Standartlashtirish to‘G‘risida I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari
Download 481.6 Kb. Pdf ko'rish
|
02. Standartlashtirish qonuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-modda. Standartlashtirish tizimi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI STANDARTLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR 1-modda. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari Standartlashtirishning asosiy maqsadlari: mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon matnda “mahsulot” deb yuritiladi) aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan; mahsulotlarning o‘zaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlashdan; fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan; barcha turdagi resurslar tejalishiga ko‘maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan; ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirishdan; tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf- xatarini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlashdan; iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdan; mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta’minlashdan; o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. Oldingi tahrirga qarang. 2-modda. Standartlashtirish tizimi (2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy- texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi. (2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) Oldingi tahrirga qarang. Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni: xalq xo‘jaligi tarmoqlarida — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi); Oldingi tahrirga qarang. qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi; (2-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24- dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son) Oldingi tahrirga qarang. tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi; (2-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14- sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) Oldingi tahrirga qarang. tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, shu jumladan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika sohasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan import bo‘yicha yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar mavjudligini aniqlash masalalarida — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi; (2-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13- iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda) mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi. (2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 3-apreldagi O‘RQ-202-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 172-modda) Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi. (2-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) Download 481.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling