26-Mavzu: O’zbekistonda paxta ishi va uning oqibatlari
-Mavzu: Qayta qurish siyosati va uning inqirozi. Farg’ona fojealari
Download 68.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq26-27 mavzu o'zbek savolnoma 101-guruh
27-Mavzu: Qayta qurish siyosati va uning inqirozi. Farg’ona fojealari.
1. KPSS MK plenumi qachon sovet jamiyati hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo‘lini e’lon qildi? 1985-yil aprel oyida 2. Qayta qurishning asosiy tarkibiy qismlari deb nimalar belgilandi? ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohot o'tkazish belgilandi 3. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi nimalardan iborat bo'lgan? mamlakatda to'planib qolgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni “qayta qurish” yo‘li bilan hal etishdan iborat bo'lgan. 4. Qayta qurishning birinchi bosqichi qachon bo’lib o’tgan va nima bilan izohlanadi? 1985-1986-yillar ma’muriy tashkiliy tadbirlarni’ an’anaviy usullarda olib borilishi bilan 5. Qayta qurishning birinchi bosqichida qanday asosda nimalar mo’ljallangan edi? ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirish mo‘ljallangan edi. 6. Qayta qurishning ikkinchi bosqichi qachon bo’lib o’tgan? 1987 - 1989-yillarda 7. Qayta qurishning ikkinchi bosqichi qanday maqsadni kun tartibiga qo’ydi? jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi. 8. Qayta qurishning ikkinchi bosqichi qachon uning vazifalari yanada konkretlashtirildi va uning asosiy maqsadi nima ekanligi takidlandi? 1987-yil yanvar va 1988-yil iyunda bu vazifalar yanada konkretlashtirildi uning asosiy maqsadi sovet jamiyatini to‘liq demokratlashtirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi. 9. Qayta qurish nimaga imkoniyat yaratdi? oshkoralik, demokratiya va fikrlar xilma-xilligining ma’lum ma’noda kuchayishiga 10. Ammo qayta qurish davrida qanday jarayonlarni amalga oshirish mumkin bo’lmadi? Ammo mamlakatda tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin bo’lmadi. 11. Qayta qurish davrida Respublika rahbariyati qanday yo’lni tanladi? Markazdan qochish va uni inkor etish siyosati o‘rniga ko‘proq unga yaqinlashish va mustahkam birlashish yo'lini tanladi. 12. Qayta qurish davridagi O’zbekiston siyosiy rahbariyati nimani isbotlashga urindi? ijtimoiy-ma’naviy sohada milliylikning har bir ko‘rinishi “internatsionalizm” mohiyatiga yot ekanligini isbotlashga urindi. 13. O’zbekiston siyosiy rahbariyati ijtimoiy-ma’naviy sohada milliylikning har bir ko‘rinishi “intematsionalizm” mohiyatiga yot ekanligini isbotlashga urinishi qanday jarayonlarda yaqqol ko’rindi? o'zbek tili, islom dini, milliy urf-odat va an’analar, marosimlar, Navro‘z bayramiga munosabatda yaqqol ko'rindi. 14. KPSSning sovet jamiyatidagi rahbarlik va yetakchilik mavqeyiga putur yetdi, qanday qonun qabul qilindi? saylov tizimini o‘zgartirish to‘g‘risida qonun 15. Qayta qurish pirovardida siyosiy jihatdan safsatabozlikka aylanib, qanday tarzda mag‘lubiyatga uchradi? tub demokratik o‘zgarishlaroi amalga oshirish va boshlangan islohotlarni oxirigacha yetkazish imkoniyatini bermay 16. Qayta qurish pirovardida mag‘lubiyatga uchrashini sabablari nechta va qanday sabablar bor? 4 ta sababi bor Birinchidan, qayta qurishning aniq va izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo‘q edi. Demokratiya va oshkoralik kabi shiorlar haqida ko‘p gapirilsa ham, amalda partiya siyosiy rahbariyati eski qarashlar girdobida bo’lib, rahbarlikning demokratiyaga zid bo'lgan ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan foydalanish davom etardi. Ikkinchidan, mamlakatdagi partokratik rahbariyat “nomenklatura”ni saqlab qolishdan manfaatdor edi. Chunki mamlakatni eskicha usulda boshqarish oson edi. Uchinchidan, qayta qurishda milliy respublikalarning suvereniteti haqida gapirilsa ham Ittifoqni yangilangan holatda saqlab qolish ko‘zda tutilgan edi. Kreml ittifoqdosh respublikalarning SSSRdan ajralib, mustaqil davlat tuzishlariga qarshi jon-jahdi bilan qattiq turdi. To'rtinchidan, M.S.Gorbachyov g‘oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emas edi. Chunki sotsializm doirasidagi mulkiy munosabatlar, ijtimoiy sohadagi siyosat, milliy va diniy siyosat, yakkapartiyaviy rahbarlik va mustabid boshqaruv usuli hech qachon demokratiya va oshkoralik bilan kelisha olmagan. 17. Qachon, qayerda bo’lgan qaysi voqea vodiyda millatlararo to‘qnashuvni (mesxeti turklari bilan mahalliy yoshlar o‘rtasida) keltirib chiqardi? 1989-yil may-iyun oylarida Quvasoydagi, yoshlar o‘rtasida bo'lgan bezorilik 18. Vodiydagi millatlararo to‘qnashuvlar qaysi hududlarda tarqalib, xavfli tus oldi? Farg'ona vodiysi va Toshkent viloyatiga 19. Qachon, qaysi shahardagi mahalliy aholi qatnashgan tinch namoyish harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida qanday holat sodir bo’ldi? 1989-yil 7-8-iyunda Qo‘qon shahrida 50 dan ziyod namoyishchilar halok bo’ldi. 20. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, qachon Farg'ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va namoyishchilarning harbiylar tomonidan o‘qqa tutilgan? 1989-yil 3 - 12-iyunda 21. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Farg'ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va namoyishchilarning harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida qanday yo’qotishlar sodir bo’ldi? 103 nafar kishi halok bo‘lgan, 1011 kishi jarohatlangan va 757 xonadonga o‘t qo'yilib, vayron etilgan. 22. O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni o‘rganib, unga to‘g‘ri baho berar ekan, Islom Karimov matbuot konferensiyalarining birida qanday fikrni bildirgan edi? “O'zbekiston yana bir Farg‘onaga chidab tura olmaydi”, deb ta’kidladi. 23. Qachon, Oliy Sovetning nechanchi sessiyasi, qaysi qonunni qabul qilib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berdi? 1989-yil 21-oktyabrda Respublika Oliy Sovetining XI sessiyasi “O‘zbekiston SSR davlat tili haqida” qonunni 24. “O‘zbekiston SSR davlat tili haqida” qonun nimaga imkoniyat yaratdi? o‘zbek tili va madaniyatining rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. 25. Shu bilan birga “O‘zbekiston SSR davlat tili haqida” qonunda qanday imkoniyatni ham belgilab berildi? respublika hududida yashovchi boshqa xalqlarning tillarini rivojlantirish imkoniyatlari ham 26. Qachon, qayerda qirg‘izlar bilan o‘zbeklar o‘rtasida etnik mojaro kelib chiqdi? 1990-yil iyinida Farg‘ona vodiysining O’sh va O’zgan shaharlarida qo'shni Qirg‘iziston hududida 27. O’sh qirg‘ini oqibati nima bo’ldi? Bu mojaro natijasida minglab gunohsiz o‘zbeklar halok bo‘ldi. Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling