1. O’qituvchini pedagogik tehnikasining har bir qismlariga izoh bering


Download 16.89 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi16.89 Kb.
#1602901
Bog'liq
6-TOPSHIRIQ


6- TOPSHIRIQ
1.O’qituvchini pedagogik tehnikasining har bir qismlariga izoh bering.
I.O’qituvchi pedagogik tehnikasining muhim qismlaridan biri uning nutq tehnikasi.(Nutq tempi,diksiyasi,tovushning baland,o’rta,past qila olish) nutq tembiridir.
O’qiyuvchi faoliyatida ham nutq juda muhim ahamyat kasb etib, u ta’limiy-tarbiyaviy funksiyalarni bajaradi. O’quvchilar o’qituvchi nutqi orqali bilim,fikr,ishonchga ega bo’ladilar. O’qituvchining nutqi o’quvchilarga ma’lumotlarni qanday tarzda o’rgatishi bilan harakterlanadi,shuning uchun uboshqa nutqlar kabi tuzilavermaydi. Ammo, faqat pedagogga xos nutqgina muayyan belgilarga ega bo’lishi mumkin.O’qituvchilarning o’quvchilarga o’quv matreallarini tushuntirishi, ular bn suhbatlar olib borishiga qarab quyidagi xususyatlarni kuzatish mumkin: Tajribaning ko’rsatishicha o’quv matreallarini idrok qilishda o’qituvchining nutqi asosiy rol o’ynaydi. Olimlarning fikricha o’quv matrealining 1/2 foizi o’qituvchi nutqining to’g’ri talaffuz qilish orqali idrok qilinadi va o’zlashtiriladi. O’qituvchining ovoz diksiyasi esa nutqida so’zlar aniq, to’g’ri, eshitarli va tushunarli bayon qilishi bilan ifodalanadi.
PEDAGOGNING MIMIK VA PANTOMIMIK IFODASI.
Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi,o’qituvchining imo-ishorasida,ma’noli qarashlarida,rag’batlantiruvchi yoki kinoyali tabassumida namoyon bo’ladi va ular o’qituvchi-tarbiyachining pedagogik ta’sir ko’rsatishida,o’quvchi talabalarga mashg’ulotlarni ta’sirchan,qiziqarli,samarali va mazmunli o’tish uchun puxta zamin tayyorlab beradi.
MIMIKA-bu o’z fikrlarini,kayfiyati,holati,hissiyotini o’quvchi-talabalar bajarayotgan ishdan roziligi yoki noroziligini bildirish maqsadi uchun yuz,qosh,ko’z muskullarini harakatga keltira olish san’atidir.
PANTOMIMIKA-bu gavda,qo’l,oyoq harakatidir.
O’z hissiyotini boshqara olish-O’qituvchining pedagogic texnikasi tizimida o’z xatti-harakati,hissiyotini idora qilishi va ruhiy (psixik) holatini boshqara olish ta’lim tarbiya jarayoni uchun muhim ahamyat kasb etadi.
O’qituvchining aktyorlik va rejissorlik texnikasi-O’qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish uchun o’qituvchi pedagogic texnikasi tizimidan o’rin olgan yana bir malaka-bu o’qituvchining aktyorlik va rejissorlik malakasidir.
2.An’anaviy, rivojlantiruvchi va innovatsion ta’lim tehnologiyalarini farqi.
An’anviy ta’lim tehnologiyasi-muayyan muddatga mo’ljallangan,ta’lim jarayoniko’proq o’qituvchi shaxsiga qaratilgan bo’lib, o’qitishning an’anaviy shakli,metodi va ta’lim vositalarining majmuidan foydalanib ta’lim-tarbiya maqsadiga erishishdir.
Rivojlantiruvchi ta’lim tehnologiyasi-o’quvchi shaxsining ijobiy sifatlarini,ayrim sohalardagi bilimlarini,ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish tehnologiyalari.
Innavatsion ta’lim tehnologiyasi-ta’lim-tarbiya shakllari,metodlari va usullariga yangicha yondoshish ma’nosini bildiradi. Innavatsion tehnologiyalar pedagogic jarayon hamda , o’qituvchi va o’quvchi faolyatiga yangilik,o’zgarishlar kiritish.
Download 16.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling