1-Amaliy. Standart, ularning turlari, ishlab chiqarish tartiblari, tasdiqlanishi, standartlarni ro’yxatdan o’tkazish tartibi. O`zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish»


Download 19.35 Kb.
bet1/4
Sana09.04.2023
Hajmi19.35 Kb.
#1344965
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Amaliy


1-Amaliy. Standart, ularning turlari, ishlab chiqarish tartiblari, tasdiqlanishi, standartlarni ro’yxatdan o’tkazish tartibi.
O`zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish» to`g`risidagi qonuni va Vazirlar mahkamasining 02.03.1992 yildagi № 93-sonli O`zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo`yicha ishlar tashkil etish to`g`risidagi qarorida quyidagilar ko`rsatilganki, Respublikada davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko`rsatadi va u standartlashtirish bo`yicha umumiy tashkiliy–texnik qoidalar belgilab beradi. Ushbu qoidalar standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo`yicha milliy organ bo`lib, ularning holati va keyinchalik rivojlanishiga ma`sul O`zdavstandart tomonidan o`rnatiladi.
Standartlashtirishning masalasi oliy qonun organlari tomonidan ko`rila boshladi va 1993 yil 28 dekabrda «Standartlashtirish» qonuni ishlab chiqildi.
Qonun bilan quyidagi standartlashtirish maqsadlari belgilab berilgan.
– Davlat manfaatlarini va iste`molchilarning xuquqlarini ximoya qilish, aholining mahsulotlar hayoti, salomatligi va mol-mulki. Atrof–muhit uchun xavfsizligini ta`minlash;
Bu maqsadni amalga oshirish uchun O`zDSS tomonidan O’z RH 51-010 rahbariy hujjat, uning asosida ISO/MEK 51 qo`llanma «Standartlarni tayyorlashda xavfsizlik masalalariga umumiy talablar» qabul qilingan. Rahbariy hujjatda xavfsizlikka oid talablar klassifikasiya qilingan, ulardan
– jarohatlanish;
– elektr tokidan shikastlanish;
– ekstrimal harorat (kuyish yoki muzlash);
– yong`in;
portlash;
– kimyoviy moddalar ta`siri;
– biologik moddalar ta`siri;
–nurlanish (tovush, infraqizil, adiochastotali, ultrafiolet);
Himoya qilish kerak bo`lgan atrof muhitga fizik, biologik, texnik muhitlar kiradi;
–fizik muhitgaatmosfera, er yuzasi, suvlar, muzliklar va ionosfera;
– biologik muhitga flora va fauna (o`simlik va hayvonat olami);
– texnik muhitga bizni o`rab turgan hududda mavjud bo`lgan binolar, inshoatlar va boshqa inson kuchi bilan yaratilgan ob`ektlar tushiniladi.
1997 yil «Oziq-ovqat sifati va xavfsizligi» qonuni qabul qilingan. Bu qonunda sanitariya, gigiena, veterinar, fitosanitar normalari majburiyligi o`rnatilgan.
Sog`liqni saqlash vazirligi bilan kompleks rahbariy hujjatlar tasdiqlangan va bu rahbariy hujjatlarda dori vositalarining sifatini nazorat qilish qoidalari, bog`lash va in`eksiya vositalarining sterillanganligini belgilab beradi. Shuningdek o`simlik xom ashyosini va dori vositalarini yaroqlik muddatini o`rnatish tartibini belgilaydi.
O`zdavstandart va Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi halqaro standart asosida davlat standarti O’z DSt ISO 64 «Mahsulot standartlaridaatrof muhitni himoya qilish aspektrlarini ko`rsatish» bo`yicha qo`llanmalar ishlab chiqildi.
Mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ta`minlash bo`yicha muhim sharti, ya`ni eksport hajmini oshirish, bu mahsulotning ham ichki, ham tashqi bozor talablariga moslashishidir.Bu birinchi navbatda milliy standartlarni halqaro, regional va chet el standartlari talablari bilan uyg`unlashishini ta`minlanishini talab etadi.
Bu maqsadni amalgaoshirish uchun asos bo`luvchi me`yoriy hujjatlar (m.h) tarkibida to`rtta muhim hujjat ishlab chiqilgan: O’zDSt ISO IES 21:2001, O’zDSt 1,7:1998 davlat standarti, O’z RH 51-077 rahbariy hujjat va O’z T 51-052 tavsiyanoma.
Bu hujjatlarda halqaro, davlatlararo, regional va chet el standartlarini qo`llash usullari ko`rsatilgan.
Xom-ashyo, yoqilg`i, energiya, material va mehnat resuslarini tejamkorlik bilan ishlatish ko`rsatkich guruhlarga bo`lingan:

  • Material va xom-ashyolarni tejamkorlik bilan ishlatish;

  • Material va xom-ashyolarni qayta ishlash;

  • Tejamkorlik bilan energiyani iste`mol qilish;

  • Tejamkorlik bilan mehnat resuslarini ishlatish;

Ko`rsatkichlar mahsulot, material, yoqilg`i, energiyani soloishtirma isrofi, mahsulot va materiallarni qayta ishlatish soloishtirma mehnat sarfi bilan aniqlanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik dastur va loyihalarni amalgaoshirish. Bu maqsadni amlgaoshirilishi «Standartlashtirish» to`g`risidagi qonundaaniqlashtirilgan: «To`liq yoki qisman respublika byudjet mablag`larinidan moliyalashtiruvchi davlvt dasturlarini ishlab chiqishda mahsulotning sifatini me`yoriy taminlanishi bo`yicha bo`limlar ko`zda tutilishi shart».
Tabiat va texnogen falokatlar va boshqa favqulotdagi vaziyatlar vujudga kelishini hisobgaolgan holda, xalq xo`jaligi ob`ektlarining xavfsizligini ta`minlash.
O’z RH 78-001 rahbariy hujjat bilan me`yoriy hujjatlarda yong`in xavfsizligi talablari to`liq ko`rsatilishini tekshirish metodikasi ustidan nazorat qilish tartibi tasdiqlangan.

Download 19.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling