Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo O’qitish Metodikisi yoʻnalishi 2- bosqich 01\19-guruh talabasi


Download 379.21 Kb.
bet5/21
Sana16.06.2023
Hajmi379.21 Kb.
#1492755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Zulfiyaxon kurs ishi

S = ——— ,
2.r
bunda, V – erituvchi – oqsil chegarasining tezligi, sm/s; −rotorning burchak tezligi, rad/s; r – rotor markazidan oqsil eritmasi solingan yacheyka o‘rtasigacha bo‘lgan masofa (5 m). Sedimentatsiya konstantasi shartli ravishda birlik deb qabul qilingan va Svedberg (S) deb nomlangan. Ko‘pchilik oqsillarning sedimentatsiya
konstantasi 1-50 S oralig‘ida bo‘ladi, ba’zi hollarda bu qiymat 100S dan ortiq bo‘lishi mumkin.
Molekulyar og‘irlikni topish uchun sedimentatsiya konstantasidan tashqari svedberg tenglamasi uchun erituvchi va oqsilning zichligi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar zarur:
R.T.s
M = —————,
D(1-p)
Bunda R – gaz doimiyligi erg (mol.grad); T – absolyut harorat (Kelvin shkalasi bo‘yicha); s – sedimentatsiya konstantasi; p – eritma zichligi; – oqsil molekulasining parsial solishtirma hajmi; D –diffuziya
koeffitsienti. Ultratsentrifugalash usuli bilan oqsillar molekulyar og‘irligini aniqlash murakkab, ko‘p vaqt va qimmatbaho apparatlar talab etadi. Shuning uchun, keyingi yillarda, 2 ta oddiy usul ishlab chiqilgan (gelxromatografiya va elektroforez). Gel-xromatografiyadan foydalanganda birinchi navbatda kolonkani kalibrlash zarur. Buning uchun, sefadeksli kolonka orqali molekulyar og‘irligi ma’lum bo‘lgan bir necha oqsillar o‘tkaziladi va grafik chiziladi, bunda molekulyar og‘irlik logarifm ko‘rsatkichlari ularning elyutsion hajmlari to‘g‘risiga joylashtiriladi, ularni 1-rasmda ko‘rsatilganidek topiladi. Ma’lumki, sferik shaklli oqsil molekulyar og‘irligining logarifmi va evolyutsion hajmi o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanish mavjud. Shuning uchun, tekshiriluvchi oqsil molekulyar og‘irligini aniqlash oson. Bu usulning ikkinchi turi bo‘lib yupqa qavatdagi gel-xromatografiya hisoblanadi. Sefadeksning yupqa qavati bo‘yicha oqsilning siljish uzunligi (mmlarda) oqsil molekulyar og‘irligiga logarifmik bog‘liqdir Gel-xromatografiya soddaligi va tezligidan tashqari quyidagi qo‘shimcha afzalliklarga ega: oqsilni toza holda ajratishni talab etmaydi, chunki boshqa oqsillar aralashmasining aniqlashga ta’siri yo‘q. Negaki,ularning har biri kolonka orqali o‘ziga xos tezlik bilan molekulyar og‘irligiga bog‘liq ravishda o‘tadi. Bu holat enzimologiyada ko‘p qo‘llaniladi. Boshqa o‘xshash katalitik faollikga ega bo‘lmagan oqsillar bo‘lganda ham juda kam miqdorda bo‘lgan fermentlarning molekulyar og‘irligini aniqlash mumkin. Oqsillar molekulyar og‘izligini disk-elektroforezda poliakrilamid geldan foydalanib aniqlanganda, kalibrlangan oqsillar molekulyar og‘irligi logarifmi va poliakrilamidda oqsil zarrachalari harakatlanishiga bog‘liq bo‘lgan grafik chiziladi, so‘ngra tekshiriluvchi oqsil haraktlanishini aniqlab, grafikdan uning molekulyar og‘irligi topiladi. Gidrofil kolloidlarning eng muhim xususiyatlaridan biri gel hosil qilishdir. Kolloid zarrachalari o‘zaro yopishib to‘rsimon g‘ovak struktura hosil qiladi. Hosil bo‘lgan struktura bo‘shliqlariga suv molekulalari yig‘ilib oqsilni turli darajada bo‘ktirishi mumkin.Oqsillarning molekulasida -NH2 va COOH- guruhlari borligi uchun amfoterlik xossasini namoyon qiladi. Oqsil molekulasida erkin karboksil guruhi kislotali, aminogruppa esa asosli xossasini namoyon qiladi. Uni quyidagicha ifodalash mumkin: Oqsil molekulasining zaryadi tarkibidagi zaryadlangan aminokislotalarga bog‘liq. Monoaminomonokarbon aminokislotalar oqsil molekulasiga neytral zaryad belgilaydi. Aksincha, monoaminodikarbon aminokislotalar oqsil molekulasini manfiy zaryadlaydi. Diaminomonokarbon aminokislotalar oqsil molekulasini musbat zaryadlaydi. Oqsil molekulasining zaryadi zaryadlangan guruhlarining yig‘indisi bilan belgilanadi. Bir vaqtda erkin manfiy va musbat zaryad saqlagan oqsillar amfoter xususiyatga ega.
Erkin karboksil guruhning dissotsiatsiyalanish darajasi aminogruppaga nisbatan ozgina yuqori bo‘lganligi uchun bu funksional guruhlarning miqdori teng bo‘lganda oqsil molekulasining zaryadi manfiy bo‘lishi mumkin. Eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasini, ya’ni muhitning pH ko‘rsatkichini o‘zgartirish orqali oqsil molekulasidagi amino- va karboksil guruhlarning dissotsiatsiyalanishini kuchaytirish yoki pasaytirish mumkin. Eritma pH ko‘rsatkichini o‘zgartirish yo‘li bilan oqsil molekulasining zaryadini nolga keltirish mumkin, bunda oqsillar elektr maydonida anod yoki katod tomon harakatlana olmaydi. Bu holat oqsilning izoelektrik nuqtasi deyiladi. Oqsil izoelektrik holatda bo‘lgan eritmaning pH ko‘rsatkichini shu oqsilning izoelektrik nuqtasi (IEN) deb ataladi. Oqsillar izoelektrik nuqtada eng beqaror holatda bo‘ladi. Turli ta’sirlar yordamida oqsillar eritmadan juda oson cho‘kmaga tushadi. Shu usul bilan turli biologik aralashmalardan oqsillarni toza holda ajratib olinadi. Ya’ni izoelektrik nuqtada oqsilni cho‘ktirish qulay hisoblanadi

Download 379.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling