judga kelganda zarar ko‘lami xo‘jaIik uchun katta bo‘Iganda jabr-
langan oilalami og‘ir ahvoldan qutqarish uchun birgalashib mablag*
to4plash orqali moddiy yordam uyushtirilgan. Shuningdek, savdo
karvonlari uzoq safarda qaroqchilar tomonidan talansa, ko‘rilgan za
rar karvon ishtirokchilari o'rtasida barobar taqsimlangan. Lekin
keyinchalik maxsus fond tuzilib, bu fond hisobidan faqat ko‘rilgan
zarar emas, balki savdogaming oila a’zolari ham bahramand etilgan.
Ayrim olimlar sug'urta termini dastlab Yevropada qo‘llanilgan
degan fikrdalar. Xalqaro savdodagi mol-mulk sug‘urtasi haqida gap
borganda Bobil davlatining yurtboshisi Hammurapi qonunlarida
miloddan oldin savdo karvonlariga yetkazilgan zarar o'zaro taqsim-
lanib, yordam uyushtirilgani ko‘rsatilgan. Bu qonun xalqaro savdo
yo‘Ii bilan boshqa mamlakat savdogarlari karvonlariga ham tar-
qalgan, hatto Buyuk ipak yo‘li orqali safarda bo‘Igan savdogarlar bu
usuldan foydalanganlar.
Lekin shaxsiy sug4urta bo‘yicha Yevropada miloddan oldin ay
rim hududlarda, tumanlarda maxsus nikoh, vafot hodisalari bilan
bog‘langan o ‘zaro fondlar tashkil qilingani haqida ma’Iumotlar bor.
263
Do'stlaringiz bilan baham: |