26-mavzu: Genetik kod va uning xususiyatlari. Reja: Genetik kod haqida tushuncha. Ma’noli va ma’nosiz tripletlar
Birlamchi va ikkilamchi RNK strukturalari
Download 177,57 Kb. Pdf ko'rish
|
26-mavzu-biokimyo va molekulyarbiologiya
Birlamchi va ikkilamchi RNK strukturalari.
16S RNK (E.soli) birinchi marta birlamchi tarkibi aniqlangan yuqori polimerlangan RNK hisoblanadi. Bu nukleotidlar 3 o‘lchamli tarkibda qanaqa joylashganligi hozirgi vaqtga qadar sirliligicha qolmoqda. Birlamchi struktura komplementar juftlashuvi natijasida 2 lamchi struktura juda ko‘plab xil ribosomalarda bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Ribosoma oqsillari Har bir ribosoma subbirligi bir qancha har xil oqsillarni ushlaydi. Bu oqsillarning har biri ushbu ribosomada bir molekuladan iborat bo‘ladi. Natijada ribosoma nuleoproteidlari assimetrik tuzilishga ega bo‘ladi, Ushbu belgisi bilan ribosoma nukleoproteidlari viruslar nukleoproteidlaridan farq qiladi. Viruslar bir xil oqsillarning tartibli joylashuvidan tashkil topgan. Ribosomalar oqsillarini o‘rganishda asosiy usul bo‘lib, oqsillarni gelli muhitda elektroforez qilish hisoblanadi. Ushbu usulda oqsillar molekulyar lg‘irligi va zaryadlari turiga qarab alohida ajraladilar. Ribosoma oqsillari molekulyar massalari asosan 10000 dan 30000 daltongacha bo‘ladi, faqat ba’zi oqsillargina 60000-70000 daltonga etishi mumkin. Prokariot hujayra ribosomalari kichkina (30S) subbirligi 20 ta, katta (50S) subbirligi esa 30 tagacha har xil oqsillar ushlaydi. Ribosomalar oqsillarini to‘liq o‘rganish-2 o‘lchamlik gel-elektroforez yordamida denaturatsiyalovchi sharoitda amalga oshiriladi. Oqsillarni ajratishning qulay usuli E. Ratshmidt va G. Vittmanlar tomonidan quyidagicha taklif qilingan: Bir yo‘nalishda 8% li muhitda, ikkinchi yo‘nalishda 18% li gel rN-4,6 muhitda elektroforezlash. Ushbu usulda (E.soli) 30S va 50S subbo‘laklari oqsillari to‘liq ajralishi kuzatilgan. G‘ovak gelda engil asosli muhitda yoki neytral muhitda kislotalik va neytral oqsillar chapga-anod tomonga, asosli oqsillar esa o‘ngga-katod tomon mutatsiyalanadi. Kislotali muhitda elektroforezlanganda oqsillar hammasi bir tomonga-katod tomonga harakatlanadai. Bu usulda oqsillar harakati ularning molekulyar massasiga qarab bo‘ladi. Masalan, oqsillar molekulasi qanchalik engil bo‘lsa, ular shuncha tez harakatlanadi (yuqoridan pastga tomon). Ushbu qonuniyat oqsillar nomenklaturasiga asos bo‘lgan. Oqsillarni yuqoridan pastga tomon raqamlar Bilan belgilash taklif qilingan. Ribosomaning kichkina subbirlik tarkibidagi S(small) indeksi bilan belgilanadi. Katta subbirlik oqsillari L(large) indeksi bilan belgilanadi. Masalan, E.soli kichkina subbirlik tarkibida 21 oqsil ushlaydi, ya’ni S 1 dan S 21 gacha belgilanadi. Katta subbirlik tarkibida 32 xil oqsil mavjud, demak L 1 dan L 32 gacha. Download 177,57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling