26-Mavzu. O‘qituvchi fаоliyatidа pеdаgоgik qоbiliyat. Kommunikativ malakalar va ta’sir ko‘rsatish r ej a
Download 25.38 Kb.
|
26-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Men eshitaman va men esdan chiqaraman. Men ko‘raman va men eslab qolaman. Men bajaraman va men tushunaman!!!”
Qobiliyat-shaxaning muayyan faoliyat yuzasidai layoqati va uning ishini muvaffaqiyatli bajarishdagi sub'ektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik xususiyatlaridir.
Falsafa tarixida qobiliyat uzoq davrgacha o'zgarmas irsiyat, nasldan-naslga o'tuvchi alohida kuch sifatida talqin etilgan. Bunday qarashlar dastlab ingliz filosofi J. Lokk va franquz materialistlari tomonidan tanqid qilingan. Qobiliyatni rivojlantirishi mumkin bo'lgan anatomik fiziologik xususiyatlar tug’ma bo'ladi. Empatiya - boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish kobiliyatidir (bigalikda dardlashmoq). Perseptiv qobiliyat - idrok jarayonining asosiy tuzilishi birinchi bo'lib, bu idrok ob'ektlarini bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirishdan iboratdir. Bu qobiliyat o’qituvchining o’quvchilar ko’z qarashlari va yuz ifodalariga qarab ularning ichki dunyosini ko’ra olishida namoyon bo’ladi. Didaktik qobiliyat - o’quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta'lim qonuniyatini hamda metodlarini o'rgangan holda, ta'lim bars olish va ibratli dars berish qobiliyatidir. Konstruktiv qobiliyat - o'qituvchining o'z ishini rejalashtira olishidir. Kommunikativ qobiliyat - boshqa odamlar bi:lan bo'ladigan muloqotni yaxishlaydigan va birgalikdagi faoliyatni psixologik ta'minlaydigan qobiliyatdir. O’quvchi bilai o'zaro muloqotda bo'lish. Bilish qobiliyati - bilimni egallash va uni o'zlashtirishni ta'minlaydi. Darhaqiqat, biz hayotda bir xil gurunchdan turli ko‘rinish va ta’mdagi palov pishiruvchi oshpazlarni, bir xil undan turli ko‘rinish va ta’mga ega bo‘lgan non tayyorlaydigan nonvoylarni ko‘p uchratamiz. Doimo mazali va shirin taom pishiruvchi oshpaz, mazali va yumshoqqina non pishiruvchi nonvoy mahsulotlarini tanovvul qilishga, kiyimlar tikuvchi ustalarga murojaat etishga intilishimiz ko‘pchilikka sir emas. Bu intilishning mazmunida kasb mahorati, mehnat unumdorligi va mohirlik yotadi. Binobarin qadimgi yunon faylasufi Falesga “Qanday inson baxtli insondir?”, - deb savol berganlarida, u: “...tanasi sog‘lom, ko‘ngli xotirjam va qobiliyatli, mohirligi bor odam baxtlidir”, - deb javob bergan ekan. Demak, inson faoliyatining ko‘lami keng, anglash, tushunish, qo‘llay olish malakasi serqirra va mahoratli inson baxtli ekan, avvalo, uning mohirligini takomillashtirish uchun kasbiy mahoratni tarbiyalashni to‘g‘ri tashkil etmoq talab qilinadi. Shuningdek, eramizdan oldingi 551 – 479 yillarda yashab o‘tgan Xitoy faylasufi va davlat arbobi Konfutsiy ham “Men eshitaman va men esdan chiqaraman. Men ko‘raman va men eslab qolaman. Men bajaraman va men tushunaman!!!” deganida, bajarish mahoratini nazarda tutgan edi. Qobiliyat - shaxsning individual-psixologik xususiyati bo‘lib, muay-yan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig‘indisidir, Zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash dinamikasidagi farqlarni aniqlaydi. qobiliyatlar individual-psixologik xususiyat bo‘lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga, ya’ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg‘ulariga qarama-qarshi qo‘yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo‘yilishi kerak. Qobiliyatni inson tug‘ma, tabiat in’omi sifatida tayyor holida olmaydi, balki hayotiy faoliyati davomida shakllantiradi. Psixolog olim Olga Matveeva quyidagi qobiliyatlarni ko‘rsatib o‘tadi: 1.Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan dars va darsdan tashqari jarayonlarda, sinfda ijobiy ruhiy iqlim yarata oladi. 2.Voqealarni oldindan ko‘ra olish qobiliyati: Ushbu qobiliyat turi har bir o‘qituvchining sergakligida, o‘quvchilarning ruhiyatini, ichki dunyosini ko‘ra olishida namoyon bo‘ladi. SHunda o‘qituvchi kim nima-ga qodir ekanligini oldindan bashorat qila oladi. 3.Eshitish va his qilish qobiliyati. SHunday qobiliyatga ega bo‘lgan insonlar musiqani sevishadi, ohangni yaxshi his qilishadi, deklamatsiya asosida proza va poeziyani yaxshi o‘qishadi, eshitgan narsasini xotirada saqlaydi, ayniqsa, sher va qoshiqlarni sevib tinglaydi. 4.Kinetsetik (teri-muskul) qobiliyat. O‘qituvchining o‘z hatti hara-katlarini muvofiqlashtirish qobiliyati, harakat ohangini his qilgan holda yo‘naltiradi, vaqtni harakat sur’ati bilan his qiladi, o‘zi uchun maishiy qulayliklarni yarata oladi, hayot marhamatlaridan rohatlanishni biladi. 5.Mantiqiy qobiliyat. Falsafty mulohazalar yuritishni, raqamlarni, matematikani, murakkab masalalarni hal qilishni sevadi, sababiyat va oqibat natijalarini tushunish malakasiga ega, voqelikda dsosiylikni ikkinchi darajalisidan ajrata oladi; 6.SHaxsning ichki qobiliyati. O‘z-o‘zini mukammal bilishi, tushunishi va his qilish qobiliyati, erkin shaxsda ichki qobiliyat mukammal rivojlanadi, irodasi mustahkam, qatiyatli, har qanday vaziyatda o‘z fikr-mulohazasini erkin bayon eta oladi. Pedagogikada o‘qituvchi qobiliyati - bu imkoniyatdir, uning mohirligi zaruriy darajasi faqatgina o‘qitish va tarbiyalash jarayonida takomil-lashib boradi va yutuqlarga erishishida zamin yaratadi. Tug‘ma qobiliyatlar zehn deyiladi. Iqtidor, iste’dod, daholik - insonning ijodiy faoliyati jarayonida erishiladigan qobiliyatlarning rivojlanish bosqichlari hisoblanadi. qobiliyatlar xarakter kabi, shaxsning faqatgina ma’lum faoliyatidagina mavjud bo‘lgan sifatlaridir. Psixologiyada qobiliyat - insonning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni qiyinchiliksiz, osonlik bilan mukammal egallashi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishiga aytiladi. U o‘qituvchining kasbiy faoliyatida ham yorqin namoyon bo‘ladi. Insondagi bilish va layoqat nishonalari jarayonlarining yig‘indisi. istedodining yuksak cho‘qqisi — uning intellektini belgilaydi. "Intellekt - bu aqlan ish ko‘rish, ratsional fikrlash va hayotiy muamolarni mohirona hal qilishning global qobiliyati" (Veksler), ya’ni intellekt insonning atrof muhitga to‘liq moslasha olish qobiliyati deb qaraladi. Intellektning tarkibiy tuzilishi olimlar tomonidan quyidagicha ta’riflanadi: Download 25.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling