va boshqa ikkilamchi axborotlarni qayta ishlash oqibatida kelib chiqadi. Ikkilamchi axborotlarga oraliq va oxirgi axborotlar xos bo’ladi.

Iqtisodiy axborotlarni to’g’ri tasniflash katta ahamiyatga ega. Ular har xil belgilariga ko’ra tasniflanadi. Iqtisodiy axborotlarning quyidagi tasnifini keltirish mumkin (yakun sifatida).

Iqtisodiy axborotlarning qiymati ikki asosiy yo’nalishda semantik va pragmatik yo’nalishda aniqlanadi. Semantik yo’nalish axborotlarni mazmun jihatdan baholaydi, ularning ma’naviy mazmunini aniqlashga sharoit yaratib beradi. Pragmatik yo’nalish ham deyarli shunday, biroq bu axborotni oluvchi pozitsiyasi tomonidan baholanadi. Pragmatik baholash foydalanuvchiga kerak bo’lgan axborotlar foydalilik darajasini, qiymatini baholaydi.

Axborotni tartiblash

axborotlarni tartiblash borasida eng ko’p tarqalgan va tan olingani bu “universal o’nlik tertibot” (UO’T) dir. (Universalnaya desatchnaya klassifikatsiya” –UDK ). Unga 1905-1907 yillarda asos solingan bo’lib, hozirgacha ko’payib, kengayib bormoqda. Uning unversalligi shundaki, u kitobda bitilgan inson bilimining barcha sohasini qamrab oladi. “O’nlik” xususiyati shundaki, barcha kitoblar 10 bo’limga, har bir bo’lim 10 sinfga, har bir sinf 10 qisimga va hakoza, ajratilgan ya’ni u o’nlik ierarxiyaga bo’lingan qisimlardan iborat. UO”T ning asosy bo’limlari quydagilar:

0 – umumiy bo’lim

1 – falsafa

2 – din

3 – ijtimoiy fanlar



4 – bu bo’lim hozirda holi qoldirilgan

5 – matematika. Tabiiy fanlar

6 – amaliy bilimlar. Tabobat. Texnika

7 – san’at. Fotografiya. Sport.

8 – tilshunoslik. Filologiya. Badiiy adabiyot. Adabiyotshunoslik.

9 – tabiatshunoslik. Geografiya. Biografiya. Tarix

Mazkur bo’limlarning keyingi bo’linishi ular tartib nomerlari o’ng tomoniga raqam qo’shib borishdan amalgam oshiriladi. Masalan,

5 – matematika. Tabiiy fanlar.

53 – fizika.

536 – termodinamika.

536.2. issiqlik o’tkazuvchanlik.

536.23. gazlarning issiqlik o’tkazuvchanligi.



Nazorat savollari
  • Iqtisodiy informatika nimani o’rganadi?
  • Iqtisodiy informatsiyaning turlari deganda nimani tushinasiz?
  • Informatsiyani tartiblash deganda nimani tushinasiz?

Download 191.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling