26- mavzu. Soliqlarning asosiy elementlari va ularning mazmun mohiyati. Reja
Download 95.5 Kb.
|
26- mavzu. Soliqlarning asosiy elementlari va ularning mazmun mo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq summasi
4. Soliqlarning boshqa elementlari.
Soliq yuki - soliq to’lovchining muayyan vaqt oralig’idagi faoliyati natijasida to’lagan soliqlarini yig’indisini ifodalaydi. Bunda soliq to’lovchilarning to’laydigan barcha soliqlar va soliqsiz majburiy to’lovlarining yig’indisini ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to’lovchilar zimmasiga qancha to’g’ri kelganligini aniqlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Biroq to’g’ri soliqlarda soliq og’irligi aynan soliqni byudjetga hisoblab o’tkazuvchi soliq to’lovchilar zimmasiga tushsa, egri soliqlarda esa soliq yuki soliqni to’lovchilar emas, balki tovar (ish, xizmat)larni iste’mol qiluvchilar zimmasiga tushadi. Soliqlarni yuridik va jismoniy shaxslar undirish jarayonida beriladigan imtiyozlar natijasida soliq yukini soliq to’lovchilarning biridan ikkinchisiga yuklash jarayoni kuzatiladi. Shu o’rinda soliq bo’yicha soliq to’lovchilarga soliq yukini tartiblash yoki mantiqan aytganda me’yorlashtirish muammosi yuzaga keladi. Soliq yukini ifodalashning bir qancha ko’rinishlari mavjud: makrodarajadagi soliq yuki, mezodarajadagi soliq yuki va mikrodarajadagi soliq yuki. Soliq yuki makrodarajada ifodalanganda butun mamlakat miqyosida ifodalanib, asosiy ko’rsatkich sifatida muayyan vaqt oralig’ida davlat byudjetiga kelib tushgan soliqlar yig’indisini ana shu vaqt oralig’ida yaratilgan YaIM yoki MD ga nisbati olinadi. Mezodarajada ifodalanganda alohida olingan soha, tarmoq yoki sektorga to’g’ri keladigan soliq yuki ifodalansa. Mikrodarajada esa aniq bir olingan sub’ektga to’g’ri keladigan soliq yuki ifodalanadi. Soliq summasi - soliqda tortiladigan ob’ekt yoxud bazadan soliq stavkasi ko’magida undiriladigan mablag’ soliq summasi hisoblanadi. Shuning uchun soliq summasiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi ikki soliq elementi mavjud bo’lib, ular soliqqa tortiladigan baza va soliq stavkasidir. Soliqda tortiladigan baza va soliq stavkasi qanchalik kichik hajmda bo’lsa, soliq summasi shunga mos ravishda past bo’ladi yoki aksincha. Masalan, soliqda tortish bazasi - 100000 sum. Soliq stavkasi - 15 foiz. SHunda soliq summasi 15000 sumga teng bo’ladi. Agar soliq stavkasi o’zgarmagan xolda soliqqa tortiladigan baza 50000 sum bo’lganda edi, soliq summasi 7500 sumga teng bo’ladi. Yoxud soliqda tortiladigan baza o’zgarmagan holda soliq stavkasi 20 foiz bo’lganda edi, soliq summasi 20000 sumga teng bo’lardi. Download 95.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling