26-Mavzu: O’zbekistonda paxta ishi va uning oqibatlari


Download 68.5 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi68.5 Kb.
#221505
  1   2
Bog'liq
26-27 mavzu o'zbek savolnoma 101-guruh


26-Mavzu: O’zbekistonda paxta ishi va uning oqibatlari.

1. SSSR siyosiy hayotida qaysi yillarda ko‘plab o‘zgarishlar yuz berdi?



  • 1982 - 1985-yillarda

2. Leonid Brejnev qachon vafot etdi va o’zi qanday lavozimlarda ishlagan?

  • 1982-yil noyabrda vafot etdi.

  • KPSS MK Bosh sekretari, SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi

3. Leonid Brejnev mamlakat va partiyani necha yil davomida boshqargan edi.

  • 18 yil davomida

4. Leonid Brejnev vafot etgach Sovet Ittifoqiga rahbarlik qilgan ikkita shaxsni rahbarlik yillari bilan ayting?

  • 1982-1984-yillarda Yuriy Andropov,

  • 1984-1985-yillarda Konstantin Chernenko

6. Yuriy Andropov, Konstantin Chernenkolardan so’ng kimlar Sovet hukumatida qachon, qanday lavozimlarga saylandi?

  • 1985-yil 11-martda Mixail Gorbachyov KPSS MK Bosh sekretari,

  • 1985-yil 2-iyulda Andrey Gromiko SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimlariga saylandi.

7. Sharof Rashiduv qachon vafot etdi va o’zi qanday lavozimda ishlar edi?

  • 1983-yil oktyabrda

  • O’zbckiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekretari

8. Sharof Rashiduv qachon vafot etgach O’zbckiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekretari lavozimini kimlar nechinchi yillarda egallagan?

  • 1983-1988-yillarda Inomjon Usmonxo'jayev,

  • 1988-1989-yillarda Rafiq Nishonov

9. Qaysi davrga kelganda sovet rejimi, uning siyosiy tizimi va xo‘jalik yuritish usullari o‘zining rivojlanish imkoniyatlarini tugata boshladi?

  • XX asrning 80-yillariga kelib

10. O’zbekiston iqtisodiyoti katta xomashyo va tabiiy boyliklar zaxirasiga ega bo’lishiga qaramasdan qanday jarayonlar kuzatildi?

  • SSSRning markaziy hududlaridan ancha ortda qola boshlagan.

11. XX asrning 80-yillaridagi og’ir sharoitda O’zbekistonning o‘sha paytdagi siyosiy rahbariyatida qanday hislatlar yetishmadi va qanday yo’l tutishdi?

  • iroda, qat’iy jur’at, Sovet Ittifoqi doirasida respublika tutgan mavqeyini ochiq-oydin aytib o‘tish uchun mardlik yetishmadi.

  • Bu rahbarlar Markaz topshiriqlarini tezroq “uddalash”, respublikaning SSSRga boqimanda ekanligi to‘g‘risidagi uydirmalami takrorlashdan nariga o‘tishmadi.

12. O’zbekiston SSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida qachon bo'lgan O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining nechanchi plenumi mash’um rol o'ynadi?

  • 1984-yil 23-iyunda bo’lib o’tgan

  • O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi

13. Qaysi voqea O’zbekistonda o‘zbek xalqini asossiz badnom qilish kompaniyasini boshlab berdi?

  • 1984-yil 23-iyunda bo'lgan O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi

14. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumida kimlar ishtirok etdi va nimani talab qilishgan?

  • Moskvadan maxsus yuborilgan KPSS MK sekretari Y.K.Ligachev va boshqalar qatnashib,

  • Kreml ko'rsatmalari izchillik bilan bajaralishini talab qilishgan.

15. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi qarorlari bilan qanday jarayon boshlandi va keyinchalik bu qatag‘on hatto kimlarni ham chetlab o‘tmadi?

  • Markaz tomonidan O’zbekistonda “paxta ishi” deb atalgan siyosiy qatag'onlar boshlandi.

  • O’zbekiston SSRning o‘sha paytdagi sobiq va birinchi rahbarlarini ham

16. SSSR Bosh prokurori huzurida alohida muhim ishlar bo'yicha maxsus tergovchilar guruhi tuzilib, ularning dastlabkisi qachon O’zbekistonga yuborilgan edi?

  • 1983-yil boshlarida

17. Maxsus tergov guruhlarining asosiylaridan biri kimlar rahbarligida, qachon tuzilgan edi?

  • T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov rahbarligida

  • 1983-yil aprelda

18. T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov rahbarligida tuzilgan maxsus guruhlar kimlarga tayanib, O’zbekistonda navbatdagi qatag‘onni amalga oshirdi?

  • keyinchalik Markazdan respublikaga kelgan “desantchilar”ga tayanib

19. Nechinchi yillarda, qayerlardan yuborilgan nechta “desantchi” O’zbekistonning partiya, sovet, ma’muriy-xo'jalik organlariga yuqori rahbarlik lavozimlariga ishga yuborilgan edi?

  • 1983 - 1987-yillarda

  • Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va RSFSRning boshqa shaharlaridan yuborilgan

  • 1000 nafarga yaqin

20. XX asr 80-yillaridagi ish olib borgan “desantchilar” va nechta tergovchilarga kimlar katta yordam bergan.

  • 3000 nafardan ortiq

  • mahalliy rahbarlar va respublika huquq-tartibot organlarining ko‘plab xodimlari

21. 1985 - 1990-yillarda O’zbekistonda “paxta ishi” degan uydirma bo‘yicha jami nechta kishi tergov qilindi, aksariyatining ahvoli qanday edi?

  • 40 000 kishi

  • ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz o'tirdi,

22. “Paxta ishi” doirasida necha kishi soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi?

  • 5000 nafar kishi

23. “Paxta ishi” qanday qilib “o‘zbeklar ishi”ga aylantirildi?

  • Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o‘zbek xalqi badnom etilib,

  • paxta ishiga ataylab siyosiy tus berildi

24. Markazdan yuborilgan kommunistik amalparastlar qanday lavozimlarni egallab, nimani avj oldirishdi?

  • O’zbekistonning partiya va hokimiyat tizimida asosiy o‘rinlarni egallab,

  • o‘zbek xalqiga qarshi qatag‘onni avj oldirdilar.

25. Qatag‘on qilichi eng avvalo nimaga qarshi ko’tarildi?

  • O'zbekistonning sobiq rahbari, marhum Sharof Rashidov xotirasiga qarshi ko‘tarildi.

26. “Sharof Rashidovchilik” degan sun’iy ibora o‘ylab topilib, undan qanday maqsadda foydalanildi?

  • Sh.Rashidovni o'limidan so'ng badnom qilish va shuhratini yerga urishda foydalanildi.

27. Qanday jarayonlar SSSRning deyarli barcha hududlarida yuz bergan bo‘lsa ham “tajriba maydoni” sifatida O’zbekiston tanlandi hamda jinoiy ishga aloqador kishilardan tashqari ko‘plab odamlar aybsiz jazoga tortildi?

  • Xalq xo‘jaligi sohalarida qo'shib yozish,

  • poraxo‘rlik va korrupsiyaga aloqador jinoyatlar

28. Qatag‘on siyosatini amalga oshirishda Markaz rahbariyati va vakillaridan tashqari yana kimlar ham faollik ko'rsatdi?

  • O’zbekistonning o‘sha paytdagi siyosiy rahbariyati,

  • xalqimiz orasidan chiqqan hamda tergovchilar bilan hamkorlik qilgan va ularning g‘arazli ishlariga ko‘maklashgan ayrim qo'rqoq va xoinlar ham

29. lzolyator atamasiga tarif bering?

  • ajratmoq, yakkalamoq

  • kazarma, lager, yuqumli kasal saqlanadigan va shu kabi vaqtincha ajralib qo'yiladigan alohida xona, joy.

30. Sanksiya atamasiga tarif bering?

  • Lotincha qat’iy, o’ta jiddiy qaror

  • hujjat, qarorlarning oily organ tomonidan tasdiqlanishi, shunday tasdiq natijasida hujjat, qarorning qonuniy kucga ega bo’lishi



Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling