26-mavzu. Fotoeffekt hodisasi. Fotoeffekt qonunlari. Komton effekti Reja
Download 165.81 Kb.
|
26-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki fotoeffektda
h=4,13610-15 eВ s .
ga teng. Metallar orasida kam chiqish ishiga egalari ishqoriy metallardir. Masalan, natriyda Аch=1,9 eВ fotoeffekt qizil chegarasi qiz 680 nm ga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ishqoriy metallarni fotoelementlarda katod o‘rnida ishlatishadi. Xullas, fotoeffekt qonunlari shuni ko‘rsatdiki, yorug‘lik chiqarilishida va yutilishida foton yoki yorug‘lik kvantlari deb nom olgan zarralar oqimi kabi o‘zini tutadi. Fotonlar energiyasi Е = h ga teng. Foton vakuumda s tezlik bilan harakat qiladi. Energiya, impuls va har qanday zarra massasini bog‘lovchi maxsus nisbiylik nazariyasining umumiy munosabatidan kelib chiqib
foton quyidagi impulsga ega degan xulosa qilish mumkin: (6) Shunday qilib, ikki yuz yillikka uzaygan yorug‘lik haqidagi tushunchadan so‘ng yana yorug‘likning korpuskula – zarra haqidagi tasavvuriga qaytildi. Lekin, Nyuton korpuskulyar nazariyasiga mexanik qaytish bo‘lmadi. XX asr boshida yorug‘lik ikki tomonlama tabiatga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Yorug‘lik tarqalishida uning to‘lqin xususiyati (interferensiya, difraksiya, polyarizatsiya), modda bilan o‘zaro ta’sirida esa korpuskulyar xususiyati (fotoeffekt, kompton effekti) namoyon bo‘ladi. Yorug‘likning bu ikki yoqlamalik tabiati korpuskulyar-to‘lqin dualizmi degan nom oldi. Keyinroq ikki yoqlamalik tabiati elektronlarda va boshqa elementar zarralarda ham kashf etildi. Mumtoz fizika mikroobektlarda to‘lqinli va korpuskulyar xususiyatlarni birlashtirishning ko‘rgazmali modelini bera olmadi. Mikroobektlar harakatini Nyutonning mumtoz mexanikasi qonunlari emas, balki kvant mexanikasi qonunlari boshqaradi. Plank tomonidan rivojlantirilgan absolyut qora jism nurlanish nazariyasi, va fotoelektrik effekt uchun Eynshteynning kvant nazariyasi hozirgi zamon faniga xizmat qiladi.
Ichki fotoeffektda tashqi fotoeffektdan farqli ravishda optik jihatdan uyg‘otilgan elektronlar yoritilgan jism ichida qolaverib jismning elektr neytralligini buzmaydi. Bunda moddadagi zaryadlarning konsentratsiyasi yoki ularning harakatchanligi o‘zgaradi, natijada tushayotgan yorug‘lik nuri ta’sirida moddaning elektr xususiyatlari o‘zgaradi. Ichki fotoeffektni bir jinsli yarim o‘tkazgichlarni yoritganda ularning o‘tkazuvchanliklari o‘zgarishidan aniqlash ham mumkin. Fotoo‘tkazuvchanlik deb ataladaigan bu hodisa asosida yorug‘lik qabul qilgichlar, ya’ni fotorezistorlarning katta gruppasi kashf qilingan va muttasil mukammallashtirilmoqda. Fotorezistorlarda asosan kadmiyning selenidi va sulfidi qo‘llaniladi. Download 165.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling