Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo O’qitish Metodikisi yoʻnalishi 2- bosqich 01\19-guruh talabasi


Download 379.21 Kb.
bet1/21
Sana16.06.2023
Hajmi379.21 Kb.
#1492755
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Zulfiyaxon kurs ishi


O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Inovatsiyalar vazirligi
Qo’qon davlat pedogogika instituti

Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo O’qitish Metodikisi yoʻnalishi 2- bosqich
01\19-guruh talabasi Tolipova Zulfiyaxon
Organik kimyo fanidan

MAVZU : Biologik Organik faol moddalar

Topshirdi. ________________ talaba Tolipova Zulfiya


Qabul qildi _________________ dotsent Saidaxmedova Nurxon

Kurs ishiga qo’yilgan Baho ___________

QOQON 2023
MUNDARIJA
Kirish

  1. BOB Asosiy qism

I.1. Oqsillar va ularning funksiyalari. Oqsillarning elementar tarkibi
I.2. Oqsillarning aminokislota tarkibi va aminokislotalarning tasnifi.
I.3. Oqsillarning fizik-kimyoviy xususiyatlari. Oqsillarning molekulyar massasi. Oqsillarning tuzilishi. Oqsillarning birlamchi strukturasi
II. BOB Fermentlar, Vitaminlar.
II.1.Fermentlarning umumiy xususiyatlari,Fermentlarning spetsifik ta’sir qilishi
Tirik organizmlarda fermentativ reaksiyalar tezliginingharoratga bog‘liqligi II.2.Fermentlarning tasnifi va nomenklaturasi ,Fermentlar faolligini o‘lchash birliklari.Fermentlar faolligining boshqarilishi.
II.3. Vitaminlar.Vitaminlar haqida umumiy tushuncha .Vitaminlar tasnifi .Vitamin A – retinol, antikseroftalmik vitamin .Vitamin D – kalsiferol va antiraxitik vitamin
Vitamin K .Vitamin E .Suvda eruvchan vitaminlar .Vitamin B1 .Vitamin B2
Vitamin PP .Vitamin B6 .



  1. Xulosa




  1. Foydalanilgan Adabiyotlar

KIRISH.
Bilogik organik faol moddalar– tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi moddalarning
kimyoviy tabiati, ularning o‘zgarishi, shuningdek, bu jarayonlarni a’zo va to‘qimalar faoliyati bilan bog‘liq holda o‘rganadigan fan.Tahlil etilayotgan obyektga bog‘liq holda, shartli ravishda, odam va hayvon, o‘simliklar mikroorganizmlar biokimyosi va h.k. bo‘limlariga bo‘linadi. Modda almashinuvi va metabolizm – organizmda kechadigan barcha kimyoviy reaksiyalar yig‘indisidir. Ular tirik sistemaning turg‘unligi va o‘z-o‘zini hosil qilishga yo‘naltirilgandir. Hayvonlar organizmi, shuningdek, odam organizmi ovqat mahsulotlari qabul qilishga muhtojdir. Ular suv va mineral komponentlardan tashqari murakkab organik tarkibga ega bo‘lgan oqsil, yog‘, uglevodlarni qabul
qilishi kerak. Biologik kimyoning asosiy vazifasi molekulyar darajadagi zaminiy, umumbiologik masalalarni hal etishdan iborat. Insonning ekosistemaga bog‘liqlik muammosini hal etishi, ularni nafaqat bilishi, balki ulardan muhofaza bo‘lishi va foydalana olishi kerak.
Biokimyo fani 3 bo‘limdan iborat:
1. Statik biokimyo.
2. Dinamik biokimyo.
3. Funksional biokimyo.
Statik biokimyo tirik organizm tarkibiga kiruvchi moddalarning kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini o‘rganadi. Bu bo‘limning asosiy masalalari bioorganik kimyo tomonidan o‘rganiladi. Dinamik biokimyo organizmga moddalarning qabul qilinishidan boshlab oxirgi mahsulotlar shaklida chiqarib yuborilishigacha bo‘lgan
barcha o‘zgarishlarni tahlil qiladi. Funksional biokimyo a’zo va to‘qima funksiyalariga bog‘liq ravishda, ularda kechadigan kimyoviy jarayonlarni tadqiq qiladi. Biologik kimyoning barcha bo‘limlari o‘zaro uzviy bog‘langan va zamonaviy biokimyoning qismlari hisoblanadi. Agarda ilgari Bilogik organik faol moddalaro‘z ichiga to‘qima, a’zo va butun organizm masalalarini olgan bo‘lsa, hozirda bu fan molekula va submolekulyar tahlillar darajasida o‘rganiladi. Biologik kimyoning yo‘nalishlari quyidagi muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘lishi kerak: yuqori organizmlar hujayralarining differensirovkasi, genom
faolligining mexanizmi, irsiy kasalliklar rivojlanishining molekulyar
asoslari va boshqalar. Kimyo yo’nalishlarida biokimyo alohida o‘rin tutadi. Bo‘lajak Kimyo o’qituvchisi biokimyo mexanizmlarini to‘liq o‘zlashtirishi muhim ahamiyatga ega. Turli Oqsil vitamin asosida metabolik jarayonlarning buzilishi yotadi. Sog‘lom organizmda katabolizm va anabolizm jarayonlari uzviy bog‘langan.Bu jarayonlar muvozanatining buzilishi kasallikning rivojlanishiga olib
keladi. Masalan, agarda organizmda katabolizm jarayonlari pasaysa,u yoki bu moddalarning to‘planishiga olib keladi va o‘z navbatida to‘planish kasalliklarini rivojlantiradi (glikogenoz, sfingolipidoz va boshqalar). Irsiy kasalliklar alohida o‘rinni egallaydi, chunki ularda, hujayra genetik apparatida u yoki bu moddalar sintez nazoratining buzilishi mavjud. Shuning uchun, bo‘lajak shifokor, tirik organizmda ularning rivojlanish mexanizmini tushunish uchun biokimyoviy jarayonlarni yaxshi bilishi kerak. So‘nggi paytlarda klinik biokimyo jadal rivojlanmoqda, klinik laboratoriyalarda kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lib, tashxis usullari takomillashtirilmoqda.



  1. Download 379.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling