Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo O’qitish Metodikisi yoʻnalishi 2- bosqich 01\19-guruh talabasi
Download 379.21 Kb.
|
Zulfiyaxon kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
SUVDA ERUVCHAN VITAMINLAR
Vitamin B1 Vitamin B1 (tiamin, antinevrit) 1912 yilda K. Funk tomonidan kristall holatda ajratilgan birinchi vitamindir. Keyinchalik u kimyoviy yo‘l bilan sintezlangan. Vitamin B1 molekulasida aminogruppa bilan oltingugurt saqlagani uchun tiamin deb nomlangan. Uning molekulasida pirimidin va tiazol xalqalari metilen bog‘i yordamida bog‘langan. Tiamin yetishmaganda Osiyo va Xindi–Xitoy davlatlarida keng tarqalgan kasallik – «Beri-beri» rivojlanadi. Avitaminoz B1 belgilari: oshqozonichak yo‘li motor va sekretor vazifasi buziladi; xotira pasayadi; gallyutsinatsiya kuzatiladi; yurak-qon tomir faoliyati o‘zgaradi; periferik nerv sistemasi jarohatlanadi; keyinchalik paralichlar rivojlanadi. Biologik vazifasi: Vitamin B1 TPF holatida piruvat va ketoglutaratdegidrogenaza komplekslari, transketolaza tarkibiga kiradi. Oksiketoglutar kislota degidrogenazasining kofermenti bo‘lib TPF hisoblanadi. Bu modda fermentlar tarkibiga koferment sifatida kiradi: piruvatdegidrogenaza va a-ketoglutaratdegidrogenaza ferment komplekslaridir. Bu komplekslar mitoxondriyalarda piruvat va aketoglutaratni oksidlanishini ta’minlab, uglevodlar va aminokislotalardan energiya hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Ma’lumki, transkelotaza glyukozani pentozofosfat yo‘li oksidlanishida ko‘p miqdorda NADF.H va ribozo-5-fosfatni hosil qiladi. NADF.H va ribozo- 5-fosfatlar esa yog‘ kislotalar, steroidlar, moddalarni zararsizlantirish, nuklein kislotalar, nukleotidlar va kofermentlar sintezida ishtirok etadilar. Bu jarayonlarni buzilishi modda almashinuvini izdan chiqaradi.Tabiatda tarqalishi va sutkalik extiyoji: Xamirturish, qora non, guruch, no‘xot, loviya kepagi, jigar, buyrak, miyada ko‘p saqlanadi. Sutkalik me’yori 1,2 – 2,2 mg (42-rasm, a). Vitamin B2 Vitamin B2 (riboflavin) 1935-yilda R.Kun tomonidan sintezlangan. Uning eritmalari sariq-qovoq rangga ega. Molekulasi asosida geterotsiklik birikma – izoalloksazin yotadi, unga 9 holatda besh atomli spirt ribitol birikkan. Xulosa. Biologik organic moddalardan Oqsil ,Ferment , Vitaminlardan shu xulosalarga kelamizki odam organizmiga tasiri foydali Oqsil ,Ferment ,Vitaminlar odam organizmiga inson salomatligiga foydali xususiyatlari va moddalar almashinuvi faol ishtirok etishini bilib olamiz Vitamin B1 TPF holatida piruvat va ketoglutaratdegidrogenaza komplekslari, transketolaza tarkibiga kiradi. Oksiketoglutar kislota degidrogenazasining kofermenti bo‘lib TPF hisoblanadi. Bu modda fermentlar tarkibiga koferment sifatida kirishlarini bilib olamiz. Fermentlar deb organizmdagi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiruvchi biologik faol oqsillarga aytiladi. (Lotincha «Fermentum» – achitqi yoki «enzim» grekcha «en» – ichki, «zim» tomizg‘i). Fermentlar tashqi muhitdan tushgan va organizmning o‘zida hosil bo‘lgan moddalarning o‘zgarishini amalga oshirishlari xaqida bilib o’zimizga yarasha xulosa olamiz. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Sh.Mirziyoyev “Niyati ulug’ xalqning ishi xam ulug’ xayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi “138 bet 2.Sh.Mirziyoyev “Adabiyotga etibor”Manaviyatga kelajakga etibor. 3. 1.Francis A. Carey. Organic chemistry, University of Virginia, fourth edition- 2012 (darslik) 4.Anatol Malijevskґy.Physical chemistry inbrie., 2005(darslik) 5.A. Abdusamatov “Organik kimyo” Toshkent – 2005(darslik) 6.A. Abdusamatov, S. Zakirov, R.Ziyayev “Fizik va kolloid kimyo” Toshkent -2013. (darslik) 7. http;//ziyonet.uz/ 8.https;//www.google.uz Download 379.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling