25-mavzu. Kasbiy muloqot jarayoni. Reja
-mashq Quyidagi mavzular asosida reja tuzing va o'z fikr- mulohazalaringizni bildirib matn yozing
Download 32.3 Kb.
|
25 MAVZU. KASBIY MULOQOT JARAYONI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muloqot texnikasiga qoʻyiladigan talablar
2-mashq Quyidagi mavzular asosida reja tuzing va o'z fikr- mulohazalaringizni bildirib matn yozing.
"Sharq mutafakkirlari va faylasuf olimlari ijodiy merosida muloqot madaniyatining ahamiyati" Insho yozing. Muloqot texnikasida uchraydigan kamchiliklar: 1.Nuqsonli ovoz 2.Tovushni noaniq aytish 3. Nafas olishdagi tartibsizliklar 4.Nutq tempi, tezligini to‘gʻri belgilamaslik Muloqot texnikasiga qoʻyiladigan talablar: 1. Ovozning sifatiga e’tibor berish; 2. Muloqot jarayonida to‘gʻri nafas olish; 3. Tovush va soʽzlarni aniq talaffuz qilish; 4. Toʻliq va aniq diksiya; 5. Soʽz va gaplarning «chaynalmasligi»; 6. Fonetikaga oid bilimlardan xabardo Muloqot texnikasini egallashda umumiy tarzda boʻlsa-da, fonetik bilimlardan boxabarlik zarur. Ayrim kishilar koʻpincha muloqot jarayonida boshqa joylardagiga qaraganda anchayin baland ovozda gapiradilar. Yana ba’zilar borki, ular muloqot jarayonida deyarli past ovozda soʽzlaydilar. Bunda ularning oʽzlari qiynaladilar, sezilarli samaraga erishilmaydi, faqat bunday ovoz bo‘gʻiq, tussiz eshitiladi. Muloqot texnikasi bilan bogʻliq nuqsonlardan yana biri nutq tempi, tezligini to‘gʻri belgilamaslik yoki tezlik-sekinlikning maqsadga koʻra mo‘’tadilligini saqlay olmaslikdan iborat. Muloqotning tempi, albatta, bayon qilinayotgan materialning mohiyatiga, ifodalanayotgan fikr strukturasiga uygʻun boʻlishi maqsadga muvofiq. Tinglovchining ruhiyati, charchagan yoki charchamaganligi, materialni qanday qabul qilayotganligidan kelib chikqan holda nutq tempini tanlasa, uni o‘rni bilan oʽzgartirib tursa, ham pedagogiq ham psixologik jihatdan to‘gʻri boʻladi. Muloqot jarayonida diksiya masalasi ham alohida oʻrin tutadi. Masalan, ba’zan "z" tovushini jarangsiz "s" tovushiga moyil tarzda talaffuz qilish uchraydi: siz — sis, eshitdingiz — eshit-dingiz kabi. Bu singari nuqsonlar nutq tovushlarining hosil boʻlish oʻrinlarini yaxshi bilmaslik va artikulyatsion apparat (tovush hosil qilishda ishtirok etadigai nutq a’zolari)ning yyetarli darajada faol emasligi natijasida paydo boʻladi. Noto‘gʻri yoki noaniq talaffuz qilinadigan tovushning hosil boʻlishida ishtirok etadigan nutq a’zolarining faolligini oshirish yoʻli bilan kishi nutqidagi ana shunday diktsion xatolarni tuzatish mumkin. Buning uchun xilma-xil mashqlar yaxshi yordam beradi. Masalan, turli tez aytishlar, maqol va matallar, turli mazmundagi matnlarni muntazam ovoz chiqarib takrorlash ana shunday mashqlarning bir koʻrinishidir. Umuman, muloqot texnikasini takomillashtirish borasida doimiy qaygʻurish, fonetika, fonologiyaga oid bilimlardan umumiy tarzda boʻlsa-da, xabardor boʻlish, kerak boʻlganda, Har bir tovush, soʽzning to‘gʻri va aniq talaffuz qilinishi, nutq oqimida soʽz shakllari va gaplarning "chaynalmasligi" diksiya uchun jiddiy talablardandir. oʽz nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradigan mashqlardan muttasil foydalanib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki muloqot texnikasisiz soʽzlovchining ogʻzaki nutq madaniyatini aslo shakllangan deb boʻlmaydi. Download 32.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling