Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo O’qitish Metodikisi yoʻnalishi 2- bosqich 01\19-guruh talabasi


I.3.Oqsillarning fizik-kimyoviy xususiyatlari. Oqsillarning molekulyar massasi. Oqsillarning tuzilishi. Oqsillarning birlamchi strukturasi


Download 379.21 Kb.
bet4/21
Sana16.06.2023
Hajmi379.21 Kb.
#1492755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Zulfiyaxon kurs ishi

I.3.Oqsillarning fizik-kimyoviy xususiyatlari. Oqsillarning molekulyar massasi. Oqsillarning tuzilishi. Oqsillarning birlamchi strukturasi
Oqsillarda o‘ziga xos bo‘lgan eritmalarning yuqori yopishqoqligi, kam diffuziya, bo‘kish qobiliyati, optik faolligi, elektr maydonida harakatlanishi, past osmotik bosim va yuqori onkotik bosim, 280 nmda nurlarni yutish kabi fizik-kimyoviy xususiyatlari mavjud. Oqsillarda erkin NH2- va COOH-guruhlari bo‘lganligi sababli aminokislota kabi amfoterlik xususiyatiga egadirlar. Ular uchun kislota va asoslarning barcha xususiyatlari xosdir. Muhit pHi, kislota va asos tabiatiga ega bo‘lgan aminokislotalarning nisbatiga bog‘liq ravishda oqsillar eritmalarda manfiy yoki musbat zaryadga ega bo‘lib, anod yoki katodga qarab harakatlanadilar. Ularning bu xususiyatidan elektroforez usuli bilan oqsillarni ajratishda foydalaniladi. Shuningdek, oqsillarda gidrofil xususiyatlari ham mavjuddir.
Oqsillarning molekulyar massasi
Oqsillar yuqori molekulali biopolimerlar bo‘lib, molekulyar massasi 6 mingdan bir necha milliongacha bo‘lib, ular oqsil strukturasidagi polipeptid zanjirlarning soniga bog‘liq. Oqsillarning massasi turli usullar bilan aniqlanadi. Masalan, ultratsentrafugirlash, gelfiltratsiya va elektroforez usullari. Ayrim oqsillarning molekulyar massasi quyidagicha daltonlarga teng bo‘ladi: Massa birligi dalton (Da) vodorod atom massasiga to‘g‘ri keladi (1,0000). Massa birligi kilodalton (kDa) 1000 daltonga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik oqsillarning massasi 10 dan 100 kilodaltonga tengdir. Bir necha ming oqsillarning aminokislota tarkibi va ketma-ketligi aniqlangan. Shuning uchun, ularning molekulyar og‘irligini yuqori aniqlik bilan topish mumkin. Oqsillar molekulyar og‘irligini sedimentatsion analiz usuli bilan aniqlash ultratsentrifugalarda o‘tkaziladi, bunda 200000 dan ortiq, ya’ni yer tortish kuchidan yuqori
markazdan qochuvchi tezlanishni (g) hosil qilish mumkin bo‘ladi. Odatda, molekulyar og‘irlikni oqsil molekulasining sedimentatsion tezligi yoki sedimentatsion muvozanati bo‘yicha hisoblab topadilar. Molekulalarning markazdan periferiyaga siljishi davrida erituvchi-oqsil o‘rtasida keskin chegara hosil bo‘ladi (avtomatik aniqlanadi). Erituvchi va oqsilning optik xususiyatlaridan sedimentatsiya tezligini aniqlashda foydalaniladi va u sedimentatsiya konstantasi S

bilan belgilanadi, oqsil zarrachasining massasi va shakliga bog‘liq:


V

Download 379.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling