26-§. Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Shaharlar hayoti Xiva xonligida yer egaligining qanday turlari bo`lgan?


Download 97.33 Kb.
bet1/54
Sana16.06.2023
Hajmi97.33 Kb.
#1506898
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
ichki ishlar 14


26-§. Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
Shaharlar hayoti

1. Xiva xonligida yer egaligining qanday turlari bo`lgan?
1 .davlar yerlari(podshohi) 2. xususiy mulk(xususiy yerlar) 3. vaqf yerlari 4. jamoa yerlari
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4
2. Xiva xonligida xonga tegishli yerlar qanday nomlar bilan atalgan?
1. mulki xolis 2. mulki xossa 3. amloki xossa,
4. mulki maxsusa
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4
3. Xiva xonligida yirik martabali amaldorlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun qaysi turdagi yerlar
berilgan.

A) Mulk B) Tarxon
C) Amloki xossa D) Mulki maxsusa
4. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
A) Xiva xonligidaXonga tegishli yerlardan davlat xazinasiga soliq to‘lanmagan.
B) Mulk yerlarini meros qoldirish, boshqaga o’tkazish man etilgan. Undan faqat vaqtincha foydalanish mumkin edi
C) Yer xonlikning asosiy boyligi edi. Barcha yer
davlat mulki sanalgan.
D) Davlat yerlarining yana bir qismi mayda dehqon xo‘jaliklari qo‘lida bo‘lgan. Davlat xazinasiga daromad, asosan, ana shu yerlardan tushgan.
5. Xiva xonligida 10 tanobdan ortiq yer berilgan xo‘jaliklar (a), 5 tanobdan 10 tanobgacha yer berilganlar(b), 5 tanobgachayer berilganlar (c) yiliga qancha soliq to‘laganlar?
A) a-3 tilla, b-2 tilla, c-1 tilla
B) a-5 tilla, b-2 tilla, c-1 tilla
C) a-5 tilla, b-3 tilla, c-1 tilla
D) a-3 tilla, b-2 tilla, c-3 kumush tanga
6. Xiva xonligida davlat yerini ijaraga oluvchilar nima deb atalgan?
A) koranda B) adra C) bevatan D) vaqfchi
7. Xiva xonligida xususiy yerni ijaraga oluvchilar nima deb atalgan?
A) koranda B) adra C) bevatan D) vaqfchi
8. Xiva xonligida vaqf yerini ijaraga oluvchilar nima deb atalgan?
A) koranda B) adra C) bevatan D) vaqfchi
9. Quyidagi ma’lumotlardan nechtasida xatolik mavjud?
1. Davlat yerlarining bir qismi xon va uning qarindosh-urug‘lariga hamda oliy martabali ruhoniylarga tegishli bo‘lgan.
2.Davlat yerlarining bir qismi xususiy mulk shaklida sotilgan. Shu tariqa, yer egaligining mulk (xususiy yerlar) shakli vujudga kelgan. Yerning xususiy mulk qilib sotilganligi haqida davlat nomidan bitim imzolangan. Shundan so‘ng yerning sotib olinganligi haqida mulk egasiga vasiqa berilgan
3. Ijaraga olingan 15 tanob yerga ishlov beruvchi yersiz dehqonlar 30 kumush tanga miqdorida soliq to‘lagan.
4. Xiva xonligida shartli (vaqtincha) yer egaligining boshqa ikki o‘zbek davlatlarida mavjud bo‘lmagan otliq deb atalgan shakli ham mavjud edi.
5. ,,Otliq“ olgan yer egasi xon talab qilgan vaqtda bir otliq
askarni qurollantirib xon huzuriga yuborgan.
6. Otliq“ yerlari har besh yilda bir marta qayta xatlovdan o’tkazilgan
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

Download 97.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling