12-modda. Standartlar qo‘llanilishini rag‘batlantirish
Davlat standartlarga, shu jumladan istiqbolga mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning
imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablarni o‘z ichiga olgan standartlarga muvofiqlik belgisi
bilan tamg‘alangan mahsulotni ishlab chiqaradigan xo‘jalik faoliyati subyektlari iqtisodiy qo‘llab-
quvvatlanishi va rag‘batlantirilishini kafolatlaydi.
Mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va mahsulotlarni standartlarga muvofiqlik
belgisi bilan tamg‘alash huquqini olgan xo‘jalik faoliyati subyektlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash
va rag‘batlantirish chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-dekabr,
1002-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 46-modda; O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2009-y., 15-son, 172-
modda; 2013-y., 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda;
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |