Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo O’qitish Metodikisi yoʻnalishi 2- bosqich 01\19-guruh talabasi
Download 379.21 Kb.
|
Zulfiyaxon kurs ishi
II.BOB Fermentlar .
Fermentlarning umumiy xususiyatlari,Fermentlarning spetsifik ta’sir qilishi ,Tirik organizmlarda fermentativ reaksiyalar tezliginingharoratga bog‘liqligi Fermentlar deb organizmdagi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiruvchi biologik faol oqsillarga aytiladi. (Lotincha «Fermentum» – achitqi yoki «enzim» grekcha «en» – ichki, «zim» tomizg‘i). Fermentlar tashqi muhitdan tushgan va organizmning o‘zida hosil bo‘lgan moddalarning o‘zgarishini amalga oshiradi. Ovqat moddalarning o‘zlashtirilishi va ularning keyinchalik ishlatilishi, yuqori molekulali birikmalardagi kimyoviy energiyaning biologik oksidlanish davrida ajralishi va hujayra hamda to‘qimalarning ularning rivojlanish va takomillanishi davrida struktur elementlarining hosil bo‘lishi fermentlarning bevosita ishtiroki ostida boradi. Fermentativ reaksiyalar asosida moddalarning o‘zgarishi organizm hayot faoliyatining material va energetik asosini tashkil etadi, shuning uchun fermentlar hayot jarayonlarini haraktlantiruvchilari bo‘lib hisoblanadilar .Fermentlar to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotlar XVII asrda nemis olimi Libaviya va golland olimi Van Gelmontlar tomonidan xususiyatlarini spirtli bijg‘ish o‘rganishda aniqlangan. XVIII asr oxirida Reomyura v Spallansiani yirtqich hayvonlarning me’da shirasida go‘shtni hazmlanishi mexanik ta’sirda emas, balki kimyoviy jarayon tufayli ekanligini isbotlaganlar. 1836-yili esa Shvan me’da shirasida pepsin fermenti borligini kashf qilgan. Rus olimi K.S. Kirxgoff birinchi bor kraxmalni shakarga aylanishida kimyoviy moddalar (fermentlar ishtirokini ko‘rsatgan bo‘lsa, 1837-yili Payyen va Perso ularni ajratib olgan va termolabilligini aniqlaganlar. Shu yili Berselius fermentlarni anorganik katalizatorlar bilan solishtiradi. M.M. Manaseina, G. Buxner va E. Buxner bu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettiradilar, 1894-yilda esa E.Fisher fermentlar spetsifikligini «qulf-kalit» nazariyasi asosida isbotlab beradi. XX asrning boshlarida I.P. Pavlov oshqozon-icha yo‘lidagi fermentlar nofaol – proferment holatda bo‘lishini, tripsinogenni enterokinaza ta’sirida faollanishini ko‘rsatadi va fermentlar faolligini aniqlash usullarini yaratadi. Mixaelis va Menten 1913-yilda fermentlar ta’sir etish mexanizmi va fermentativ reaksiyalar kinetikasini yaratishadi. 1926-yili Samner ureaza fermentini kristall holda oladi va uni oqsil tabiatligini ko‘rsatadi. 1957-yili Viland va Pfleyderer fermentlarni molekulyar shakllarda – izofermentlarda bo‘lishini isbotlaydilar. 1960-yilda Fillips lizotsimni uchlamchi strukturasini rentgenostruktur tahlil orqali aniqlaydi. Fermentlar neorganik katalizatorlardan quyidagilar bilan farqlanadi: 1. Juda yumshoq sharoitlarda faollik ko‘rsatadilar (past temperatura, normal bosim, pHning ma’lum qiymatlari va boshqalar). 2. Kimyoviy reaksiyani juda jadal tezlashtiradilar (35-rasm). 3. Yuqori spetsifiklikka egadir. 4. Fermentlar faolligi boshqariladi. Download 379.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling