Soliqqa tortish birligi - bu ob’ektning o’lchov birligi. Masalan, daromad yoki mol-mulk solig’ida ob’ektning o’lchov birligi bo’lib uning so’mdagi bahosi ifodalansa, yer solig’ida o’lchov birligi bo’lib kv.m. yoki gektar hisoblanadi.
Nazorat uchun savollar.
Soliq elementlarining mohiyatini ochib bering?
Soliq elementlarini o’rganish zarurati nima bilan ifodalanadi?
Soliq elementlari tarkibiga qanday elementlar kiradi?
Soliq ob’ekti bilan soliq predmeti farqlarini tushuntirib bering?
Soliq agentining o’z soliq majburiyatlari bilan boshqa soliq to’lovchilar majburiyatlarini izohlab bering?
Soliq stavkalarining qanday turlari mavjud?
Soliq stavkalari qanday mezonlar asosida belgilanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |