Ba’zi fermentlarning optimum pH muhiti
Ferment
|
pepsin
|
Kislotali osfataza
|
Pankreatik
amilaza
|
tripsin
|
arginaza
|
Optimum
PH
|
1.5-2.5
|
4.5-5.0
|
6.4-5.2
|
7.8
|
9.5-9.9
|
Fermentativ reaksiya tezligining pH muhitiga bog‘liqligi muhim amaliy ahamiyatga egadir. Jumladan, ferment faolligini aniqlashd optimal muhitni bufer eritmalar yordamida tanlash kerak. Fiziologik yoki patologik holatlarda hujayrada pH muhitni kichik diapazonda siljishi (azidoz yoki alkaloz) fermentativ reaksiya tezligiga ta’sir etadi va modda almashinuvining keskin o‘zgarishiga olib keladi.
Tirik organizmlarda fermentativ reaksiyalar tezligining haroratga bog‘liqligi
Organizm haroratining muayyan darajadan ortib ketishi fermentlar faolligini pasaytiradi. Fermentativ reaksiya maksimal faoliyat kechiradigan daraja ushbu ferment uchun optimal harorat deb yuritiladi. Ko‘pchilik fermentlarning ta’siri uchun optimal tana harorati 370Cga yaqin (normal tana harorati). Masalan: oqsil va kraxmalning kislotalar bilan gidrolizi 1000Cda bir necha soat davomida kechadi, ferment ta’sirida esa 370Cda bir necha daqiqada sodir bo‘ladi. H2O2 ning temir ionlari bilan parchalanishi sekin boradi, katalaza fermenti ta’sirida esa
juda tez kechadi va fermentdagi 1 mg temir 10 tonna neorganik temirning o‘rnini bosadi. Fermentativ reaksiyalar tezligini tana haroratiga bog‘liqligi muhi amaliy ahamiyatga egadir. Masalan, infeksion omillar ta’sirida organizmda isitmaning ko‘tarilishi (lixoradka) biokimyoviy jarayonlarni tezlashtiradi va hujayrada endogen substratlarni tanqisligini vujudga keltiradi (organizmni darmonsizlantiradi). Negaki tana haroratining 1oC ortishi fermentativ reaksiyalar tezligini 20% oshiradi. Ba’zi fermentlar termolabil bo‘lgani sababli yuqori tana haroratida denaturatsiyaga uchraydi va biokimyoviy jarayonlar tabiiy kechishini o‘zgartiradi. Bularni oldini olish uchun lixoradka holatida dori vositalar qo‘llanilishini taqozo etadi. Demak, ulardagi modda almashinuvini pasaytirishi ajratilgan a’zolarni sovutishda qo‘llaniladi. To‘qima va suyuqliklarni yaxlatilgan holatda yoki past temperaturada saqlash autokatalitik parchalanishning oldini olish usuli bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |