Standartlashtirish to‘G‘risida I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari


-modda. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning sertifikatlashtirishda


Download 481.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana28.12.2022
Hajmi481.6 Kb.
#1017150
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
02. Standartlashtirish qonuni

7-modda. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning sertifikatlashtirishda 
qo‘llanilishi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Amaldagi qonunchilikka muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotni 
standartlashtirishga doir normativ hujjatlar sertifikatlashtirishni amalga oshirishda rioya etiladigan 
talablarni, shuningdek ushbu talablarga muvofiqlikni nazorat qilish va sinash usullarini o‘z ichiga 
olishi lozim. 
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mahsulotning mazkur turini sertifikatlashtirish tizimida 
belgilangan qoida va tartiblarga muvofiq qo‘llanilishi lozim. 
III BO‘LIM. STANDARTLAR USTIDAN DAVLAT NAZORATI 
8-modda. Davlat nazorati organlari va obyektlari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Xo‘jalik faoliyati subyektlari tomonidan standartlarning majburiy talablariga
standartlashtirishga taalluqli boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini 
“O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi 
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni 
saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, 
shuningdek boshqa maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga 
oshiradi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Idoraviy bo‘ysunuvi va mulk shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik faoliyati subyektlarining, 
shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarning mahsuloti, shu 
jumladan sertifikatlashtirilgan mahsulot (ishlab chiqish, tayyorlash, saqlash, tashish, foydalanish, 
ta’mirlash va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida) davlat nazorati obyekti hisoblanadi. 


Xo‘jalik faoliyati subyektlari davlat nazoratini amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitni 
yaratishlari shart. 
Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini 
ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori; 
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini 
ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat 
inspektorlari; 
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini 
ta’minlash bo‘yicha davlat inspektorlari amalga oshiradilar. 
(8-modda to‘rtinchi qismining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston 
Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli 
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-
y., 5-son, 67-modda) 

Download 481.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling